Yusuf Abdullaev
543 subscribers
39 photos
4 videos
50 links
Salomlar!
Mening ismim Yusuf Abdullayev.
Men bu yerda dasturchilik va ITga aloqali bilimlarim va tajribam bilan bo'lishaman.

📹 youtube.com/@AndroiderYusuf
Download Telegram
Bepul = befoyda.

Yaqinda bir notanish odamdan konsultatsiya olgim keldi, va unga xat yozmoqchi bo'ldim. Yozishdan oldin "Agar bepul gaplashmayman desachi, haqqini to'la desachi?" degan fikr keldi. Miyam darhol pul so'rasa gaplashmayman degan hayolga bordi va shunda o'ylab qoldim - bu odamdan oladigan maslahat menga rostdan ham kerakmi? Men bu maslahatni olib, unga amal qilmoqchimanmi (act on it), yoki shunchaki bilib qo'ygan yaxshi deb o'ylayapmanmi?

Oxirgi paytlar bepul xizmat va tadbirlardan foyda yo'q degan fikr ko'p hayolimga kelyapti. Hatto bepul muloqot ham odatda bema'no va foydasiz bo'ladi. Bir podkastda "Tavsiya bepul, maslahat pullik. Tavsiyam - ko'proq maslahat oling" degan gap eshitgandim. Albatta, buni hazil yoki kulgili gap deb qabul qilish mumkin, lekin bepul gap yoki xizmatlarning bizga bergan qiymatini o'ylab ko'rsak, unchalik ham hazil emas ekan degan xulosa keladi. Chunki biz pulini to'lab qo'ygan narsamizning qadriga yetamiz, undan iloji boricha foydalanishga harakat qilamiz va bu yo'lda o'zimizdan talab qilinadigan mehnatga erinmaymiz. Haqqi to'lanishi kerak bo'lsa, rostdan ham bizga kerak yoki yo'qligini, beradigan foydasini o'ylaymiz.

Shuning uchun biror bir bepul tadbir yoki yig'ilishga bormoqchi bo'lsangiz, unga pul to'lab borishga tayyormisiz yo'qmi o'ylab ko'ring. Agar javob yo'q bo'lsa, katta ehtimol bilan, siz undan ko'p foyda olmaysiz.
👍23🔥4👎1👌1
Record the interviews

Job Interviewlaringizni samaradorligini oshirish uchun oddiy va effektiv maslahat - ularni yozib oling.
O'ta olmagan suhbatlaringizni analiz qilib, qaysi mavzularda bilimlaringiz yetishmagani, nimalarni o'rganish kerakligini bilib olasiz. Undan tashqari, o'zingizni qanday tutishingizni chetdan turib ko'rish juda foydali.
🔥19👍43