ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.49K photos
877 videos
6 files
4.97K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Kadastr_xalq_xizmatida

Xalq xizmatida bo‘lish oliy burch.

Kadastr tizimi hodimlari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida soha xodimlari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hususan,⭐️ Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Marhamat tumani xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Ulug'nor tumani bo'limi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "ANDIJONNOMA" gazetasining 2023-yil 21-oktabr kungi sonida "Yer umummilliy boylik" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari‼️

Viloyatimizda tadbirkorlik va shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarilgan bo'sh yer uchastkalari bilan tanishib tadbirkorlikni rivojlantirishingiz mumkin.

🌍 Andijon shahrida
🌍 Xonobod shahrida
🌍 Andijon tumanida
🌍 Asaka tumanida
🌍 Buloqboshi tumanida
🌍 Baliqchi tumanida
🌍 Bo'ston tumanida
🌍 Izboskan tumanida
🌍 Jalaquduq tumanida
🌍 Marhamat tumanida
🌍Oltinko'l tumanida
🌍 Paxtaobod tumanida
🌍 Qo'rg'ontepa tumanida
🌍 Ulug'nor tumanida
🌍 Shaxrixon tumanida
🌍 Xo'jaobod tumanida

⚖️ Siz uchun qulaylik e-auksion dasturining📱mobil ilovasi

▶️ Video qo'llanma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MANZILLARI.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Ulug'nor tumani filiali.

📍Manzil: Ulug'nor tumani, Obod MFY Tinchlik ko'chasi.

🇺🇿 Filial rahbari - G'ulomov Dilshodbek Dilmurodovichi

📞 Murojaat uchun telefon: 93-427-13-31

😎 Sizning ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash, bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash va shu kabi sohaga doir murojaatlaringizga huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

📝 Ma'lumot uchun: Tumanda 24 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib, 62 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

🌍 Umumiy yer maydoni 35 670 gektarni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xususiylashtirish

🌍 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha kelib tushgan murojaatlarning 748 tasiga ijobiy xulosalar berilgan.

🕓 O‘tgan davr mobaynida, (2023-yil 24-oktabr holatiga) 1 964 ta yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

📝Murojaatlarning 748 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 1 213 tasi rad etilgan va 3 ta murojaatlar o'rganish jarayonlarida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Quruqsoy MFY hududidagi 200 kv kv.metr yer maydoni fuqaro M.U tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab olinib, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani qonunchilikda belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etish va yer qonun buzilish holatlariga belgilangan choralar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #milliy_yer_hisoboti

Andijonda "Yer hisobini yuritish" bo'yicha o'rganishlar o'tkazilmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimi A.Akbarov Andijon viloyatining Izboskan, jalaquduq, Qo'rg'ontepa va Andijon tumanlari filiallarida "Yer hisobini yuritish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

😎Filiallarning Yer hisoboti mutaxassislarining vazifalari, "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

📊 Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisoboti"ni huquqiy hujjatlarni jamlash va tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni hamda O‘zbekiston - 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

💠Yig'ilishni Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i F.Berdiqulov olib borib O‘zbekiston-2030 strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarilishi bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Shuningdek yig'ilishda korrupsiyaga qarshi kurash, ijro intizomini ta'minlash va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.

🟢Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

🟢Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.

🟢Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.

❗️Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.

❗️“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

😎Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟢Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🌏 Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.

Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM