Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
611 subscribers
23.4K photos
4.39K videos
92 files
6.86K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Ангрен шахар ММТБ
Тошкент вилояти "Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги" комплекс тарғибот тадбирларини ўтказиш бўйича Ангрен шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги умумтаълим мактаблари ўртасида "Ал-Хоразмий авлодлари" номли IT- соҳасидаги онлайн олимпиаданинг шаҳар босқичи ўтказилди. Бу олимпиадад 6-11-синф ўқувчилари иштирок этмоқда
🏆 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2024

"Angren Universiteti"
- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida Toshkent viloyatida faoliyat olib boradi.

Ta'kidlash joizki, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Angren Universiteti tomonidan berilgan diplomlar, davlat oliy ta'lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

🏆 "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2024" tanlovida faol ishtirok eting va o'z oliygohingizni qo'llab-quvvatlang!

👉 NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG
# Angren shahar

Bugun, 1-avgust soat 11:00 dan 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlandi.

oflayn va onlayn My.maktab.uz my.gov.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududdagi maktablarga bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha ariza topshirishingiz mumkin.

☝️ Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli ota-onalar!

Ushbu videoyo'riqnomada mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

❗️ Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 1-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan, umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining 1-sinf bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari joylardan bolalar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.

☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Уважаемые родители!

В данной видеоинструкции показан пошаговый процесс подачи заявки в 1-й классы школ, расположенных за пределами микрорайонов.

💬Примечание: в соответствии с постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 295 от 1 июня 2022 года на свободные места в общеобразовательных школах находящихся за пределами микрорайонов, могут приниматься дополнительные ученики, исходя из свободных мест, обеспеченности их квалифицированными педагогическими кадрами, оснащенности учебной мебелью классных комнат.

☎️ Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале @mymaktab_uz или по телефону номеру 71 203-07-04.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#YANGI_OQUV_YILI_OLDIDAN
💎MAG‘ILON TAJRIBASI
🔰Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar


➡️O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2024-yilning 22-iyul sanasidan 2-avgust sanasiga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida “Oliy va professional ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

➡️Mazkur o‘quv-seminarni tizimli davom ettirish maqsadida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan
joriy yilning 9-avgust kuni Olmaliq shahar 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o‘quv seminari tashkil etildi.

➡️O‘quv seminarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ma’naviy ahloqiy-tarbiyaviy va har tamonlama barkamol qilib ulg‘ayishlarida ta’lim tashkilotlari rahbarlarini rolini yanada oshirish, ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlashda, maktablar foesi, bino va yo‘laklarini bezatishni yangicha usullarini amaliyotga keng joriy qilish, umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun maktab ustavida belgilangan, odob ahloq va ichki tartib qoidalari bilan belgilangan maktab formasini ota onalar va o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

➡️O‘quv-seminari Toshkent viloyati hokimligi, Ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Ichki ishlar Bosh boshqarmasi hamda Chirchiq davlat pedagogika inistituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI_O‘QUV_YILI_OLDIDAN
🔰Seminar doirasida


"Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" seminar doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va namunaviy maktab formalari bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Unda maktab o‘quvchilari uchun namunaviy maktab formalari ota-onalarga namoyish etildi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqamasi, hududiy bo‘limlar hamda maktablar ma’muriyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda sifatli, hamyonbop narxlarda maktab formalarini sotib olish imkoniyati ham yaratildi.

Ota-onalar bilan bo‘lgan muloqot davomida o‘quvchining kiyinish madaniyati, maktabda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha so‘z yuritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM