Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
613 subscribers
23.7K photos
4.47K videos
92 files
6.89K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
🤖 "AI for Girls v2.0" o‘quv-inkubatorida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz!

🌍 IT-Park Toshkent
hamda Germaniyaning "Constructor University" bilan hamkorlikda tashkil etilgan 🤖 "AI for Girls v2.0" o‘quv-inkubatorida ishtirok etish uchun arizalarni, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talaba qizlar topshirishlari mumkin.

📝Trening ingliz va rus tillarida o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali anketani to‘ldiring va testdan o‘ting.

⚠️ Treningda ishtirok etish uchun ariza faqat ingliz tilida topshiriladi.

↪️ Arizalar 2023-yilning 28-aprel sanasi, soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Shoshiling, joylar soni cheklangan!
Sizga omad tilaymiz va mashg‘ulotlarda kutib qolamiz!

_____________

🤖 С радостью объявляем о начале приёма заявок на участие в образовательном инкубаторе "AI for Girls v2.0" !

Образовательный инкубатор 🤖 "AI for Girls v2.0" по искусственному интеллекту для учениц из Узбекистана, организованный в сотрудничестве с немецким университетом Constructor University и 🌍 IT-Park Tashkent , который будет проходить на английском и русском языках.

📝 Для участия в тренинге перейдите на форму для заявки по ссылке и пройдите тестирование.

⚠️ Форма для заявки на английском языке.

↪️ Заявки принимаются до 23:59
28 апреля 2023 года.

Торопитесь, количество мест ограничено! Желаем вам удачи и ждём на тренинге!
DIQQAT, DIQQAT!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” mavzusida videolavhalar tanlovi e’lon qilinadi

Tanlovning asosiy maqsadi:

🟢o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni bo‘lish, ta’lim muassasalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish orqali o‘quvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan umumta’lim muassasalari joriy yilning 1-10-may kuniga qadar 5 daqiqagacha bo‘lgan va maxsus tayyorlangan bir dona ijodiy videorolikni @obod_maktab_2023 telegram manziliga yuborishlari lozim.

Kelib tushgan ijodiy ishlar maxsus saralash guruhi, respublika ekspertlar guruhi tomonidan 2023-yil 17-may kuniga qadar saralanadi. Ekologik oylik davomida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” tanlovi nomzodligiga munosib deb topilgan 42 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning har biridan 3 tadan) ta’lim muassasasining ijodiy videolavhalari joriy yilning 22-27-may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi tanlovlar rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik tomonidan baholanadi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan (“like” bosilgan) videoroliklar natijalari va ekspertlar guruhi xulosalariga ko‘ra, ekologik oylik davomida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” deb hisoblangan 14 ta (har bir hududdan 1 tadan) ta’lim muassasasi g‘olib deb topiladi.

Batafsil: https://bit.ly/424r3gT


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова, ЮНИСEФнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари Мунир Мамадзаде ва халқаро ташкилотлар экспертлари билан учрашув ўтказдик.

Учрашувда Ўзбекистонда сифатли мактаб таълимидан фойдаланиш имкониятларини кенгайтириш ва барча болалар, жумладан, ижтимоий ҳимояга муҳтож болалар учун тенг имкониятларни таъминлаш бўйича ЮНИСEФ ва ЮНEСКОнинг қўшма лойиҳасини муҳокама қилдик.

Халқаро ташкилотлар таълим соҳасини ривожлантириш бўйича илмий тадқиқотлар олиб боради ва мавжуд бешта муаммоли йўналиш бўйича вазиятни яхшилаш стратегиясини ишлаб чиқади.

Жумладан, мактаб инфратузилмасини модернизация қилиш, инклюзив ўқув-услубий материаллари ишлаб чиқиш ва тақдим этиш ҳамда ўқитувчиларнинг малакасини ошириш кўзда тутилган.
#DIQQAT_TEMIR_YOL
#11_maktab
#Jarayon
  
⚡️Joriy yilning 26-Aprel kuni Toshkent mintaqasidagi temir yo‘l transportida XTB “Angren” bekatidagi HPG inspektorlari tomonidan temir yo‘llarda poyezdlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, Angren shahar XTBga qarashli 11-umumta'lim maktabida "DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusilarida profilaktik yig'ilish tashkillashtirildi. Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarga temir yo‘lni belgilanmagan joylaridan kesib  o‘tmaslik, temir yo‘l yaqinida chorva mollarini boqmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik, harakatdagi poyezdlarga osilmaslik va relslarga begona jismlarni qo‘ymaslik tushuntirib o‘tildi.



📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#DIQQAT_TEMIR_YOL
#16_maktab
#Jarayon
  
⚡️Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent mintaqasidagi temir yo‘l transportida XTB “Angren” bekatidagi HPG inspektorlari tomonidan temir yo‘llarda poyezdlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, Angren shahar XTBga qarashli 16-umumta'lim maktabida "DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusilarida profilaktik yig'ilish tashkillashtirildi. Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarga temir yo‘lni belgilanmagan joylaridan kesib  o‘tmaslik, temir yo‘l yaqinida chorva mollarini boqmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik, harakatdagi poyezdlarga osilmaslik va relslarga begona jismlarni qo‘ymaslik tushuntirib o‘tildi.



📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

🔊 Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

🗺 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#AngrenSHXTB
#8_MAKTAB
#KUN_QAHRAMONI
#MUHAMMAD_YUSUF

Bugun 27.04.2023 yil kuni yurtimizning barcha hududlarida sevimli , betakror shoirimiz Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan adabiy kechalar , tadbirlar , she'rxonlik mushoiralari o'tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi.Tadbirda ishtirok etgan 4-"A" sinf o‘quvchilari va kutubxona mudirasi shoirning hayoti va ijodi haqida tanishib , uning she'rlaridan bahramand bo'lishdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt‌‌