Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
956 subscribers
24.3K photos
4.65K videos
92 files
6.93K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#ANGREN_SHAHAR
#20_MAKTAB
#TADBIR

💥9.10.2024 kuni davlatimiz tomonidan ilgari surilgan “Open byudjet” loyihasi boʻyicha Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  sport zali va boshlangʻich bino taʼmiri oʻz nihoyasiga yetdi va foydalanishga toʻliq topshirildi.Yangi binoning ochilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirga bir qator mehmonlar jumladan, Angren shahar hokimi A.A.Rayimov tashrif buyurib, oʻz nutqida maktabning yutuqlari, oliy taʼlim qamrovi borasidagi mashaqqatli mehnatlari uchun maktab direktori A.Gafurovga va xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Bundan tashqari Angren shahar prokurori A.M.Xayriddinov, Angren shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi mudiri S.R.Niriddinov, "Nuroniy" jamgʻarmasi rahbari E.M.Karabayev, "Shahina" MChJ raisi N.N.Xaydarov,"Marko beton" MChJ rahbari Gʻ.A.Xudoynazarov, Bolalar bilan ishlash bo‘limi Angren shahar katta inspektor-psixolog kapitani A.T.Yusupov tashrif buyurib, oʻzlarining tabriklari bilan oʻrtoqlashdi
#EZGULIK, BILIM VA MA'RIFATNI QUROL QILIB, JAHOLAT VA YOVUZLIK YOʻLINI TOʻSAYLIK!

🇺🇿 Toshkent viloyati Angren shahar MMTB ga qarashli 24-maktabda joriy yilning 9-oktyabr kuni Prezidentimizning 2024-yil 30-sentyabr sanasida "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bagʻishlangan murojaatnomasi boʻyicha umumiy ota-onalar yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda maktab jamoasi, "Oppartak" MFY faollari hamda maktab Milliy gvardiya inspektor- psixologi va ota-onalar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda maktab direktori Sh.Noraliyeva Yurtboshimizning ota-onalarga va ustozlarga yoʻllagan murojaatnomasini mazmun-mohiyatini, xususan "Taʼlim sifatini oshirish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona yoʻli" ekanligini yigʻilish ishtirokchilariga oʻqib eshittirdi.

♻️ Yigʻilish davomida faxriy ustoz J. Xudaybakov maktab hayotida ota-onalarning roli va vazifalari haqida oʻzining maslahatlarini berdi.

🔰 Inspektor-psixolog B.Xatamov oʻquvchilarning maktab ichki tartib qoidalariga qatʼiy rioya qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AngrenSh_MMTB
#Murojaatnoma
#8_maktab

Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori nomidan ota-onalarga murojaatnoma
.
✏️"JADIDLAR IZIDAN"
  ⚡️Toshkent viloyati Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi  Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 26-avgust kunidagi 04-29-2272-sonli xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning  2024-yil 15-16-fevral kunlari Andijon viloyatida tashrifi  davomida “Jadidlar izidan” tanlovini teleko‘rsatuv  shaklida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar   ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning  9-oktabr kuni I- hudud bosqichi  “Jadidlar izidan” respublika tanlovi  4-IDUMda o‘tkazildi.
   Barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 2-toifada   6-8-sinf, 9-10-sinf  o‘quvchilari  bilimlarini sinashdi.  💥Eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llama oldilar. . Ularga omad tilaymiz.