Ofisda deep work qilish oson emas.
Bizni kompaniyamiz to'liq ofisdan ishlash rejimiga o'tdi.
Ofis esa deep work uchun noqulay, open space ko'rinishida.
Diqqatni jamlash, chalg'ituvchi ovozlarni eshitmaslik uchun noise-blocker saytlarni ishlatyotgandim.
Tez orada o'zim ham mana shunday loyiha yaratishim mumkinligini tushundim.
Ishlatib, fikr mulohazalaringizni yozing.
Deep work is no easy.
🔗https://noeasy.work.

Noeasy
Noeasy - Noises for work
Focused work is no easy. Block distraction mixing ambient noises.
🔥13❤2👍2
Fall in love with the problem, not the solution.
Bugun mana bu postni ko'rib qoldim va haqiqatan ham o'zimda shu holatni ko'p sezgan ekanman. Dasturchilar odatda yozgan kodiga mehri bo'ladi. O'z loyihalarini yaratganda esa, ana shu loyihani kodiga, implementationiga bog'lanib qoladi. Productlar dunyosida esa muammo
muhimroq. Ko'pincha birinchi yaratilgan yechim muammoni hal qilmasligi mumkin. Mana shunday holatda, qilib qo'yilgan, yaratib qo'yilgan solutionga emas, u hal qilishi kerak bo'lgan muammoga focus qilish kerak. Ishlamayotgan yechimni yaxshilashdan to'xtab, yangi yechimni ustida ishlash kerak.
Deep work qilish uchun noise blockingdan boshqa qanday yechimlar bor deb o'ylaysiz?

Linkedin
Lessons from Uri Levine on entrepreneurship and problem-solving | Alim Khamitov PhD posted on the topic | LinkedIn
Fall in love with the problem, not the solution💡
At the New Vision Forum in Almaty, I had the chance to meet someone whose principles have shaped hundreds of startups around the world - Uri Levine, serial entrepreneur, co-founder of Waze (acquired by Google…

❤4👍2
Bepul = befoyda.
Yaqinda bir notanish odamdan konsultatsiya olgim keldi, va unga xat yozmoqchi bo'ldim. Yozishdan oldin "Agar bepul gaplashmayman desachi, haqqini to'la desachi?" degan fikr keldi. Miyam darhol pul so'rasa gaplashmayman degan hayolga bordi va shunda o'ylab qoldim - bu odamdan oladigan maslahat menga rostdan ham kerakmi? Men bu maslahatni olib, unga amal qilmoqchimanmi (act on it), yoki shunchaki bilib qo'ygan yaxshi deb o'ylayapmanmi?
Oxirgi paytlar bepul xizmat va tadbirlardan foyda yo'q degan fikr ko'p hayolimga kelyapti. Hatto bepul muloqot ham odatda bema'no va foydasiz bo'ladi. Bir podkastda "Tavsiya bepul, maslahat pullik. Tavsiyam - ko'proq maslahat oling" degan gap eshitgandim. Albatta, buni hazil yoki kulgili gap deb qabul qilish mumkin, lekin bepul gap yoki xizmatlarning bizga bergan qiymatini o'ylab ko'rsak, unchalik ham hazil emas ekan degan xulosa keladi. Chunki biz pulini to'lab qo'ygan narsamizning qadriga yetamiz, undan iloji boricha foydalanishga harakat qilamiz va bu yo'lda o'zimizdan talab qilinadigan mehnatga erinmaymiz. Haqqi to'lanishi kerak bo'lsa, rostdan ham bizga kerak yoki yo'qligini, beradigan foydasini o'ylaymiz.
Shuning uchun biror bir bepul tadbir yoki yig'ilishga bormoqchi bo'lsangiz, unga pul to'lab borishga tayyormisiz yo'qmi o'ylab ko'ring. Agar javob yo'q bo'lsa, katta ehtimol bilan, siz undan ko'p foyda olmaysiz.

👍21🔥3👎1👌1