Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
616 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

📣 Umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 14-19-avgust kunlari tizimdagi  umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar kaskad usulida o‘tkazib kelinmoqda.

18- avgust kuni Toshkent viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan Angren shahardagi maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida so'z yuritildi.
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

     📖Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan joriy yilning kunlari “Sifatli ta’lim-kuchli jamiyat” shiori ostida boshlang‘ich sinf rahbarlari uchun uch bosqichli kaskad usulida treninglar tashkil etilgan edi.
📌 Angren shahar MMTB tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun joriy yilning 22-24-avgust kunlari 8-sonli umumta’lim maktabida uch kunlik o‘quv-amaliy seminari tashkil etilishi  rejalashtirilgan edi.
Bugun o'quv-amaliy seminarining birinchi kuni qizg'in amaliy mashg'ulotlar bilan o'tmoqda.
            

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
📣DIQQAT E'LON!

Maktablarda dars soatlari taqsimoti bo‘yicha soha xodimlari uchun vebinar
tashkil etiladi

Hurmatli soha xodimlari va o‘qituvchilar!

📣 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida dars soatlar taqsimoti bo‘yicha soha xodimlariga to‘liq ma’lumot berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida vebinar o‘tkaziladi.

🔰Ushbu vebinarda:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi;
dars soatlarini taqsimlash mezonlari;
boshlang‘ich va yuqori sinflardagi mavjud sinflar misolida dars soatlari taqsimoti bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

👉 Mazkur vebinarda vazirlikning rasmiy sahifasi orqali ishtirok etish mumkin.

Vebinar bugun 2️⃣2️⃣ avgust kuni soat 1️⃣1️⃣:0️⃣0️⃣da bo‘lib o‘tadi.

O‘TKAZIB YUBORMANG!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi 60-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva:
Yurtimizda ta’limga katta e’tibor berilayotganligi sababli ayni vaqtda maktablarimiz infratuzilmasi kundan-kun yaxshilanib boryapti. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti.

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi. Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va qo‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga
ham ularni yetkazishadi.

✔️ Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova so‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib borayotgani hamda maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinayotganligi aytib o‘tdi.

❗️Tadbir davomida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan tayyorlangan virtual laboratoriyaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga “Global Teacher Prize” tanlovining milliy bosqichiga start berildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1207

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабгача таълим ташкилотида янгича ёндашувлар
#22aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#ANGREN_SHMMTB
#42_maktab

  ⚡️ Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida  21-22-avgust kunlari  pedagog xodimlar va Ota-onalarga  o'quv-seminari o'tkazildi.
O'quv-seminarini o'tkazishdan maqsad:
   1. "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar".
    2.Umumta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan pedagok jamoani tanishtirish.
   3.  Maktablarda diniy-ma'rifiy va dunyoviy axloq asoslarini o'qitish masalalari bo'yicha.
    4. O'quvchi yoshlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish tog'risida.
  Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab direktori I.A.Razakov.  MMIBDO‘ S.B.Kaypnazarova, D.Xudaybakova Angren shahar "Qoraboshboy" jome madjid  imomkotibi I.Imonov. IIB Inspektor-psixolog J.Nishonov pedagogik jamoaga kerakli tavsiyalar berib o‘tdi. Pedagok jamoaning taklif va mulohazalari tinglandi.            
#Seminar
#29_maktab

  ⚡️ Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 29-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida  21-avgust kuni  pedagog xodimlarga  o'quv-seminari o'tkazildi.
O'quv-seminarini o'tkazishdan maqsad:
   1. "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar".
    2.Umumta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan pedagok jamoani tanishtirish.
   3.  Maktablarda diniy-ma'rifiy va dunyoviy axloq asoslarini o'qitish masalalari bo'yicha.
    4. O'quvchi yoshlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish tog'risida.
  Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab direktori mehmonlar pedagogik jamoaga kerakli tavsiyalar berib o‘tdi. Pedagok jamoaning taklif va mulohazalari tinglandi.            

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt