Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
607 subscribers
23.9K photos
4.58K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#Ota_onаlar_yig‘ilishi

Bugun 23 noyabr kuni Angren shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ota-onalar ishtirokida “Yo'l harakati qoidalari” to'g'risida yig‘ilish o'tkazilib, yig‘ilishni Angren shahar 1-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Yu.Xusanov olib bordi.Dastlab ota-onalarga mahsus tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi.Shundan so‘ng farzandlariga  yo'l transport vositalaridan foydalanish , o'zboshimchalik bilan qonunga rioya etmasdan , ota- onasining avtoulovini olib haydash orqasidan kelib chiqadigan salbiy holatlar va ularning oqibatlari haqida keng tushunchalar berildi.
Shahar IIBB xodimlari tomonidan ota-onalarga o'quvchi , voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar haqida axborot berilib, keng qamrovli reydlar haqida ogohlantirildilar.
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#Yo‘l_harakati_qoidalari

Bugun 23 noyabr kuni Angren shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yuqori sinflar (8-9-10-11-sinflar) ishtirokida “Yo'l harakati qoidalari” to'g'risida yig‘ilish o'tkazilib, yig‘ilishni Angren shahar 1-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Yu.Xusanov olib bordi.Yig‘ilishda shuningdek Angren shahar profilaktika inspektori katta leytenant J.Urazov ham ishtirok etdi.Dastlab o‘quvchilarga mahsus tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi.Shundan so‘ng o‘quvchilarni o'zboshimchalik bilan qonunga rioya etmasdan , ota-onasining avtoulovini olib haydash orqasidan kelib chiqadigan salbiy holatlar va ularning oqibatlari haqida keng tushunchalar berildi.
Shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘quvchilarga o'quvchi , voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar haqida axborot berilib, keng qamrovli reydlar haqida ogohlantirildilar.
#Angren_shahar
#20_maktab

⚡️Bugun Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab rahbari A.Gafurov yuqori sinf oʻquvchilari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda odob-axloq qoidalari, tartib-intizom hamda yoʻl harakati xavfsizligi masalalari koʻrildi. Maktab direktori maktabdagi intizomni yanada kuchaytirish lozimligi, buni shaxsan nazorat qilishi haqida oʻquvchilarni ogohlantirdi. Maktabdan tashqarida ham yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda yurishi lozimligi haqida tushunchalar berib oʻtdi
.
#Angren_shahar
#20_maktab

⚡️Bugun 23-noyabr kuni Angren shahar 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yuqori sinf oʻquvchilari ota-onalari ishtirokida majlis boʻlib oʻtdi. Majlisga Angren shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Umarov Najmiddin Faxretdinovich hamda Angren shahar IIB KBTG katta inspektori Umarov Bunyod Toʻrali oʻgʻli ham ishtirok etishdi. Ota-onalar farzandlarini qattiq nazorat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirildi. Ayniqsa, avtomobillardan foydalanishlariga yoʻl qoʻymasliklari haqida aytib oʻtildi. 21-noyabrda oʻquvchilar oʻrtasida boʻlgan nohush holat haqida maʼlumot berildi. Majlis ishtirokchilariga mavzuga doir videolavhalar ham qoʻyib berildi. Farzand tarbiyasida ota-onalarning roli haqida ham toʻxtalib oʻtildi. Farzandlari yoʻl qoʻygan jinoyat yoki qoidabuzarliklari uchun masʼul ekanliklari uqtirildi. Ota-onalar tomonidan berilgan savollariga ham masʼul hodimlar batafsil javob berishdi.