ITMA Angren_IM
1.14K subscribers
1.15K photos
401 videos
296 links
Download Telegram
Шаҳар ҳокими Алишер Райимов, 2-сектор раҳбари Улуғбек Хабилжонов ҳамда мутасадди раҳбарлар Ангрен шаҳар ихтисослаштирилган мактаб ўқувчилари билан учрашдилар ва юзма-юз мулоқотда бўлдилар.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi rasman foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo'lib o'tgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari, nuroniylar hamda ota-onalar bayram ishtirok etishdi.

Tadbirga Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Ulug'bek Xabiljonov, shahar hokimi o'rinbosari Salim Anorboyev, shahar MMTB rahbari Sarvar Nuriddinov hamda "Chotqol" MFY faollari tashrif buyurishdi va o'quvchilarga o'zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi.

Yuqori sifatda ko'rish uchun👇
https://youtu.be/zLAksnON9OQ

Obuna bo'ling👇
https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor

ULUG'BEKOVA MUSLIMA - Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabiga bo'lib o'tgan kirish imtihonida eng yuqori ball to'plab 5-sinfga o'qishga qabul qilindi.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Angren shahar hokimi Alisher Rayimovning ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilariga va jamoasiga yo'llagan tabrik so'zi.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Angren shahar 2-sektor rahbari, shahar prokurori Ulug'bek Xabiljonovning o'quvchilarga yo'llagan tabrigi.

https://t.iss.one/angren_piima
#FLEX_dasturi_bo'yicha_trening

06.09.2023 sanasida Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining maktab maslahatchisi Jasur Xasanov tomonidan 9- va 10-sinflar uchun FLEX dasturiga ariza topshirish jarayoni bo'yicha batafsil ma'lumot beruvchi trening o'tkazildi.

AQSH elchixonasi va Amerika kengashi tomonidan to'liq moliyalashtiriladigan FLEX - kelajak liderlari almashinuv dasturiga bu yil 15.07.2007-15.07.2009 yillar oralig'ida tug'ilgan o'quvchilar topshira oladilar.

2023-2024 o'quv yilida FLEX dasturida g'olib bo'lgan o'quvchilar 2024-2025 o'quv yilida 1 yil davomida AQSH maktablarining birida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

https://t.iss.one/angren_piima
#bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

SARDOR SAYDULLAYEV - Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi. Xalqaro IELTS imtihonida umumiy 8.0 ballik sertifikatni qo'lga kiritdi.

Ta'lim-tarbiya bergan ota-onasiga, bilim bergan barcha ustozlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O'quvchimizning kelgusi o'qish va ishlariga omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_MAKTABIMIZ_bor

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi yangi o'quv yiliga tayyor.

Bugungi kunda maktabda 560 nafar o'quvchilar tahsil olmoqda va 60 ga yaqin tajribali va malakali o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Maktabda o'quvchilar sifatli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir sinfda 24 nafardan o'quvchilar mavjud bo'lib, ixtisos fanlar 12 nafardan bo'lib o'qitiladi.

👉 Agar Siz ham farzandingizni bizning maktabimizda bilim olishini xohlasangiz, unda bo'lib o'tadigan kirish imtihonlariga bugundan tayyorgarlik ko'rishlarini nazorat qiling.

👉 Kelasi o'quv yilida 4-sinfni bitirgan o'quvchilar ANIQ FANLAR yo'nalishiga hamda 6-sinfni bitirgan o'quvchilar TABIIY FANLAR yo'nalishiga qabul qilinadi.

https://t.iss.one/angren_piima
#zamonaviy_kasbga_òrgatish

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida yuqori sinf o'quvchilari uchun "ZAMONAVIY KASBLARGA O'RGATISH" mavzusida amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi.

Unda o'quvchilar bugungi kunda trendda bo'lgan SMM, videografika, mobilografika, montaj, marketing va reklama yo'nalishlarini qamrab olgan mavzusida suhbatlashishdi.

Foto va video qurilmalari haqida 10 yillik video operatorlik tajribasiga ega Akmal Nazirboyev to'liq ma'lumotni berdi. Shu bilan birga jurnalistika universitetining magistratura bosqichi talabasi Abdunodir Nosirov o'quvchilarga kamera oldida nutq so'zlash, ovoz yozish va kompyuterda video va foto montaj jarayonlarida ishlash ko'nikmalarini o'rgatdi.

Trening o'quvchilar uchun juda ham qiziqarli va foydali bo'lgani aniq. Sababi trening faqat AMALIY MASHG'ULOT tarzida tashkil etildi.

👉 Kelgusida maktab qoshida "media markaz" faoliyat boshlashiga ilk qadam qo'yildi.

👉 Batafsil navbatdagi video lavhamizda...

https://t.iss.one/angren_piima