ITMA Angren_IM
1.16K subscribers
1.14K photos
400 videos
295 links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bir_boʻlsak_yagona_xalqmiz
#Birlashsak_Vatanmiz

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barchani Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Янги ўқув йили муносабати билан "Бир бўлсак - ягона халқмиз, бирлашсак - Ватанмиз!" шиори остида "Биринчи қўнғироқ" тадбири Ихтисослаштирилган мактабда ҳам кўтаринки кайфиятда кутиб олинди.

Ангрен шаҳар ҳокими Алишер Райимов, мактаб директори Аброр Назировлар сўзга чиқдилар.

Ангрен шаҳар ихтисослаштирилган мактабда жорий йилнинг ҳозирги кун ҳолатига 560 нафар ўқувчи бўлиб, унда 42 нафар педагог таълим-тарбия беради. 2023-2024 ўқув йилида 83 нафар битирувчидан 37 нафари олий таълимга давлат гранти асосида ўқишга кирди. Улардан 26 нафари Давлат университетларига контракт асосида, шунингдек, яна 15 нафари эса нодавлат олий таълим муассасаларида таълимнинг кейинги босқичида таҳсил олиш ҳуқуқини қўлга киритди.

Ангрен ихтисослаштирилган мактаб янги ўқув йилига пухта тайёргарлик кўрилиб, замонавий услубда жиҳозланди, хусусан, 41 дона компьютер келтирилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktab_hayoti

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o'quv yili munosabati bilan "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, maktab direktori Abror Nazirovlar so'zga chiqdi.

@angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Birinchi qo'ng'iroq" tadbiridan video lavha...

@angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AKRAMOV AKMAL - yangi qabul qilingan o'quvchilarimizdan biri.

@angren_piima
"Manaviy yuksalish va Vatanparvarlik kuni munosabati bilan " Angren shahar Ixtisoslashtirirgan maktabida yuqori qoʻmondonlikning tegishli qarorlarlariga ijrosini taminlash maqsadida harbiy qism rahbariyati tamonidan "Vatanparvarlik" sinfini tashkil etib kerakli harbiy oʻquv jihozlari bilan taʼminlandi.