Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
615 subscribers
23.7K photos
4.47K videos
92 files
6.89K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#ochiq_dars

⭐️Angren shahar 20-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 20-may kuni Topilov A.A.tashabbusi bilan shahar ijtimoiy fan o‘qituvchilarining seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda 11- maktab tarbiya fani o‘qituvchisi Toshkenbaeva M. “Muvaffaqiyat-qimmatli tajriba mevasi” mavzusida, 13-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi Yusupova G. “O‘zgalarga yordam berib o‘zingda insoniylikni kashf et” deb nomlangan mahorat darsilari bilan ishtirok etishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#KIUF-olimpiadasi

⭐️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-maydagi "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4306-sonli qarorida berilgan umumta'lim maktablari o'quvchilari o’rtasida qo'shimcha Respublika va Xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish to'g'risidagi vazifalar hamda Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi hamda O'zbekiston-Koreya Xalqaro Universitetining 2021-yil 17-maydagi 8-sonli qo’shma buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida umumta'lim maktablarining 11-sinf o’quvchilari o’rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo'yicha "KIUF olimpiadasi"ning shahar bosqichi 2021-yilning 20-may kuni Angren shahar 20-sonli maktab binosida o'tkazildi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Диққат

⚡️2021 yil 20-may kuni Angren shahar XTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Turkiya davlatida faoliyat yuritayotgan
“Ataturk Universiteti”ning O‘zbekistondagi rasmiy vakilasi Muhayyo Ishmuhammedova tashrif buyurdi. Suhbat davomida Muhayyo Ishmuhammedova 11-sinf o‘quvchilarini shu Universitetga jalb qilish, ularni O‘zbekistondan chetga chiqmasdan talaba bo‘lish imkoniyatlari, Universitetning dunyodagi nufuzi top 1000 da 496-o‘rinda turishi, darslar tajribali doktarant professorlari tomonidan o‘tilishi haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

⚡️Maqsadimiz o‘quvchilarni Oliy Ta’lim muassasalari talabalari bo‘lish!

⚡️Bu kabi tashabbuskorlik maktab direktori A’zam Muxammatxonovich Gafurov tomonidan tashkil etilmoqda.



📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
МУШОИРА КЕЧАСИ
Шаҳримизнинг 20-умумтаълим мактабида истеъдодли ёшларни кашф этиш мақсадида таълим масканининг кутубхонасида ташкиллаштирилган ушбу тадбирга фахрий педагог Розия Ханаева ҳамда бошқа ҳурматли меҳмонлар ҳам ташриф буюришди.
Тадбирда адабиётга, шеъриятга иштиёқи баланд ўқувчилар даставвал халқимиз ардоғидаги шоирлар Абдулла Орипов, Муҳаммад Юсуф ва бошқалар шеърларидан намуналар ижро этишди. Мушоира кечаси давомида ёш қаламкашларнинг ижод намуналари ҳам тингланди. Қизғин ўтган баҳру байтда барча ижодкор ёшлар фаол қатнашдилар.

Мактаб директори Аъзамжон Гафуров, маънавий-маърифий ишлар бўйича раҳбар ўринбосари Хурриятхон Жумановалар томонидан учрашувда фаол иштирок этган ўқувчилар рағбатлантирилди.


Тарғиботчи Маҳлиё Абдуқодирова.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Бугун 20-умумтаълим мактабининг «Парвоз» ҳамда 8-умумтаълим мактабининг «Ғунча» ижодкор ёшлар жамоаси ўртасида мушоира, баҳру байт ва «Мен ватан фарзандиман!» мавзусида ижодий танлов ўтказилди. Қизғин тарзда тус олган мазкур адабий тадбирларда ёш қаламкашлар ўз маҳоратларини, ижодий салоҳиятларини намойиш этдилар. Танлов сўнгида ғолиблар тарғиботчилар томонидан тақдирландилар.

Тарғиботчи Маҳлиё Абдуқодирова.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#uchrashuv

Joriy yilning 21-may kuni Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-maktabda Toshkent shahar Jahon tilllari Unversitetidan Umarova Nodira Raxmanovna va 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Suhbat bugungi kunda bitiruvchilarni oliy o‘quv yurtiga qamrab olish, ularning qizuvchi sohalari haqida olib borildi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Toshkent viloyati Angren shahar 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Zoxidjonova Ziyodaxon Angren shahar kengashi tomonidan ''KAMALAK'' bolalar tashkiloti tashkil topganligining 20-yilligi munosibati bilan ''VATAN, DO‘STLIK VA BAXTLI BOLALIK UCHUN!'' shiori ostida o‘tkazilgan ''KAMALAK-2021'' anjumanida o'zining faol ishtiroki uchun DIPLOM bilan taqdirlandi. O'quvchimizning ota-onasi tashkilotchi ustozlari xamda maktab raxbariga o'z minatdorchiligini bildirdi.

Targ’ibotchi Mahliyo Abduqodirova

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Toshkent viloyati Angren shahar 39-maktab o‘quvchilari Toshmatova Hadisa va Tursunova Nigina Angren shahar kengashi tomonidan ''KAMALAK'' bolalar tashkiloti tashkil topganligining 20~yilligi munosibati bilan ''VATAN, DO‘STLIK VA BAXTLI BOLALIK UCHUN!'' shiori ostida o‘tkazilgan "KAMALAK-2021" anjumanida hamda 2020~2021 o‘quv yili davomida sardorlik faoliyatini a'lo darajada olib borgani uchun DIPLOM bilan taqdirlandi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#tanlov

Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 7-"D" sinf o‘quvchisi Qodiraliyeva Marjona Respublika miqyosida o‘tkazilgan "Raduga navro‘za" xalqaro konkursda ishtirok etib , 1-o‘rinni qo‘lga kiritib diplom sohibi bo‘lishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#tanlov

Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 1-"G" sinf o‘quvchisi Jumayeva Farina Respublika miqyosida o‘tkazilgan xalqaro raqs festivalida ishtirok etib , diplom sohibi bo‘ldi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#_5_tashabbus
#_sa'nat

🏢 Toshkent viloyati
🏨 Angren shahar
🏫 40-umumiy o'rta ta'lim maktabida
"May oyi 5_tashabbus oyligi " deb e'lon qilindi.
O'quvchilar o'rtasida 5_tashabbusning 1-yo'nalishi bo'yicha 4-5-6-sinflar o'rtasida tanlov tashkillashtirildi. Tanlovda kuy va qo'shiq ijro etildi.
Unda 4-sinf o'quvchilari 3-o'rin
6-sinf o'quvchilari 2-o'rin
5-sinf o'quvchilari 1-o'rinlarni egalladi.
G‘oliblar 25-may so'nggi qo'ng'iroq kuni tantanali ravishda xar bir yo'nalish bo'yicha taqdirlanadi.

📲 Angren shahar XTB ning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram | Facebook | Veb-Sayt | Sayt
Халқ таълими вазирлиги мактабларда “Сўнгги қўнғироқ”ни кўтаринки кайфиятда ва ортиқча харажатларсиз ўтказишни сўрайди

Маълумки, ҳар бир ўқув йили якунида 25 май куни барча мактабларда “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари ташкил этилади.

Халқ таълими вазирлиги томонидан жорий йилда ҳам умумтаълим мактабларини битираётган 438 мингга яқин битирувчиларимиз учун мазкур тадбирни карантин қоидаларига қатъий риоя этган ҳолда ўтказишга рухсат берилди.

Ота-оналар ва мактаб маъмуриятларидан ушбу тадбирни фарзандларимиз учун фақат ижобий кечинмалар билан эсланадиган қилиб, кўтаринки кайфиятда ўтказишни илтимос қиламиз. Шу билан биргаликда, жойларда турли эътирозларни олдини олиш мақсадида тадбирларни ортиқча ҳаражатларсиз, хусусан ўқувчилар орасида оилавий шароитидаги фарқни салбий кўрсатишга сабаб бўлиши мумкин бўлган турли ҳил алоҳида кийим-кечак, безак, совғалар ва шу кабиларга катта маблағ сарфламасдан бир-бирини қўллаб-қувватлаган ҳолда ўтказишларини сўраймиз.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ROXILA ABDUKADIROVA | РОХИЛA AБДУКAДИРОВA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Янгиликлар 24 | Таълим соҳасидаги ислоҳотлар

📌Тошкент вилояти Ангрен шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикасида Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш фаолиятини сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги фармон ижроси.

#uzbekiston24

📱Aнгрен шаҳар ХТБнинг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Toshkent viloyati Angren shahar "Barkamol avlod bolalar maktabi"da 2021-yil 23-may kuni boshlang‘ich texnik modellashtirish to‘garagi rahbari N. Gafurova va to‘garak a'zolari tomonidan "Harflar bayrami" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda to‘garak a'zolari o‘quv yili davomida o‘zlashtirilgan bilimlarini namoyish etishdi. Ular o‘zlari o‘rgangan raqs, qo‘shiq va she'rlarini mahorat bilan ijro etishdi. Tadbir yakunida maktab rahbari I. Saipova o‘quv yili davomida faol qatnashgan to‘garak a’zolarini faxriy yorliq bilan taqdirladi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Ангрен шаҳар Халқ таълими бўлими мудири Р. М. Абдукадированинг таълим муассасалари педагог-ходимлари ҳамда ота-оналарга
МУРОЖААТИ

Ангрен шаҳар Халқ таълими бўлими 2020-2021-ўқув йилининг якунланиши муносабати билан таълим муассасаларида ўқув йилининг якунига тайёргарлик кўриш, синф хоналарини таъмирлаш, якуний ва битирув имтиҳонлари учун ҳамда турли бошқа мақсадларда ота-оналардан мажбурий пул маблағлари йиғишни қатъиян таъқиқлайди ҳамда мактабга фарзандлари учун ҳомийлик қиламан деган таклиф билан чиққан ота-оналарнинг ҳомийлиги Кузатув кенгаши раиси иштирокида амалга оширилишини маълум қилади.
Ҳурматли ота-оналар! Агар сизнинг фарзандингиз таҳсил оладиган таълим муассасасида мажбурий пул йиғиш ҳолатлари кузатилса, Ангрен шаҳар Халқ таълими бўлимига хабар беришингизни сўраймиз.

📱Ангрен шаҳар ХТБнинг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление всем выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter