Yusuf Abdullaev
561 subscribers
38 photos
4 videos
48 links
Salomlar!
Mening ismim Yusuf Abdullayev.
Men bu yerda dasturchilik va ITga aloqali bilimlarim va tajribam bilan bo'lishaman.

📹 youtube.com/@AndroiderYusuf
Download Telegram
Channel created
Men 2017 yildan beri dasturlash bo’yicha online kurs yaratishni orzu qilardim va bir necha marta harakat ham qilib ko’rgandim (mohirdev.uz uchun prezentatsiya ham o’tkazgan edik). Kuzda, ishsiz yurgan vaqtlarimda, LinkedIn orqali menga SureSkills (Irlandiya) kompaniyasidan Android dasturlash bo’yicha online kurs yozish taklifi kelib tushdi. Ular bilan birgalikda 5 hafta davomida “Advanced Programming in Kotlin” kursi ustida ishladik va nahoyat ushbu kurs Coursera platformasiga joylandi. Bu men uchun juda zo’r tajriba bo’ldi, chunki avvallari tech kurs yaratish uchun uyda bir noutbuk va katta xohish yetarli deb hisoblardim, lekin aslida sifatli content yaratilishi uchun o’nlab odamlar birgalikda ishlashi kerak ekan. Umid qilamanki, o’zbek tilida ham ana shunday har tomonlama yuqori sifatga ega bo’lgan tech content yaratish nasib qiladi!
Kursga quyidagi link orqali o’tishingiz mumkin, free enrollment imkoniyati ham mavjud: https://gb.coursera.org/learn/advanced-programming-in-kotlin
👍11😁1🤩1
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Interviewda eng ko’p so’raladigan 25ta top java savollari:

0. Multi-threadding nima?
1. Multi-processing nima?
2. Thread vs Process?
3. Deadlock nima?
4. Encapsulation nima?
5. Inheritance nima?
6. Polymorphism nima?
7. Abstraction nima?
8. Interface vs absctract class?
9. Overloading vs Overriding?
10. Local variable vs Instance variable?
11. Immutability nima? String mutable xisoblanadimi?
12. hashCode() metodi nima uchun kerak?
13. equals() vs == ?
14. Checked vs Unchecked Exception?
15. Synchronization nima?
16. Private vs Public vs Protect vs Default Access modifier?
17. ArrayList vs LinkedList?
18. Queue vs Stack? Qaysinisi FIFO va qaysinisi LIFO?
19. Generics nima?
20. (De)serialization nima?
21. Stack memory vs Heap memory?
22. Singleton nima? Uni qanday implement qilinadi?
23. String Pool nima?
24. Garbage Collection nima?

Shularni puxta o’rgansangiz, har qanday interviewga “eshikni tepib" kirsangiz bo’ladi 😎

P.s. Hech qanday eshikni tepib kirmang 😅
👍7😁42🔥1🤩1
Ushbu savollar Android dasturchilar uchun ham juda muhim, aksar interviewlarning yarmi Java/Kotlin bo'yicha bo'ladi. Siz faqat Kotlinda yozgan taqdiringizda ham, Kotlin code kompilyatsiya vaqtida Java bytecodega o'girilishi tufayli, Java mexanizmlarini puxta bilish talab qilinadi.
12 va 13 savollarga javob quyidagi maqolalarimda berilgan:
https://androidyusuf.medium.com/java-dasturlash-tili-equals-metodi-6b4aba90e4f8
https://androidyusuf.medium.com/java-dasturlash-tili-hashcode-310af975d206
👍6
1 kunda VK/Mail.ru komandalariga intervyudan o’tib offer olish mumkinmi? Mumkin.
Endi shuni 10 marta qilsa bo’ladimi?..
😁131🤔1
Mobile developer ishlar qidirib yuradiganlar ko’p ko’rishgan bunday postlarni, VK, Tinkoff, Sber va boshqa Rossiya kompaniyalari muntazam ravishda 1-day-offer/weekend offer e’lon qilishadi.

Qizig’i, men 2021 yozda Alfa bank bilan qilingan tech intervyudan 2 soat o’tgach offer olgandim. Lekin u vaqt weekend/1-day-offer bo’ladi deb aytishmagan avvaldan. Bundan kelib chiqadiki, Rossiyadagi katta IT kompaniyalar uchun bu oddiy holat, agar kandidat intervyudan ishonchli o’tib rostdan ham senior ekanini tasdiqlasa, ular darhol offer qilishga tayyor.

Buni sababi nima deb o’ylaysiz, kuchli kadrlar kamligimi, ular uchun bo’lgan raqobat kattaligimi yoki shunchaki bunday katta kompaniyalarda loyihalar soni ko’pligimi?
Bugun $1 million dollardan ko’p investitsiya olgan https://uvu.kz loyihasi asoschisi Madiyar Toulegali bilan tanishib, startuplar haqida juda zo’r suhbat qildik.

w/ @khumoyun_codes
🔥16👍5
Remote va relocation support qiladigan Android developer vakansiyalari haqida postlar qilishimni xohlaysizmi?
Anonymous Poll
94%
Ha, vakansiyalar haqida bilishni xohlardim
6%
Yo’q, faqat tech content bo’lgani yaxshi
Hozirgina San Francisco based startup bilan meetingdan chiqdim (sahar 6:00da🥲).

- remote Android tech lead pozitsiyasi
- $6000-7000 atrofida oylik
- 2.5% equity

5 daqiqada offerni reject qildim, chunki hozir biz ajoyib bir narsa quryapmiz.
Stay tuned.
🤯29👍102👎1
Faqat mobilechilar uchun emas, hamma dasturchilar uchun qiziq deb o'ylayman.

Hozirda chet eldan ishchilar yollayotgan, visa support va relocation package beradigan 4 ta siz bilmagan kompaniya:

1. Baraka - stock trading platformasi, Dubayga relokatsiya qildirishadi. Mobile va backend vakansiyalari hozirda ochiq: https://getbaraka.com/careers

2. T-Systems Iberia - T-Mobile kompaniyasining Ispaniyadagi ofisi, butun Yevropadan remote ishlash imkoniyati bor. Siz va oilangiz Germaniyaga ko'chishi uchun yordam berishadi. Vakansiyalari ko'p, ba'zilari uchun 🇪🇸 tilini bilish kerak, ba'zilari uchun English yetarli: https://www.linkedin.com/company/tsystems-iberia/jobs/

3. Agoda - menmonxona booking qilish servisi, asosiy lokatsiya Tailand. Dasturchilar uchun vakansiyalar juda ko'p: https://careersatagoda.com/vacancies/

4. HungerStation - Saudiyada ovqat yetkazish servisi. O'tgan yili interviewlaridan o'ta olmagandim 🥲
Ofislari Dubayda joylashgan, vakansiyalar ko'p: https://www.linkedin.com/company/hungerstation-com/jobs/
🔥9👍511
Eng dasturchilarga xos eshitgan gapingiz nima?

Men uchun “Bu loyihani o’zgartirgan/to’g’rilagandan ko’ra noldan yozish osonroq”
😁29👍51