Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
605 subscribers
23.4K photos
4.39K videos
92 files
6.86K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Angren MMTB
2024-yil 14-may kuni Angren shahar 13-maktabning 5, 6, 7 -sinf o'quvchilaridan matematika, ona tili, rus tili, tabiiy fanlardan 2023-2024 o'quv yilining 4-choragi uchun SUMMATIV BAHOLASH bo'yicha ChSB lar maktab rahbariyatining tashabbusi bilan o'quvchilarning bir o'quv yili mobaynida olingan bilimlari nazoratdan o'tkazildi.

Huddi shunday jarayon maktabning 8, 9 - sinf o'quvchilari uchun 16-may kuni hamda 10, 11 - sinf o'quvchilari uchun 17-may kuni o'tkaziladi.

Bu Angren shahar tajribasi sifatida olib borildi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan CHSB lar 18-may kuni to'liq sinflarda yana qayta o'tkaziladi
#Angren MMTB

Bugun 2024-yil 16-may kuni Angren shahar 13-maktabning 8, 9 sinf o'quvchilaridan ona tili, matematika, rus tili, informatika, biologiya, kimyo fanlaridan IV-chorak CHSB lari olindi, o'quvchilarning bir yillik bilimlari sinovdan o'tkazildi.
#Kun_xabari
#Bitiruvchi_2024

Angren shahar 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Bitiruvchi yoshlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Bunda bitiruvchilarning keyingi o'qiv faoliyatida nimalarga e'tibor berish kerakligi to'g'risidagi tushunchalar berildi.
Maktab ruhshunoslari ta'limning keyingi bosqichida qanday faoliyat olib borish kerakligi to'g'risida ma' lumot bergan bo'lsa, maktab rahbari Odil Sattorovich Vazirlikning topshirig'iga yoshlar "labbay" deb javob berishi,unda bitiruvchilar: bitirish kechalari, turli xil sovg'alar, ko'ngilochar joylarga borishlar o'rniga, yakuniy davlat imtihoniga puxta tayyogarlik ko'rish va ota-onalarini duolarini olib,ularga yordamlashish to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishdilar.
"Taraqqiyot" MFY vakili so'zlarida , topshiriqlardan to'g'ri xulosa chiqarish va ota - onalar ham hamkorlikda ish olib borishi tushutiriildi.
O'quvchilar tomonidan berilgan savollar,o'z yechimini topdi.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Ertaklar_yaxshilikka_yetaklar

⚡️Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy ta'lim maktabida joriy yilning 17-may kuni  2-"A"-sinf  o'quvchilari tomonidan ingliz tilida "The little house" deb nomlangan qo'g'irchoq teatri sahnalashtirildi. Teatri qahramonlari rollarini ijro etish davomida ingliz tilida gapirish ko'nikmalarini rivojlantirib olishdi.

Teacher - organiser : Gafurova Pokiza
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab

Joriy yilning 15-may sanasida Angren shahar 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabida texnologiya fanidan 7-"B" sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Oziq-ovqat mahsulotlari" mavzusida debat tashkil qilindi. Debat oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlgan holda oʻtkazildi. Oʻquvchilar tomonidan sabzavotlar va mevalarning foydali va zararli jihatlari bahs asosida yoritib berildi. Shu bilan birgalikda oʻqituvchi Kuchinova Shahnoza meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish usullari haqida ham gapirib oʻtdi. Guruhlar bergan maʼlumotlar asosida xulosa chiqarildi.