Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
617 subscribers
22.6K photos
4.3K videos
92 files
6.84K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Seminar

Angren shahrida yoshlar masalasi, ayniqsa, umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘g‘il-qizlarni  Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida “Huquqbuzarlikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Yoshlar  -  bizning kelajagimiz!” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy seminar bo‘ldi.

Seminarda Toshkent viloyati  Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, shahar hokimligi, shahar IIB mas’ullari,  umumta’lim maktablari rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, maktablar psixologlari, ota-onalar qatnashdilar.

Seminarni shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sarvar Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochdi.


📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️
Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Seminar_trening
#Taqdimot
#Taqdirlash_marosimi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan
Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

Bugun Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 7-umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida  shahar seminari bo'lib o'tmoqda.
              

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Seminar
  
📖O'quv seminari davomida Angren shahar "Qorabog'" jome masjid imom-noibi Maktabda sog'lom ijtimoiy - ma'naviy muhitni ta'minlashda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati mavzusida maruza qildi, umumta'lim maktablar misolida 33-maktab MMIBDO'si E.H.Rasulova hamda 43-IDUM MMIBDO'si G.Karabayevalar maruza qilishdi.
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

Joriy yilning 16-avgust kuni Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 7-umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida  rahbar  xodimlarga  o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
     O‘quv –seminarda O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga farzand tarbiyasi va maktab ta’limi  masalalari yuzasidan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g'ayri-ijtimoiy  xatti-harakatlarning oldini olish, maktabda sog‘lom  ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati kabi  ustuvor masalalar Respublika  ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi rahbari  A.Tog'ayev, Yoshlar  ishlari  agentligi Angren shahar kengashi rahbari A.Parpiyev, Jome  masjit  imomi o'z  yo'nalishlari bo'yicha ma'ruzalar  va davra suhbatlarida fikr yuritishdi.
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

📣 Umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 14-19-avgust kunlari tizimdagi  umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar kaskad usulida o‘tkazib kelinmoqda.

18- avgust kuni Toshkent viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan Angren shahardagi maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida so'z yuritildi.
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

     📖Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan joriy yilning kunlari “Sifatli ta’lim-kuchli jamiyat” shiori ostida boshlang‘ich sinf rahbarlari uchun uch bosqichli kaskad usulida treninglar tashkil etilgan edi.
📌 Angren shahar MMTB tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun joriy yilning 22-24-avgust kunlari 8-sonli umumta’lim maktabida uch kunlik o‘quv-amaliy seminari tashkil etilishi  rejalashtirilgan edi.
Bugun o'quv-amaliy seminarining birinchi kuni qizg'in amaliy mashg'ulotlar bilan o'tmoqda.
            

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Seminar
#29_maktab

  ⚡️ Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 29-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida  21-avgust kuni  pedagog xodimlarga  o'quv-seminari o'tkazildi.
O'quv-seminarini o'tkazishdan maqsad:
   1. "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar".
    2.Umumta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan pedagok jamoani tanishtirish.
   3.  Maktablarda diniy-ma'rifiy va dunyoviy axloq asoslarini o'qitish masalalari bo'yicha.
    4. O'quvchi yoshlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish tog'risida.
  Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab direktori mehmonlar pedagogik jamoaga kerakli tavsiyalar berib o‘tdi. Pedagok jamoaning taklif va mulohazalari tinglandi.            

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Seminar
#39_maktab

  ⚡️ Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida  21-22-avgust kunlari  pedagog xodimlar va ota-onalarga  o'quv-seminari o'tkazildi.
O'quv-seminarini o'tkazishdan maqsad:
   1. "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar".
    2.Umumta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan pedagok jamoani tanishtirish.
   3.  Maktablarda diniy-ma'rifiy va dunyoviy axloq asoslarini o'qitish masalalari bo'yicha.
    4. O'quvchi yoshlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish tog'risida.
  Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab direktori mehmonlar pedagogik jamoaga kerakli tavsiyalar berib o‘tdi. Pedagok jamoaning taklif va mulohazalari tinglandi.            

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#BABM
#Seminar

📖 Angren shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida  joriy yilning 12-sentabr kuni Toshkent viloyatidagi 22 ta "Barkamol avlod" bolalar maktablari ishtirokida  "Ustozlar milliy forumi"  tashkil qilindi. Forumda direktorlar, DO‘TMBO‘lar, ITJEIBBIBBlar, UBBlari va uslubchilari ishtirok etishdi.
⚡️ Forumni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktor o‘rinbosari Hoshimov Lazizbek, viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Abdusattorova Go‘zallar o‘zlarini samimiy tilaklari bilan ochib berdilar.
Forumda qatnashgan pedagoglarga yangi oʻquv yili uchun oʻquv rejalar tuzilganligi va shu reja asosida mashgʻulotlar tashkil etilishi, oʻquvchi yoshlarni qamrovini oshirish va ta'lim sifatini oshirish toʻgʻrisida seminarlar tashkil etildi.
💠 Yil davomida o‘z mehnatlari bilan yuqori natijalarga erishgan  pedagog xodimlar esdalik sovgʻalar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#seminar

📖2023-yilning 7-oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab taʼlimi vazirligi Toshkent viloyati Angren shahar Maktabgacha va Maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 14- umumtaʼlim maktabida 2023-2024 oʻquv yilida amaliyotga joriy qilingan yangi oʻquv darsliklari boʻyicha Boshlangʻich taʼlim oʼquv
seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
📌Bu o'quv seminarda 16-nafar trenir ustozlar hamda 230-nafardan ortiq shahar boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faol ishtirok etishdi. Trening jarayonida yangi darsliklar, ularda foydalanadigan innovatsion metodlarni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan barcha ko'rsatmalar berildi va o'zaro fikrlar almashildi.


📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ofline
#seminar
#Angren

Ayni damda Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish pedagogik-psixologik Respublika tashxis markazi trener psixologlari N.A.Shaismatova va F.A.Toshkenboyevalar tomonidan shahar maktab psixologlariga "Jinsiy zo‘ravonlik turlari va ularni oldini olish" mavzusidagi o‘quv-seminari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
#Seminar
🟢Psixologlar uchun amaliy
seminar tashkil etildi
📍Angren shahar


Bugun Toshkent viloyati Angren shahar umumta’lim maktablari psixologlari uchun "Oilaviy zo‘ravonlik" mavzusida amaliy
seminar o‘tkazildi.

Mavzu doirasida shahar umumta’lim maktablari psixologlari o‘zaro tajriba almashishdi. Tadbir doirasida tashkil etilgan psixologik treninglar, o‘yinlar maktab psixologlari uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook