Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
617 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
Umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?


Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlab boriladi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
MUHIM!

🟢Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari
uzaytiriladi;

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi;

🟢Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi;

🟢Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
⚠️Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli e’lon qilinayotgan qishki ta’til kunlari xususiy ta’lim tashkilotlari o’quvchilariga ham taaluqli

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadigan qishki ta’til kunlari xususiy ta’lim tashkilotlariga ham tegishli ekanligini ma’lum qilamiz.
"Al-Xorazmiy" olimpiadasi shahar bosqichi jarayonidan lavhalar
#ANGREN_SHXTB
#Kun_xabari
#Olimpiada

📖2023-yil 6-yanvar kuni Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 2⃣0⃣-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida
Matematika, Biologiya, kimyo va fizika fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining shahar bosqichi bo'lib o'tmoqda. Olimpiadada barcha umumta'lim maktabilari 7-8 sinf o'quvchilaridan 400 nafar o'quvchilar qatnashmoqda.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
“O‘qituvchilar olimpiadasi”ning Respublika bosqichi musobaqalari boshlandi

6-yanvar kuni Toshkent shahridagi 118-sonli umumta’lim maktabida “O‘qituvchilar olimpiadasi”ning Respublika bosqichi musobaqalari boshlandi.

Mazkur olimpiada 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab matematika fani bo‘yicha ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor pedagoglarni aniqlash, qobiliyat, kasbiy mahoratlarini ro‘yobga chiqarish, ko‘maklashish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uch bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, unda jami 6000 ga yaqin o‘qituvchi ishtirok etgan.

“O‘qituvchilar olimpiadasi” ko‘p sonli ustozlar va o‘qituvchilarning takliflari asosida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab matematika fanidan tashqari fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ham tashkil qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilgi olimpiada musobaqalari ham uch bosqichda tashkil qilinadi. Olimpiadaning dastlabki bosqichida ixtiyoriy ravishda jami 30 ming nafarga yaqin ustozlar ishtirok etishdi.

Батафсил: https://bit.ly/3ikBQ5q


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati