Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
907 subscribers
25.5K photos
4.77K videos
95 files
6.99K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Angren_shahar
#20_maktab
#To‘garak
#Chiroyli_yozuv
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

⚡️Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Boborahimova Mohira Nurmaxatovna tomonidan joriy yilning 23-yanvar kuni 4-ʼʼVʼʼ sinf o‘quvchilari tomonidan ʼʼChiroyli yozuvʼʼ to‘garagi o‘tkazildi.
⚡️O‘quvchilarga ʼʼUndoshlari yonma-yon kelgan so‘zlarning talaffuzi va imlosiʼʼ mavzusida maʼlumotlar berildi.
⚡️O‘quvchilar o‘rtasida undoshlari yonma-yon kelgan so‘zlar orqali so‘z o‘yinlari ham tashkil etildi.
⚡️Chiroyli yozuv to‘garagida o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.
#Angren_shahar
#20_maktab
#O‘IBDO‘

⚡️Angren shahar 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2025-yil 23-yanvar kuni o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari S.Topilova 8-"A" sinf o'quvchilari bilan ta'lim-tarbiya  ishlarini olib bordi.
Har bir oʻquvchidan fanlarni oʻzlashtirishlari boʻyicha nazorat qildi. Oʻquvchilarning ingliz tilida gapira olishlari fan oʻqituvchisi yordamida tekshirildi.
Matematika fanidan ham topshiriqlar berildi va natijalarini aniqlash uchun fan oʻqituvchisiga topshiriq berdi.
Ona tilidan ham yozma savodxonligi tekshirildi. Berilgan mavzu doirasida esse yozish malakalari sinovdan oʻtkazildi.
Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'lim bo'lim tasarrufidagi 19-umumta'lim maktabida 2025-yil 23-yanvar kuni Haftaning payshanba kunlari -Profilaktik kuni munosabati bilan Milliy gvardiya inspektor psixologi mayor B.Imanov hamda Maktab MMIBDO' B.N.Masaitova, maktab psixologi G.Abdullayevalar tomonidan "Davomat va tig'"tadbirlari o'tkazildi.
Tadbir jarayonida o'quvchilar tomonidan tan jarohat yetkazadigan tig'li sovuq qurollar olib kelmasligi va maktab ichki tartib qoidalariga rioya qilish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 39- umumta'lim maktabida "Vatanparvarlik oyligi " hamda MMTV ning 273- sonli qarorining 4- ilovasidagi chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida 3- B sinfida "Mardlar qo'riqlaydi vatanni " mavzusida zahiradagi zobit Raimqulov S bilan suhbat o'tkazildi.Suhbat davomida o'quvchilarning vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosini qadrlash va ularga munosib farzand bo'lishga chorlandi.