Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
880 subscribers
26.4K photos
4.86K videos
97 files
7.06K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.

Мурожаат учун: @angrenxtbaloqabot
Download Telegram
#Angren
#20_maktab
#Sport

⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7-"A" sinf oʻquvchisi Shavkatov Kamron MMA sport turidan havaskorlar oʻrtasida Toshkent viloyati Ohangaron shahar ochiq turnerida faxrli 1- oʻrinni egalladi. Ushbu sportchi oʻquvchilarimizga kelgusi musobaqalarda yanada yuqori marralarni zabt etishida omad tilab qolamiz.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab


⚡️Joriy yilning 5-mart kuni Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi rus tili o‘qituvchisi Baymenova Gulnora Baratovna tomonidan 3-"A" sinf o'quvchilariga "Урок путешествие" mavzusida ochiq dars o'tkazildi . Dars davomida interaktiv metodlardan :
1.А 4
2. Juftini top
3. Aqliy hujim dan unumli foydalanildi.Dars guruhlarning musobaqa tarzida o‘tkazilishi qiziqarli bo‘lishiga zamin yaratdi.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Mart
#Tanlov
#Jajji_qizaloq

⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomonidan sinf rahbarlik qilayotgan 1-"A" sinfining
7 nafar qizlari o‘rtasida "Jajji qizaloq" deb nomlangan tanlovi tashkil qildi.
⚡️Tanlovda qizaloqlarimiz 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
⚡️Tanlovda ona tili va adabiyot o‘qituvchilaridan Xoldorova G, Xayrullayeva R, maktab psixologlaridan Jamgurova Sh. va Otaboyeva D. lar odilona hay'at a'zolari bo‘lib ishtirok etdilar.
⚡️Onajonlarimiz ham tashrif buyurdilar.Tanlovda ishtirok etgan jajji qizaloqlarimizga onajonlarimiz barcha qulaylik va sharoitlarni yaratib berdilar.
⚡️Tanlov so‘ngida qizlarimizning mahoratlariga munosib bo‘lgan:
"Jajji qizaloq"
"Eng maftunkor qizaloq"
"Eng pazanda qizaloq"
"Eng zukko qizaloq"
"Eng nafosatli qizaloq"
"Eng raqqosa qizaloq"
kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandilar hamda badiiy kitoblar bilan berildi
Азиз ҳамшаҳарлар!

Рақс санъатининг ҳақиқий иҳлосмандлари учун 2024 йил 10 март куни соат 12:00 да Алишер Навоий номидаги 1-сон шаҳар маданият маркази томоша залида "Шанс" шоу балет халқ жамоасининг навбатдаги хисобот концерти ўтказилади.

Барчангизни ушбу концерт дастурига таклиф этамиз!

Чипта нархи: 15 000 сўм

Корхона-ташкилот ва муассасалар ходимлари жамоа бўлиб ташриф буюришлари учун шартнома асосида буюртмалар қабул қилинади.

Мурожаат учун:
91 134 51 53
94 362 46 74


@angrenmadaniyat
😍 Bayram munosabati bilan siz ANORBANKDAN kartani bepul ochishingiz mumkin!

7-martdan 12-martgacha Bayram munosabati bilan ANORBANKdan Mastercard va Uzcard kartani bepul ochishingiz mumkin 🔥

🏦 Bankdan bepul karta olish usullari:

ANORBANKning savdo ofisi orqali
1290 qisqa raqami orqali
Anorbank ilovasi orqali

Viloyat bo'ylab bepul yetkazib berish (dostavka) xizmati mavjud

Bayramni ANORBANK bilan munosib nishonlang 💐☺️
#Angren Shahar MMTB
Азизларим !!! Яхшиларнинг яхшилари!
Қадри баланд қадрдон онажонлар, дилбар опа-сингиллар!
Фасли навбаҳорнинг фараҳбахш кунларида кириб келган латофатли аёлларимиз байрами барчангизга муборак бўлсин!!!!
Қалбимизга қариндошлик ҳар бирингизга мустаҳкам соғлик, метиндек ирода, узоқ ва мазмунли умр, фарзанд-у неваралар камолидан ҳузурланмоқ саодатини тилайман.
Маърифатли аёл миллатнинг жавоҳири!
Сиз бебаҳосиз азиз аёллар!
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#sport

⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTB ga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7-A sinf oʻqituvchisi Danabayev Feruzbek Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan sportning qoʻl jangi turi boʻyicha yoshlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Ushbu chempion oʻquvchimiz jahon chempionatlarida ham yuqori marralarni zabt etishida omad tilab qolamiz.