Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
813 subscribers
27.4K photos
4.96K videos
98 files
7.16K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.

Мурожаат учун: @AngrenMMTB_bot
Download Telegram
#33_школа

🔷Организован урок английского языка в 4 специализированном классе по математике школы №33 г. Ангрена с элементами мастер-класса учителем Калимулиной Н.Р по теме “How often do you have” ( Как часто вам приходится...), где учащиеся самостоятельно демонстрировали мультимедийные материалы на экране, знания английского языка, живо подключались к выполнению занимательных упражнений. Примененные яркие наглядности, неординарные дидактические материалы, электронные образовательные ресурсы позволили учителя регулировать процесс самостоятельного познания учебных материалов. Фото.

📱Официальные сайты Ангренского ГорОНО в социальных сетях

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ma'naviyat

Angren shahar 40-umumta’lim  maktabida buyuk mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi  munosib nishonlandi


Unda jurnalist, "Oltin qalam" sohibi, Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Qobulov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, she’riyat ixlosmandlari ishtirok etgan kechada shoirning barhayot siymosiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

E’tirof etilganidek, atoqli shoir, Davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘zining purhikmat hayoti va boy ilmiy-ma’rifiy ijodi bilan nafaqat millatimiz adabiyoti, balki jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
O‘quvchilar bilan uchrashuvda so‘z olganlar shoir ijodini o‘rganish, uning hayotidan o‘rnak olish orqali ezgu maqsadlarga erishishni ta’kidladilar.

Zero, buyuk bobokalonimiz asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar ma’naviy komillikka, poklikka, yaratuvchanlik va bunyodkorlikka undadi. Asrlar o‘tsa hamki, o‘zining ulug‘vorligini, yuksak qadr-qimmatini yo‘qotmadi.

Nazm va navo kechasida Navoiyning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi, g‘azallaridan parchalar o‘qildi. Sahna ko‘rinishlari namoyish  etildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimining  o‘rinbosari Salim Anarboyev,  Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi rahbari  Alijon Yusupov,  "Yoshlar kundaligi"  gazetasi muxbiri Otabek Bakirovlar qatnashdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube