#Andijon #Kadastr #milliy_yer_hisoboti
Andijonda "Yer hisobini yuritish" bo'yicha o'rganishlar o'tkazilmoqda.
🌟 Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimi A.Akbarov Andijon viloyatining Izboskan, jalaquduq, Qo'rg'ontepa va Andijon tumanlari filiallarida "Yer hisobini yuritish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
😎 Filiallarning Yer hisoboti mutaxassislarining vazifalari, "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
📊 Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisoboti"ni huquqiy hujjatlarni jamlash va tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Andijonda "Yer hisobini yuritish" bo'yicha o'rganishlar o'tkazilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr
⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni hamda O‘zbekiston - 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.
💠 Yig'ilishni Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i F.Berdiqulov olib borib O‘zbekiston-2030 strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarilishi bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.
⏺ Shuningdek yig'ilishda korrupsiyaga qarshi kurash, ijro intizomini ta'minlash va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama etildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr
🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇 koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.
🟢 Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.
🟢 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.
🟢 Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.
❗️ Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik
Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.
❗️ “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
😎 Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
🟢 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
🌏 Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.
⏺ Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Korrupsiyasiz kelajak barpo etish asosiy maqsad.
🌏 Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan.
⭐️ Kadastr agentligi hamda🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan korrupsiya illatiga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, navbatdagi tadbirlar viloyatning Andijon, Izboskan, Shaxrixon va Marhamat tumanlarida o'tkazildi.
◼️ Bunda, xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatining vazifalari, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, obod axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish va profilaktik ishlari olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Korrupsiyasiz kelajak barpo etish asosiy maqsad.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MANZILLARI.
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Paxtaobod tuman filiali.
📍 Manzil: Paxtaobod tumani, Z.Xabibiy MFY Z.Xabibiy ko'cha.
🇺🇿 Filial rahbari - Qobiljonov Iqboljon To'lqinjonovich
📞 Murojaat uchun telefon: 94-435-19-02
😎 Sizning ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash, bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash va shu kabi sohaga doir murojaatlaringizga huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.
📝 Ma'lumot uchun: Tumanda 67 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib, 204 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
🌍 Umumiy yer maydoni 25 999 gektarni tashkil etadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol
📤 Savol: Men yashab kelayotgan uyimni kadastr hujjatlarini tayyorlatayotgan edim hozir bino-inshootlardan tashqari yer uchastkasini xam davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak deyishmoqda shu to‘g‘rimi.
😄 Javob: Albatta, muayyan yer uchastkasidagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan avval shu bino-inshoot joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining 28.11.2022-yildagi O‘RQ-803-sonli Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonunning 11-moddasida - binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganiga qadar amalga oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi sababli, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avval yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etiladi.
▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
O‘zbekiston Respublikasining 28.11.2022-yildagi O‘RQ-803-sonli Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonunning 11-moddasida - binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganiga qadar amalga oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi sababli, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avval yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MANZILLARI.
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Marhamat tuman filiali.
📍 Manzil: Marhamat tumani, Ming tepa MFY O'rikzor ko'cha 2-uy.
🇺🇿 Filial rahbari - Xamraqulov Otabek Olimjonovich
📞 Murojaat uchun telefon: 90-169-34-33
😎 Sizning ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash, bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash va shu kabi sohaga doir murojaatlaringizga huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.
📝 Ma'lumot uchun: Tumanda 48 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib, 182 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
🌍 Umumiy yer maydoni 30 536 gektarni tashkil etadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, улучшения учета земли и оказания кадастровых услуг.
#Mirziyoyev #yigilish #kadastr #yerhisobi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, улучшения учета земли и оказания кадастровых услуг.
#Mirziyoyev #yigilish #kadastr #yerhisobi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Prezident #Kadastr_agentligi
Сўнгги йилларда бу соҳада катта ишлар амалга оширилди. Жумладан, топографик ўлчовлар учун Кадастр агентлиги махсус самолёт ва аэрофотокамера, 112 та дрон билан таъминланди. Соҳани рақамлаштириш учун 6 та ахборот тизими ва маълумотлар маркази ишга туширилди.
Буларнинг ҳисобига, ўтган уч йилда 96 фоиз ерларнинг электрон харитаси яратилди. 40 миллион гектар ер рўйхатга олиниб, солиқ билан боғланди. Аввал ҳисобланмаган 790 мингта янги ва 520 мингта қўшимча қурилма тизимга кирди. Булар орқали бюджетга 1,1 триллион сўмлик қўшимча манба яратилди.
Шунингдек, захирадаги 1,2 миллион гектар қишлоқ ерларига кадастр қилингани ҳисобига 675 минг аҳоли ва фермерларга 425 минг гектар ер бўлиб берилди.
🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёев 27 октябрь куни ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Шу билан бирга, соҳада ҳали қилинадиган ишлар ҳам кўп. Хусусан, 146 минг километр ички йўллар ва атрофидаги ерларнинг ҳужжати йўқ.
Сув хўжалигида ҳам шу аҳвол. Сув ҳавзалари, канал ва коллекторлар атрофидаги бўш ерларни аукцион орқали аҳоли ва тадбиркорларга бериш мумкин. Лекин бугунги кунда 827 минг гектар сув фонди ерларидан фақат 380 минг гектарининг кадастр ҳужжатлари бор.
Шу боис йўл ва сув фонди ерлари кадастрини якунлаб, улардан фойдаланишга шароит яратиш бўйича кўрсатма берилди. Бу орқали 1 миллион аҳоли бандлигини таъминлаш мумкинлиги таъкидланди.