Forwarded from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
DIQQAT E'LON‼️
ANDIJON TUMANI HAMDA IZBOSKAN TUMANIDA JOYLASHGAN AYRIM MAHALLALARDA MA'LUM VAQTGA ELEKTR ENERGIYASI BO'LMAYDI
Joriy yilning 20 – yanvar kuni "Uchqo'rg'on" GES bilan "Yulduz" podstansiyasini bog'lab turuvchi tranzit L-1YU/110 kV havo tarmog'i ta'mirga chiqayotganligi sababli ushbu havo tarmog'idan elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi
Izboskan tumanining Yangibo'stonobod, Haqulobod, Lug'umbek, Rovvot, Tuyachi, Navro'zobod, Toshloq, Yangiavlod, To'raobod, Botirobod, To'rtko'l, Gudur, Yangiqishloq, Gurkirov, Yuqori chuvama, Beshterak, Toshkechik, Qorayantoq, Qo'g'ay, Guliston, Manguberdi, Kuyganyor, Navoiy, Oybek, Mirzo Ulug'bek, Damimboychek, Markaz, Bobur, Nayzabo'yi, Sarboshi, Yuqorihosil, Barhayot MFYlarida shuningdek,
Andijon tumanining Mard, Navro'z, Mustaqillik, Oq rovot, Duldur, Cho'nbog'ich, Qo'qonlik, Sultonobod, Ayrilish, Beshbo'ynoq MFYlarida kunduzgi soat 10:00 dan 15:00 gacha elektr energiyasida uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz.
"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi
Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:
• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);
• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);
• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).
👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.
👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.
👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.
👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.
👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.
Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
#yoshlaryetakchilari #qaror
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi

ЯНГИ АНДИЖОН ЛОЙИҲАСИ 8 БОСҚИЧДА АМАЛГА ОШИРИЛАДИ
Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов “Янги Андижон шаҳри”да бўлиб, амалга оширилаётган бунёдкорлик ишларини атрофлича кўздан кечирди. Бунёдкорлар ҳамда мутасаддилар билан мулоқоти давомида қурилиш жараёнини таҳлил этиб, зарур тавсия ва таклифлар берди.
Янги шаҳар лойиҳаси 8 босқичда амалга оширилади. Биринчи босқичда 3 минг 310 хонадонли 170 та кўп қаватли уй-жой, 1 минг 680 ўринли мактаб, 385 ўринли мактабгача таълим ташкилоти, 200 қатновли поликлиника қурилади. Шунингдек, ҳудудда кенг кўламли ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари олиб борилмоқда.
Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok

Андижон вилояти Балиқчи тумани Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш бўлими бошлиғи Каримжон Мирзабеков хамда бош мутахассиси Алишер Тошмирзаевлар "Дунё миқёсида иқлим ўзгариши ва инсоният, глобал исиш натижасида юзага келиши мумкин бўлган таҳдидлар" мавзусида халқаро Дания конференсиясига мақола юбориб, ушбу нуфузли танловда иштирок этиш учун махсус сертификатни қўлга киритдилар.
Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
ОЧИҚ МУСТАҚИЛ ТАНЛОВДА ИШТИРОК ЭТИНГ!
Избоскан тумани бўйича вакант лавозимлар учун очиқ мустақил танлов эълон қилинди. Жумладан:
🔸 Андижон вилояти давлат солиқ бошқармаси:
— Избоскан туман давлат солиқ инспекцияси бошлиғининг биринчи ўринбосари;
Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
Избоскан тумани бўйича вакант лавозимлар учун очиқ мустақил танлов эълон қилинди. Жумладан:
🔸 Андижон вилояти давлат солиқ бошқармаси:
— Избоскан туман давлат солиқ инспекцияси бошлиғининг биринчи ўринбосари;
Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
ЁШЛАРГА КАТТА ИШОНЧ БИЛАН ИМКОНИЯТЛАР БЕРИЛЯПТИ...
19 январь куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев «Маҳаллаларда ёшлар билан ишлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорни имзолаган эди.
Бу ёшларни қўллаб-қувватлашда муҳим дастуриламал бўлиб хизмат қилмоқда.
Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов Андижон шаҳридаги “Ёшлар маркази”да 887 маҳалладаги ёшлар етакчиси билан мулоқот ўтказди. Жараёнда вилоят раҳбари “Ёшларни қўллаб қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили” давомида вилоятдаги ёшлар билан амалга оширилган ишлар тўғрисида сўз юритди.
Шунингдек, Президент қарорининг мазмун-моҳиятини тушунтириб, жорий йилда ҳам ёшларга катта ишонч билан қаратилаётган эътибор, берилаётган имтиёз, шароит ҳамда имкониятлар хусусида атрофлича сўз юритди.
Мутасаддиларга ёшлар етакчилари фаолиятларини самарали ташкил этиш бўйича кўрсатма ва топшириқлар берди.