Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
616 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR

Bugun Angren  shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 37-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan Davlat  maktabgacha ta’lim tashkilotida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Angren shahar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari  direktorlari, metodistlari, psixologlari ,ota-onalar ishtirok etishdi.Tadbirda “O’quvchilarni kasb-hunarga  yo’naltirish  Respublika tashxis markazi” metodisti Mastura Talipova O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nomativ-huquqiy asoslari, inklyuziv ta’limning maxsus ta’limdan farqi va afzalliklari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi inklyuziv sinflarga jalb etish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
♦️Shuningdek har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini to‘g‘risida gapirib o‘tildi
.
#Angren_sh_MMTB
#8_maktab
#Ochiq_dars

⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi  8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Do‘stmatova Mahfirat Odiljonovna tomonidan joriy yilning 20-may kuni 3-"G" sinf  o‘quvchilari bilan o‘qish savodxonligi fanidan Normurod Narzullayevning "Qashqadaryo" she’ri asosida ochiq dars tashkil etildi.
📊 #MILLIY_RЕYTING
📍
#Angren_shahri

⚡️Bugun Angren shahridagi 5.15.19.28.24.38-sonli umumiy o'rta ta’lim maktablarida 20-21-may kunlari "Milliy reyting-2024"  baholash  jarayonlari bo'lib o'tdi.

🟢"Milliy reyting" baholash jarayonida:
bitiruvchi o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi;
9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi;
oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi;
umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari indikatorlari asosida reyting natijalari olinadi.
❇️Taklif etilayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 50 foizi bilim darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
#20_maktab

⚡️ Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
7-"A" sinf oʻquvchisi Shavkatov Kamronbek kurash sport turi boʻyicha Sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan Osiyo chempionetida faxrli 3- darajali diplom bilan taqdirlandi. Ushbu sportchi oʻquvchimizga kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz.
#Angren MMTB
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Angren_IM
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

OCHIQ ESHIKLAR KUNIDA:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
2023-2024- o‘quv yilida 4-sinfni yakunlaganlar aniq fanlar yo'nalishiga.
2023-2024- o‘quv yilida 6-sinfni yakunlaganlar tabiiy fanlar yo'nalishiga.
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 14:00 gacha
📍Manzil: Angren shahri "Ozodlik" MFY O‘zbekiston Mustaqilligi koʻchasi,1-B-uy
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab

⚡️Joriy yilning 21.05.kuni Angren shahar 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining rus tili fani o'qituvchisi Nurmatova I.M.tomonidan 3-''V'' sinfda buyuk rus yozuvchisi A.S.Pushkinning 225 yilligi munosabati bilan '' Открываем Пушкина '' mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.
⚡️Dars jarayonida o'qituvchi tomonidan shoirning ota-onasi, bolaligi , yashab o'tgan muniti haqidagi qiziqarli ma'lumotlar doimo esda qoladigan tarzda berildi.
⚡️Darsni qiziqarli hamda samarali o'tishiga o'qituvchining interfaol usullardan, AKT dan foydalanishi asos bo'ldi.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Kitobxonlik

Osmonlarda yurganlar
Oltin saroy qurganlar
Ne beray deb turganlar,
Bolaga kitob bering.
                         Zulfiya Mo‘minova

⚡️Kitob - insonni komillikka, oq-qorani bilishga, teran va mustaqil fikrlashga, saodatga eltuvchi yoʻl hisoblanadi. Mamlakatimizda bolalarning kitob mutolaasiga katta eʼtibor berib kelinmoqda. Jumladan, Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1-"A" sinf o‘quvchilari ham kitob o‘qishga, uning sirlaridan bahra olish uchun intilib kelmoqdalar. Sinf rahbari Nargiza Abdukarimovna oʻquvchilarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida joriy yilning 21-may kuni "Yosh kitobxon" tanlovini tashkil qildi. Tanlov ertak kitoblari yuzasidan boʻlib oʻtdi. Koʻrik-tanlov savol-javob tarzida tashkil qilindi. Bellashuvda 5 nafar o‘quvchi gʻolib deb topildi va ularga ertak kitoblari sovg‘a qilindi