ANDIJON YOSHLARI
7.78K subscribers
15.2K photos
1.76K videos
33 files
4.56K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi.

Muhokama guruhimiz: @chat_andijon_yoshlari

Murojaat uchun:
@andijon_yoshlari_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://myurls.co/and
Download Telegram
🤝 Yoshlar bandligi - muhim masala

🇺🇿 Yurtimizda yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o'qitish va kelajakda o'z o'rnini egallashiga zamin yaratish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Yoshlar daftari" tomonidan bir qator imtiyoz va imkoniyatlar berilib, yoshlar bandligi ta'minlanishiga erishilmoqda.

🤝 Andijon tumanida o'tkazilgan tadbirda ham 23 nafar ishsiz yoshga subsidiya asosida motokultivator hamda tikuv mashinalari topshirildi. Tadbirda tuman Yoshalr ishlari bo’limlari tomonda yoshlarga berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, berilgan asbob-uskunalar yordamida o'zi va oila daromadini oshirishga hissa qo'shishlari zarurligini yuzasidan tushuncha berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!

⭐️ Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash va jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyaga ega yoshlar shakllanishiga erishish maqsadida joylarda keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

⭐️ Jumladan, Baliqchi tumanida o'tkazilgan tadbirda ham yoshlarga O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi, uning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan tushunchalar berildi. Iqtidorli yoshlar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Baxtimiz qomusi - 32 yosh!

⭐️ Konstitutsiya shunchaki qonunlar majmui emas, u barcha fuqarolar uchun adolat, tenglik va insonparvarlik kafolatidir. Unda har bir inson qadr-qimmat va erkinlik huquqiga ega bo‘lishi ta’minlangan.

⭐️ Konstitutsiyaning qabul qilinishi davlat tarixidagi muhim bosqich bo‘libgina qolmay, balki inson huquqlariga g‘amxo‘rlik qilish, uning himoyasini ta’minlash naqadar muhim ekanini eslatib turuvchi dasturil amaldir.

🇺🇿 Adolat, tenglik va inson huquqlari hurmat qilinadigan jamiyatda erkin va farovon hayotimiz garovi bo’lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligi muborak bo’lsin!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O'zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Ushbu milliy ramz – davlat suverenitetining yuksak timsoli sifatida qonunda belgilangan bo‘lib, unga hurmat va sadoqat bilan qarash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.

🎼Madhiya – yuraklarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi kuchli ifoda. Unda xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi mujassam. Madhiya milliy g‘urur, ezgu maqsad va xalqimizning mustahkam birdamligini tarannum etadi.

📰Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Sizlarni ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi! Madhiyamiz ozod xalqimizning ulug‘ ovozi sifatida tinchlik va barqarorlik ramzi bo‘lib, millatlararo totuvlik va yurtimizning rivoji haqida butun dunyoga jar solishda davom etaversin!

#Madhiya_32

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Faxrimsan, iftixorimsan, madhiyam!

⭐️ Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

⭐️ Jahon bo'ylab, O'zbekiston so'zi bo'lib yangrayotgan, yuraklarga faxr va g'urur bag'ishlayotgan madhiyamiz 32 yoshda!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_nigohida

💠Yoshlarni talab yuqori kasblarga o'qitish va daromadli ish bilan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Andijonda o'quv markazlari forumi o'tkazildi

👨‍💻 Yoshlarga sifatli ta'lim berish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatishda o'quv markazlarining o'rni juda katta. Ularga ko'makchi va hamfikr bo'lish, yoshlar kelajagiga befarq bo'lmaslik bilan barobar.

"Yoshlar forumi-2024" doirasida Andijon viloyatida ham yoshlarning malakali mutaxassis bo'lib yetishishlarida yaqindan yordam berib kelayotgan o'quv markazlari forumi tashkil etildi. Unda markaz rahbarlarining taklif va tashabbuslari, faoliyatidagi mavjud muammolar muhokama qilinib, kelgusidagi samarali hamkorlik rejalari tuzildi.

@YoshlarForumi2024

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Korrupsiya - taraqqiyot to'sig'i

🟢 Korrupsiya ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdagi eng katta to'siqlardan biridir. U fuqarolar va davlat o'rtasidagi ishonchni buzadi va tashkilotlar faoliyatining samaradorligini pasaytiradi. Korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurash, balki halol, shaffof va adolatli tizimni yaratish bo'yicha keng qamrovli ishdir.

🟢Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ham yig'ilganlarga boshqarma faoliyati yaqindan tanishtirilib, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuncha berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏓 Stol tennisi musobaqalari o’tkazildi

🏆 “Yetakchi spartakiadasi"ning stol tennisi musobaqalari Andijon viloyat bosqichi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Unda musobaqalarning tuman, shahar bosqichlaridan saralangan 32 nafar yoshlar yetakchilari ishtirok etib, g'oliblar respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM