ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
10.3K subscribers
16.1K photos
1.94K videos
33 files
4.97K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi.

Muhokama guruhimiz: @chat_andijon_yoshlari

Murojaat uchun:
@andijon_yoshlari_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://myurls.co/and
Download Telegram
#Biz_bir_safdamiz
#Men_donorman

Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi va Qon quyish satnsiyasi hamkorlikda Men donorman qon topshirish xayriya aksiyasi davom etmoqda.

Andijonlik yoshlarga qilgan murojaatimizdan so'ng yoshlarning o'zlari qon topshirish uchun ishtiyoq bildirib bugunni o'zida o'zgacha kayfiyat bilan keldilar.

Ushbu qon topshirish xayriya aksiyalarini davomiy bo'lishida va qonga ehtiyoji bor yoshlarga doimiy tarzda yordam berishga tayyor ekanimizni bildiramiz

Facebook Instagram Telegram Youtube
Bugun respublikamizning barcha hududlarida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Intellektual olimpiada"ning hududiy bosqichlariga start berildi!

Yoshlar markazi binosida Andijon viloyatidagi 7 ta oliy ta'lim muassasalari jamoalari ishtirokida viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz hududiy bosqich 4 ta turdan, har bir tur 12 ta savoldan, jami 48 ta savoldan iborat. Respublika bosqichiga esa Andijon viloyatidan 3 ta jamoa yo'l oladi. Respublika bosqichi 13-17-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Facebook Instagram Telegram Youtube
БЕШТА МУҲИМ ТАШАББУС ДОИРАСИДА ЎТКАЗИЛГАН КЎРИК-ТАНЛОВЛАР ҒОЛИБЛАРИ МУНОСИБ ТАҚДИРЛАНДИ

Жорий йилнинг 9 декабрь куни Андижон шаҳридаги “Ёшлар маркази”да Халқ таълими вазирлиги томонидан ўтказилган “Бешта муҳим ташаббус” доирасидаги кўрик-танловларда ғолибликни қўлга киритган ёшларни муносиб рағбатлантириш мақсадида “Бешта ташаббус-Андижонда” шиори остида тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

“Бешта ташаббус-санъат билан”, “Бешта ташаббус-спорт билан” ҳамда “Бешта ташаббус ахборот-технологиялари билан” йўналишларидаги танловларда ғолиб бўлган вилоятимизнинг иқтидорли ўқувчи ва ўқитувчиларига вазирлик томонидан 500 миллион сўмлик спорт жиҳозлари, робототехник конструкторлар ва мусиқий асбоблар жамланмалари топширилди.

Шунингдек тадбир давомида иқтидорли ўқувчилар томонидан “10 декабрь-Ўзбекистон Республикаси давлат мадҳияси қабул қилинганлигининг 30 йиллиги" муносабати билан тайёрланган бадиий чиқишлар йиғилганларга ҳавола этилди.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"YOSHLAR DAFTARI -
IMKONIYATLAR DAFTARI"

Yurtimizda yoshlarni qo 'llab quvvatlash, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida keng imkoniyatlar yaratilgan.
Bugun Asaka tumanidagi 45 nafar yoshlarga 59 mln 330 ming so'mlik yordamlar ko'rsatildi.

Facebook Instagram Telegram Youtube