Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
883 subscribers
26.3K photos
4.83K videos
97 files
7.05K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.

Мурожаат учун: @angrenxtbaloqabot
Download Telegram
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#o'quv_seminar

⚡️Joriy yilning 27-mart kuni ona tili va adabiyot metodbirlashmasining o'quv semenari bo'lib o'tdi. ⚡️Metodbirlashma rahbari Xoldorova Gulchehra Tajibayevna a'zolar hamda tabiiy fan, rus tili, ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi a'zolariga dars jarayonida qo'llash uchun samarali metodlar haqida ma'lumot berdi. Bunda fanlararo integratsiya yo'lga qo'yildi.
⚡️Yig’ilishda turli fan mutaxassislari o'z tajribalarini o’rtoqlashishdi. Bu jarayon, o’z navbatida, ta’lim sohasida yangi yondashuvlar va metodlarni qo'llashga turtki bo'ldi. Fanlararo integratsiya orqali turli sohalar o’rtasidagi aloqalar mustahkamlandi.
#Angren_shahar_MMTB
#20_maktab
#dars_tahlili
⚡️Angren shahar 20-umumiy o'rta ta’lim maktabida Angren shahar MMTB boshlig'i A.M.Gafurov boshchiligida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini baholash maqsadida shahar psixologlar tomonidan darslar kuzatildi.

⚡️Kuzatish davomida psixologlar dars jarayonlariga bevosita guvoh bo‘lib, o‘qituvchilarning o‘quvchilarga yondashuvi, ularning psixologik holatini inobatga olishi va darsni tashkil etish uslublarini tahlil qilishdi. Kuzatuv natijalari asosida o‘qituvchilarga o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini chuqurroq tushunish va ularga individual yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
#Angren_shahar_MMTB
#20_maktab
#dars_tahlili
⚡️Tadbirning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish, darslarni samarali va interaktiv tashkil etishda o‘qituvchilarga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Shu kabi kuzatuvlar kelgusida ham davom ettirilib, o‘qituvchilarning malakasini oshirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
#Angren_shahar_MMTB
#20_maktab
#dars_tahlili
⚡️Kuzatuv davomida o‘qituvchilarning o‘quvchilarga yondashuvi, dars uslublari va sinfdagi psixologik muhit tahlil qilindi.

⚡️Psixologlar ishtirokida dars tahlili o‘tkazildi. Tahlil davomida dars jarayoni bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilip, samaradorlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. O‘qituvchilarga o‘quvchilarning psixologik holatini inobatga olish, motivatsiyani oshirish va interaktiv metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy maslahatlar taqdim etildi.

⚡️Mazkur tadbir ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va o‘quvchilar uchun qulay psixologik muhit yaratishga xizmat qiladi. Shunday tahliliy uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.
#Angren_shahar
#20_maktab
#Boshlangʻich_taʼlim_metodbirlashmasi

Angren shahar
20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-"A" sinf oʻquvchilari 3-aprel kuni matematika to'garagida "Oyna metodi" asosida mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar berilgan rasmlarning simmetrik ikkinchi qismini oyna yordamida ko‘rib, ularning to‘g‘ri joylashishini aniqlashdi. "Oyna metodi" orqali shakllarning simmetriyasini tushunish va vizual idrok qilish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Ushbu faoliyat o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular bunday interaktiv mashg‘ulotlarni yana o‘tkazishni xohlashdi

Sinf rahbari: Sabirova Xayriniso Xasanovn
Forwarded from Gulchehra
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#o'quv_mashg'uloti
⚡️Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A.M.Gafurov tashabbusi bilan xorijiy til o'qituvchilarini sertifkat olishlari uchun amaliy yordam tariqasida 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quv mashg'uloti tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qaroriga asosan Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar olish bo'yicha ko'rsatmalar aytib o'tildi.
⚡️Shu bilan bir qatorda A.Gafurov yangi o‘quv yilidan boshlab xorijiy til o‘qituvchilari uchun belgilangan darajadagi sertifikat majburiy bo‘lishi va shu talabga javob bermagan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirib o'tdi.
⚡️Mashg'ulot malakali pedagoglar tomonidan olib borildi.
#Angren_shahar_MMTB
#20_maktab
#4.04.2025

Angren_shahar_MMTB qarashli
20- umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-"A", 9-"B", 9-"V " sinf qizlarini kasbga yo'naltirish bo'yicha o'quvchilarning qiziqishini hisobga olgan holda "Mohim" pishiriqlariga sayohatga olib chiqildi. Qizlar o'zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.
Maktab psixologi: Otabayeva Dilnoza
Texnologiya o'qituvchisi: SH. Kuchinova
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Tarix_Ingliz_tili_metodbirlashmasi
#7_Aprel_2025_yil

Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabida  ingliz tili fanidan 7-"A" sinf o'quvchilari tomonidan "SAFETY AT HOME" mavzusida tayyorlagan leafletlari(tarqama varaqa).
Mavzu yuzasidan o'quvchilar o'zlari tayyorlab kelgan ishlarini tushuntirib izohlab berishdi. Tarqatmalarini tarqatib o'quvchilarga izohlab o'tishdi


O'qituvchi: Abdumalikova Maftuna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_shahar
#20_maktab
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

⚡️Angren shahar MMTBga qarashli
20-umumiy o‘rta maktabi 2-"A"sinfida o‘qish fanidan "Mashinalar odamlarga qanday yordam beradi? asarini sahnalashtirish jarayoni

https://t.iss.one/angren_20_maktab
👆👆👆👆👆👆👆👆👆
#Angren_shahar
#20_maktab
#Boshlangʻich_taʼlim_metodbirlashmasi

2025-yil 8-aprel kuni Angren shahar MMTBga qarashli
20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 4-"A" sinf oʻquvchilari tabiiy fan darsida yorugʻlik manbai haqida qiziqarli mashgʻulot o'tkazishdi.

Mashgʻulot davomida o'quvchilar guruch va yog' yordamida yorugʻlik manbai yaratishdi. Bu tajriba orqali ular yorugʻlik manbalarining tabiati, ularning qanday ishlashi va hayotdagi ahamiyati haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Bunday tajribaviy mashgʻulotlar bolalarning qiziqishini oshiradi, kuzatuvchanlik va tafakkurini rivojlantiradi. O'quvchilar ushbu darsdan katta zavq olishdi va kelgusida yana shunday mashgʻulotlarda ishtirok etishni xohlashdi.

Sinf rahbari: Sabirova Xayriniso Xasanovna