Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
613 subscribers
23.9K photos
4.55K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
19-may kuni Angren shahar XTBga qarashli 24,25-maktablarda 11-sinf bitiruvchilari bilan “Meni kelajakdagi kasbim” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatga XTB xodimlari M.Mirzabayeva, S.Isayev, H.Imamova hamda maktab rahbarlari, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari qatnashdilar va ota-onalar taklif etildi. Katta hayot ostonasida turgan, qalbida olam-olam orzu maqsadlari bor yoshlarga to‘g‘ri yo‘l tanlashga ko'maklashish va ulardagi o‘z kuchi, bilimi va intellektual salohiyatiga ishonchni mustahkamlashda hayotiy tajribaga ega, ko‘pni ko‘rgan insonlarning Ibratli hayot yo‘llari, ko‘rgan kechinmalari va yoshlarning bebaho damlarining har bir onidan imkon boricha samarali foydalanish va turli sinovli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish muhimligi borasidagi tavsiya va motivatsiya beruvchi do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirib, Angren XTB hamda maktab ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢 pinned «“Obod maktab” tanlovining Angren shahar bosqichi g‘oliblari jamoatchilik tomonidan berilgan ovozlar soniga qarab aniqlanadi. ⚡️Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan "Obod maktab" ekologik onlayn ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. ⭐️Mazkur tanlovda…»
#tanlov

Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 1-"G" sinf o‘quvchisi Fayzullayeva Azizaxon hamda 3-"V" sinf o‘quvchisi Sultonboyeva Zebolar Respublika miqyosida o‘tkazilgan xalqaro raqs festivalida ishtirok etib , diplom sohibi bo‘lishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#seminar

Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 20-may kuni A.A.Tаpilov tashabbusi bilan shahar ijtimoiy fan o‘qituvchilarining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda 11- maktab tarbiya fani o‘qituvchisi M.Toshkenbaeva “Muvaffaqiyat - qimmatli tajriba mevasi” mavzusida, 13-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi G.Yusupova “O‘zgalarga yordam berib o‘zingda insoniylikni kashf et” deb nomlangan mahorat darslari bilan ishtirok etishdi. Seminar bahs va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#uchrashuv

Joriy yilning 21-may kuni Angren shahar Xalq ta’limi tasarrufidagi 4-7-8-20-umumta’lim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchi o‘quvchilarini kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Adliya vazirligiga qarashli Yuridik Texnikum vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda muassasa tashkil etilganligi va u yerdagi kasb sohalari, qabul jarayoni, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#tadbir

Bugun 21-may – “Axborot-kutubxona hodimlari kuni” munosabati bilan Angren shahar markaziy kutubxonasida kutubxona xodimlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda olib borildi. Tadbirda Angren shahar markaziy kutubxona xodimlari hamda maktab kutubxonachilari Angren shahar hokimi Sh.Mahmudov va Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri R.Abdukadirova tomonidan tashakkurnoma hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#tadbir

⚡️Angren shahar XTBga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2021 yil 21-may kuni “Besh tashabbus Barkamol avlod bolalar maktabi nigohida” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir Barkamol avlod bolalar maktabida faoliyat olib borayotgan 5 yo‘nalishda 14 nomli 29 ta to‘garaklarning ish jarayoni o‘rganildi.

💥Tadbirda XTB mudiri R.M.Abdukadirova, xorijiy tillar metodisti S.Djalilov, Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan bir guruh mehmonlar hamda “O‘zbekiston 24” teleradio kanali tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar to‘garaklar faoliyati yaqindan tanishishdi. To‘garak a’zolari tomonidan ijro etilgan raqs, she’rxonlik, badiiy chiqishlar, ijodiy ishlar namoyish etildi. Ayniqsa, robototexnika to‘garak a’zolari tomonidan “Keraksiz narsalardan kerakli buyumlar“ shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rgazmali chiqishlar hammada katta taassurot qoldirdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Tarbiya fanidan bellashuv

⚡️Toshkent viloyati Angren shahar XTB ga qarashli 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21-may kuni ijtimoiy fanlar metodisti A.A.Tapilov ishtirokida 4-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi D.Abdullayeva va 6-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi M.Erkabayevalar tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “TARBIYA GULSHANI” nomli bellashuv o‘tkazildi.

💥Bellashuvda g‘olib bo‘lgan guruhlar Angren shahar xalq ta‘limi bo'limi tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ochiq_dars

⭐️Angren shahar 20-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 20-may kuni Topilov A.A.tashabbusi bilan shahar ijtimoiy fan o‘qituvchilarining seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda 11- maktab tarbiya fani o‘qituvchisi Toshkenbaeva M. “Muvaffaqiyat-qimmatli tajriba mevasi” mavzusida, 13-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi Yusupova G. “O‘zgalarga yordam berib o‘zingda insoniylikni kashf et” deb nomlangan mahorat darsilari bilan ishtirok etishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt