Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
615 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Angren_shahar
#Umumta'lim_maktablari
#Vatanparvarlar

🇺🇿Angren shahar XTB ga qarashli umumta'lim maktablarining o'quvchi yoshlari o'rtasida Mudofaa vazirining kubogi uchun " VATANPARVARLAR" harbiy-sport musobaqasining shahar bosqichiga start berildi.Musobaqa Angren shahar 42219 harbiy qism bazasida o'tkazildi.

🔰Musobaqaning asosiy bosqich shartlari : Safda qo’shiq aytish, mohir mergan, harbiylashtirilgan estafeta, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, duatlon kabi shartlarda o’quvchilar chaqqonlik va mohirliklarini namoyon etgan bo’lsalar, Temur tuzuklari bilimdoni kabi shartlar ularning nazariy bilimlarini sinovdan o’tkazdi.

🔰Musobaqa qiziqarli va bahsli bo'lib natijalar sarhisobiga ko’ra 🥇1-o’rin 28-maktabning “Lochinlar” jamoasiga nasib etgan bo’lsa🏆, 🥈2-o’ringa 8-maktabning “Jasorat”, hamda faxrli 🥉3-o’ringa 12-maktabning “Turon” jamoasi loyiq ko’rildi.
🔰G’oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
#ANGREN_SHXTB
#7_MAKTAB

Joriy yilning 8-aprel kuni Angren shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Sohibqiron hayoti va temuriylar sulolasi tarixiga qiziquvchi 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida “TEMURIYLAR TARIXI BILIMDONI” tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda quyidagi jamoalar 4 ta shart asosida bahs olib borishdi:

▪️7-"A" sinf - "Temur avlodlari"
▪️7-"B" sinf - "Temuriylar"
▪️7-"D" sinf - "Samarqand"
▪️7-"E" sinf - "Mironshoh"
▪️8-"A" sinf - "Boburiylar"
▪️8-"B" sinf - "Jaloliddin izdoshlari"
▪️8-"D" sinf - "Temur vorislari"
▪️8-"E" sinf - "Sohibqiron"

Yakunda:
🥇1-o'rin: 8-"E" sinf "Sohibqiron" jamoasi;
🥈2-o'rin: 8-"A" sinf "Boburiylar" jamoasi;
🥉3-o'rin: 7-"A" sinf "Temur avlodlari" jamoasi.

Tanlov ishtirokchilari va g'oliblariga diplomlar va kitoblar topshirildi.
👏👏👏👏👏👏👏👏👏

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram|Facebook|YouTube|Sayt