Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
962 subscribers
24.2K photos
4.64K videos
92 files
6.93K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#ANGREN_AKT
#ZAMONAVIY_KOMPYUTERLAR

♻️ UMUMTA’LIM MAKTABLARI ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BILAN TA’MINLANMOQDA.

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi bilan 2022-yil 7-dekabr kuni imzolangan shartnomaga muvofiq O‘zbekistonga yuborilayotgan texnik ko‘mak yuklarini qabul qilib olish, joylarga manzilli yetkazish va o‘rnatish ishlarini tashkil etish hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 29-martdagi 76-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 28-sentyabr kuni Angren shahridagi 6-, 8-, 14-, 25-, 29-umumta’lim maktablari va 34-maktab internatiga 16 donadan kompyuterlar, videoproyektor, konditsioner, printer va zamonaviy texnik vositalar yetkazilib berildi.

Ushbu yaratilgan imkoniyat va sharoitlar Angren shahri yoshlarini maktab davridan boshlab IT texnologiyalari yordamida zamonaviy ilmlarni egallashlari va shu orqali kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo‘lishlariga xizmat qiladi. Bu esa kelajakda jahon bozorida o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda beqiyos ko‘mak bo‘lishi shubhasiz.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ANGREN_SHXTB
#besh_tashabbus
#sport

⚡️ Bugun Angren shahar   Maktabgacha va maktab ta’limi  bo'limi tasarrufidagi  ta'limmuassasalarining  14-15-yoshli o'g'il-qiz bolalar o'rtasida Yengil atletika  bo'yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ni maktab o‘quvchilari ishtirokidagi ikkinchi mavsumi shahar bosqichi "Kimyogar" stadionda o‘tkazildi. Unga ko'ra  qizlar o'rtasida 1-o'rinni   21-maktab, 2-o'rinni 28-maktab
3-o'rinni 41-maktab
o'g'il bolalar o'rtasida
1-o'rin 26-maktab
2-o'rin 18-maktab
3-o'rin 43-maktablar egallashdi.
#XUSHXABAR

⚡️ 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Respublikamizda Xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan xodimlar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” va "Xalq ta'limi fidoiysi" koʻkrak-nishonlari topshirildi.

👉  Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi
1. 13-umumta'lim maktabi direktori Umarova Yulduzoy Rahmonaliyevna “Xalq ta'limi a'lochisi”
2. 7-umumta'lim maktabi matematika fani o'qituvchisi Usmonova Jahonbuvi Begmatovna "Xalq ta'limi fidoiysi"
3. 29-umumta'lim maktabi matematika fani o'qituvchisi Xakimova Laylo Erkinbaevna "Xalq ta'limi a'lochisi"
4. 25-umumta'lim maktabi informatika o'qituvchisi Kulbayeva Mamlakat  "Xalq ta'limi fidoiysi"
5. 17-umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Xasanov Xusnidin "Xalq ta'limi a'lochisi"
6. 73-maktab-internati jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Yuldashev Davron  "Xalq ta'limi a'lochisi"  ko'krak-nishonlari bilan taqdirlandi
худудларга_устама_бўйича_қоғозбозликни_тугатиш_ҳақида.pdf
2.3 MB
⚡️O‘QITUVCHILARGA USTAMA BERISH UCHUN BAHOLASH MEZONI VA TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI.

Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699 sonli xati.

➡️ Oylik maoshni hisoblovchi bot

Ta'limga oid barcha hujjatlar
shu kanalda!
👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/talimiy_hujjatlar
https://t.iss.one/talimiy_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ANGREN_SHXTB
#Madhiya

⚡️ Bugun Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan o'z ish faoliyatlarini boshlashdi.
#ANGREN_SHXTB

RASMIY MUNOSABAT
 
Joriy yilning  28-sentabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ANGRENDA BOLALAR ZAXARLANGANI UCHUN ODDIY XODIMLAR JAZOLANDI deb tarqalagan ma'lumotiga munosabat bildiradi.

   Ushbu tanqidiy material yuzasidan shuni ma'lum qilamizki murojaatchilar Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi  tasarrufidagi 10-DMTT xodimlari nomidan yozilgan ushbu ma'lumotlar hech biri  tasdiqlanmaganligi va  hozirgi kunda 10-DMTT SEO va JSBning "Taqiqlash, to'xtatib qo'yish to'g'risida'' gi 11-sonli qarori asosida  tashkilot ish faoliyatini to'xtatish to'g'risidagi Angren shahar Maktabgacha va Maktab ta'limi bo'limining  buyrug'i chiqazilish uchun tegishli xujjatlar taqdim etilganligi va shu  asosida DMTT vaqtincha  ish  faoliayati to'xtatilgani. Hozirgi kunda tergov ishlari  davom etmoqdaligi, aybdorlar hali aniqlanmaganligi hamda sababsiz hech bir xodimning oylik maoshidan ushlab qolinmaganligini ma'lum qilamiz.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ZAKOVAT

⚡️ Siz maktabda Zakovat koordinatorimisiz va har hafta zakovat o'yinlarini tashkil etishga vaqtingiz bo'lmayapdimi? Buning yo'li oson. Shunchaki jamoangizni olingda 7-maktabga keling.

▪️Maktab o'quvchilari o'rtasida Zakovat o'yinlarini targ'ib qilish va ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish maqsadida ertaga, 5-oktabr soat 13:00 da 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida Zakovat intellektual o'yini o'tkaziladi. Istalgan jamoa hech qanday xat-hujjatsiz tashrif buyurishi va o'yinda ishtirok etishi mumkin.

▪️Agar siz ham kelmoqchi bo'lsangiz shunchaki "bizning maktab ham boradi" deb yozib yuborsangiz kifoya. Sizlarni albatta kutamiz!!!

7-maktab koordinatori Bekzod Xayrullayev👉 @Bekzod_tarix
#25_maktab
#Nuroniylar_xaftaligi

⚡️ Bugun Angren shahar MMTB tassarufidagi 25- umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-a ,8-a sinflarida "Nuroniylar tarbiyaviy soati" o'tkazildi. Unda Navro'z mahallasidan M.Mamadaliyev va Qorabog' mahallasidan O'.Beknazarov, shahar xotin-qizlar oqila ayoli a'zosi R.Xanayevalar tashrif buyurib o'quvchilarga 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Uztoz mehri" mavzusida ibratli nasihatlar berib o'tishdi.
#besh_tashabbus

⚡️ Bugun Angren shahar umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida 17-umumiy o'rta ta'lim maktabida besh tashabbus olimpiadasi doirasida "VOLLEYBOL" sport turidan qiz bolalar orasida shahar bosqichi musobaqasi o'tkazildi.
1-o'rin 26-maktab
2-o'rin 27-maktab
3-o'rin 39-maktab hamda 15 maktablar  egallashdi.
#ANGREN_SHXTB
#tanlov

👏 2023-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  PF-6084-son Farmoni ijrosi  va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ona tili va o'zbek tili fani o'qituvchilari o'rtasida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi. Tanlov natijalariga ko'ra, ona tili fani bo'yicha
I-o'rin 20-umumta’lim maktab Jumayeva Muhayyo 
II-o'rin 20-umumta'lim maktab  Xoldorova Gulchehra 
III-o'rin 35-umumta'lim maktab  Azimova Nozima             
 O'zbek tili  fani bo'yicha.                 I-o'rin 33-umumta’lim maktab Murodova Munojat  33-umumta'lim maktab 
   II-o'rin 17-umumta’lim maktab Ismoilova Dilafruz 
   III-o'rin 34-maktab-internat Xaitova Nodiralar egallashdi
.
Tanlov g'oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.