ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab "Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusidagi ochiq muloqot tadbiri "ANDIJON_TRK" ning "ANDIJON AXBOROTI" informatsion dasturida.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Ulug'nor tumanida Yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Ulug'nor tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Oq-tom MFYda yashovchi fuqaro O.A tomonidan 400 kv yer maydoni noqonuniy egallab olinib o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

⚡️Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etish va yer qonun buzilish holatlariga belgilangan choralar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Andijon_kadastr

Andijon viloyatida 144,0 gektar yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan inspektorlar tomonidan yer nazorati tadbirlari natijasida 2023-yilning o'tgan davri mobaynida 2 364 ta holatda 144,0 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

➡️ Batafsil: infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining barcha 16 ta tuman shaxar filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun «mahallabay», «xonadonbay» ishlari qizg‘in davom etmoqda.

📃 Bu ishlarda, Jalaquduq tuman filiallari xodimlari faollik ko‘rsatib tumandagi 60 ta mahallada ko'plab fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar. Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olinib malakali mutaxasislar tomonidan ijobiy xal etish choralari kurilmoqda.

📝 Jalaquduq tuman filialida joriy yilning 11 oyi davomida jami 429 ta murojaat kelib tushgan shundan, 180 tasi ijobiy hal etilib, 244 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 tasi esa oʼrganish jarayonida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xo'jaobod tumani filiali tomonidan "HAQIQAT" gazetasida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjat etish huquqlari va kafolatlari" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Yer qonun buzilish holati bartaraf etildi.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Do'stlik MFY hududidagi 98 kv.metr yer maydoniga fuqaro S.S tomonidan huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan edi.

⚡️Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan MJtKning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish va yer qonun buzilish holatlariga belgilangan choralar bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.

📝Yuqoridagi holatni ixtiyoriy bartaraf etish uchun belgilangan vaqt mobaynida fuqaro tomonidan noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmaganligi sababli Fuqarolik ishlari bo'yicha Bo'ston tumanlararo sudiga noqonuniy qurilmani majburiy tartibda bartaraf etish bo'yicha Davo ariza kiritildi va sudining xal qiluv qaroriga asosan hamkor tashkilitlar bilan birgalikda joyida bartaraf etililishi ta'minlandi.

Viloyatimiz bo'ylab Yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr_pasporti

🌟 Kadastr agentligining 💫 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun 2023-yilning 11 oyi davomida 62 mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan.

➡️ Batafsil: Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_kadastr #Oylik_tahlil

Ma'muriy amaliyot sohasidagi ishlar tahlili.

🌟 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi hamda hududlardagi inspektorlar tomonidan joriy yilning noyabr oyining o'zida 454 ta holat aniqlanib, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Yuqoridagi holatlar MJtKning tegishli moddalari bo'yicha tahlil qilinganda:

🟢116 ta holatda (Yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish) 60-modda 2-qismi bilan;

🟢35 ta holatda (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish) 60-modda 3-qismi bilan;

🟢1 ta holatda (Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik) 60¹-moddasi bilan;

🟢8 ta holatda (Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqish) 68-moddasi 1-qismi bilan;

🟢294 ta holatda (Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik) 68¹-moddasi bilan qo'llanilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi O'zbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya


🇺🇿 📖O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

#DavKadastrPalata #Konstitutsiyaga_31_yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida bugun boshqarma majlislar zalida “Olamni mahliyo aylagan diyor” shioiri ostida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🫥 Mazkur tadbirda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qabul qilinganligi hamda 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasining qabul qilinganligining 31-yilligi tantanasi shuningdek, 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan boshqarma mas’ul xodimlari ishtirokida nazariy bililmlar qayta esga solindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E'LON!

⭐️ Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlar tugallangunga qadar kadastr xizmatlaridan vaqtincha foydalana olmasliklarini ma'lum qilamiz.

▪️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Konistitutsiya #Qabul_qilingan_kun

🟣 Bugun davlatimiz va jamiyatimiz hayotida eng katta va alohida o‘rin olgan bayramlar qatorida erkin va obod kelajagimizning poydevorini belgilab bergan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 31 yilligini nishonlamoqdamiz.

🇺🇿 Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan hamda chuqur izlanishlar natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

📚Konstitutsiya bu – fuqarolar va davlat manfaatlari, haq-huquqlarini qonuniy himoya qiluvchi muhim hujjatdir. Yuksak faxr bilan eʼtirof etish mumkinki, davlatimizda hozirgi kunda har jabhada ro‘y berayotgan faol o‘zgarishlar zamirida konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan meʼyorlar majmui yotadi. Biz erishayotgan yutuqlarga mustaqilligimiz hamda Konstitutsiyamiz mustahkam zamin bo‘lib kelmoqda. Uni qadrlash, ulug‘lash esa barchamiz uchun ham qarz, ham farz.

🫥 Kun munosabati bilan ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟 Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmalari jamoasi Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM