Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
623 subscribers
22.3K photos
4.24K videos
92 files
6.84K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-22 iyul kunlari Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari Agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va hamkor tashkilorlar tomonidan "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tmoqda.

Mazkur o'quv-seminar jarayonlarida Toshkent viloyati ta'lim delegatsiya ham faol ishtirok etib, sertifiklar bilan taqdirlandirlandilar.

O'quv-seminarlari davom etmoqda...
#Sayyor_uchrashuv
#Jizzax

VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

📍
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yig’ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

✔️ Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o’rgatishni joriy etish,

✔️ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo’lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,

✔️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Taqdimot
#Taqdirlash_marosimi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan
Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Digital.uz
Yoshlar uchun “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi

22-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi.

Bir soatdan ortiq davom etgan mazkur jonli efirda kuzatuvchilar va yoshlardan kelgan barcha savollarga to‘liq javob berib, qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2182/

▶️ Jonli efirni to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/c_WZFRWrgnU?feature=share

#digital
#yoshlar
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ОБ_ҲАВО

☀️Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлигининг хабар беришича, 25 июль куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги секундига 13-18 метргача кучайиши, баъзи туманларда чанг-тўзонлар кузатилиши мумкин. Кечаси 22-27 даража илиқ, кундузи 37-42 даража иссиқ бўлади.

🌐БАТАФСИЛ

🖊Тошкент вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати
——————————————————-
Канални яқинларингиз билан улашинг
Telegram | Facebook
#ANGREN_SHMMTB
#jarayon

⚡️ Bugun Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tassarufidagi umumta'lim maktablari o'quvchilar ota-onalari bilan MMTB boshlig'i S.Nuriddinov va  Angren shahar  Prokurori yordamchisi Muhammadjonov Behzod bilan hamkorlikda 17-umumta'lim maktabida ota-onalar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
📖 Yig'ilishda Narkoguruxlar tomonidan zamonaviy texnologik yangiliklardan muntazam ravishda foydalanib, giyohvand moddalarni anonim taklif qilib kelayotganliklari kuzatilmoqdaligi.
Yoshlarimizning narkoguruxlar domiga tushib qolishini oldini olish, giyohvand moddalar, kuchli ta'sir qiluvchi vositalar iste'molini oldini olish barchamizning  burchimiz ekanligi 
📌Ota-onalarga  farzandlariga  e'tiborsiz  boqmasliklarini, ularning telefon apparatlarini  doimiy ko'zdan  kechirib  turib, nazoratga olishlari aytildi.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt