Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
605 subscribers
23.4K photos
4.39K videos
92 files
6.86K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#yangiliklar

Maktab direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash uchun tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash uchun menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.

Kurs soʻngida tinglovchilarning bilim va koʻnikmasini baholash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yakuniy sinovlar o‘tkazilib, ko‘nikmalari baholandi hamda ularning maktabni rivojlantirish dasturi, bolani himoya qilish dasturi va taʼlim muassasasida marketingni rivojlantirish rejasi bo‘yicha taqdimoti himoyasi o‘tkazildi.

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikat topshirish tadbiri o'tkazildi.

Tadbir tafsilotlari bilan keyingi postimizdagi video lavha orqali tanishishingiz mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
#Taqdirlash_marosimi

Umumta’lim maktablar rahbarligiga nomzod 50 nafar soha mutaxassislariga menejerlik sertifikatlari topshirildi

Avval xabar qilinganidek, Davlatimiz rahbarining 2022-yil
11-maydagi tegishli Farmoniga asosan, umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlar – menejerlarni tayyorlash ishlari tajriba-sinov tariqasida olib borilmoqda.

Ushbu o‘quv-kurslarining dastlabki bosqichi joriy yilning 5-27-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida o‘tkazildi.

❗️Bugun mazkur institut binosida menejerlik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar pedagog mutaxassisga menejerlik sertifikatlari topshirildi.

⚡️Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov, mazkur institut xalqaro maslahatchisi Islam Elhadary, xalqaro ekspert Michele Gaddy, vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1255

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Namunaviy odob ahloq 31.08.2023 282-б.pdf
449.5 KB
⚡️Takomillashtirilgan
namunaviy odob-axloq qoidalari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan 2023-yil 31 avgustda "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan
namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida" gi
282-sonli buyruq imzolangan.

Buyruq matni va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

👉 Oylik maoshni hisoblovchi bot

Ta'limga oid barcha hujjatlar
shu kanalda!
👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/talimiy_hujjatlar
https://t.iss.one/talimiy_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Мактабга киришда ўқувчи ва бошқа фуқаролар мобил телефонларни мактаб маъмуриятига топшириш тартибини йўлга қўйиш тавсия этилди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 август кунги 282-сонли буйруғи билан тасдиқланган "Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари"да мактаб ҳудудида мобил телефонлар фойдаланиш бўйича бир қанча тавсиялар берилди.

Унга кўра, таълим муассасаси ҳудудида ҳар бир таълим-тарбия жараёни иштирокчилари ҳамда ташриф буюрувчи бошқа фуқаролар шахсий мобил алоқа воситаларини овозсиз ҳолатга келтиришлари, мактаб ички имкониятларидан келиб чиққан ҳолда (мактаб фойеси, маънавият хонаси, синф хоналари ва бошқа қулфланадиган жойларда) қулфли қутилар ташкил этилиши лозим бўлади.

Бунда таълим муассасасининг биносига кирилганда мобил алоқа воситаларини топшириш ва дарс жараёнлари тугагандан сўнг қабул қилиб олиш тартибини йўлга қўйиш тавсия этилади.

Таълим муассасасида педагог ва техник ходимлар ҳамда ташриф буюрувчи бошқа шахслар томонидан мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини мактаб раҳбарияти назорат қилади.

Ўқувчилар томонидан мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини эса барча педагоглар, жумладан синф раҳбарлари шахсан назорат қилади.

Ўқитувчи томонидан огоҳлантирилишига қарамай дарс жараёнида телефондан фойдаланиш ҳолатлари давом этганда фан ўқитувчиси, синф раҳбари, директор ўринбосари, психолог (инспектор-психолог) иштирокида ўқувчининг телефони (смартфон, планшет ва бошқа қурилмалар) олиб қўйилади ва ҳолат юзасидан мактаб директори ҳамда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари огоҳлантирилади.

Шундай ҳолат ўқув йили давомида бир ўқувчи томонидан икки ва ундан ортиқ маротаба такрорланганда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддаси асосида маъмурий жавобгарликка тортилади, ўқувчи ички ишлар органларининг профилактик рўйхатига олинади.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
#deputat_va_yoshlar

Bugun Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi direktori, "Bilim Ziyo" o'quv markazi asoschisi Nazirov Abror Urinbaevich bilan Angren shahridagi 13 - maktabning 8-11 sinf o'quvchilari bilan "Мuvafaqqiyat sirlari" mavzusida motivatsion davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad hayotiy tajriba bilan bo'lishish, o'quvchilarga hayotda yetuk inson bo'lib yetishishlari uchun yo'nalish berish, ularni yangi g'oyalar bilan ruhlantirish, ta'lim va tadbirkorlik yo'nalishi bo'yicha o'quvchilarni qiziqtirayotgan savollariga javob berish edi.

Ma'lumot o'rnida Abror Nazirov Hindiston, Angliya, Amerika kabi xorijiy davlatlarda bo'lgan. Shu sababli uchrashuv juda ham yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Tashrif uchun Abror Nazirovga maktab jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

https://t.iss.one/angren13
# Uzum festivali
# kun_xabari

⚡️ Toshkent viloyati   Parkent tumaning " Zarkent"  qishlog‘ida   “Uzum sayli ” festivali davom etmoqda.
📌Uch kundan buyon o‘z hizmatini  ayamagan shahar  Madaniyat bo‘limi hodimlari tamonidan tayyorlangan konsert dasturlari ham tamoshabinlarga zavq bag‘ishladi.
Ayniqsa MMTB tasarrufidagi  umumta’lim maktablarning ma’naviyat bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan tayyorlangan turli ko‘rgazmalar ham taqsinga loyiq deb topildi  !

Eslatib o‘tamiz,  kecha boshlangan  ushbu "Uzum festivali"  bugun o‘z nihoyasiga yetadi!