ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#botga_kelgan_savol

📩 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarib olish tartibi qanday?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga asosan:
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📩 Auksion tartibi qanday. Men tadbirkorlik qilish maqsadida savdo do‘koni qilib foydalansam bo'ladimi auksionga qatnashish joyni o'zim topsam bo'ladimi?

JAVOB: Auksion tizimi bu shaffof, inson omili yo‘q bo‘lgan tizim. Bunda, “E-Auksion” elektron platformasida “Elektron raqamli imzo”ingiz orqali kirib auksionga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalar va bino-inshootlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz va zarur deb topgan taqdiringizda auksion savdolarida ishtirok etish huquqingiz bor.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzdirish tartibi qanday, shu haqida maʼlumot beraolasizlarmi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi VMning 05.07.2017-yildagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra yerlarni o‘zboshimcha egallab olib noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlari aniqlangan taqdirda vakolatli organ tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi.

Belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilib, majburiy tartibda bartaraf etish chorasi ko‘riladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum biz yashab kelayotgan uy-joyimizni kadastr hujjatlari yo‘q kadastr qilish uchun qarori yo‘q lekin marhum bobomning qo‘lda yozilgan vasiyatnomasi bor shu vasiyatnoma kadastr hujjatlari tayyorlash uchun asos bo‘ladimi.

Javob: Agar vasiyatnoma notarial tasdiqlangan bo‘lsa u holda vasiyatnoma bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqini oladi ammo, vasiyatnoma uy-joyga dastlabki kadastr hujjatini rasmiylashtirishga asos bo‘lmaydi.

Vasiyatnoma berilgan uy-joyga bo‘lgan huquq vasiyatnoma beruvchi shaxsning nomiga belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda vasiyatnoma asosida uy-joyga bo‘lgan huquqni vasiyatnoma oluvchi shaxsning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkun buladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Noturar binoning bir qismini turar-joy toifasiga o‘tkazmoqchi edim tartibi qanday bo‘ladi.

😄 Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022-yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan reglament asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ob’ektni bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish vakolati tegishli Qurilish (Arxitektura) bo‘limlariga berilgan.

Sizga tegishli bo‘lgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan noturar ob’ektning bir qismini turar-joy toifasiga o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali buyurtma berishingiz mumkin.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Biz yashab kelayotgan uyimizni Dadam kadastr hujjatlarini tayyorlatgan, hozir hujjatdagi qurilishlar buzilib uyni yangilaganmiz endi kadastr hujjatlariga o‘zgartirish kiritish kerakmi. Dadam olamdan o‘tganlar men murojaat qilishim mumkinmi.

😄 Javob: Albatta, muayyan yer uchastkasida avval bor bo‘lgan lekin keyinchalik uning o‘rnida yangidan qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Sizning holatingizda marhum otangiz nomida bo‘lgan hovli-joyda, eski va buzilgan imoratlar o‘rnida yangi qurilgan bino-inshootlarga yangi kadastr pasporti shakllantirilishi va shu hujjat asosida mulkiy huquqlar qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilangan.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Meni yashab kelayotgan uy-joyimni xujjatlari 6 sothga tayyorlangan lekin uyimiz orqasida zovur bor va zovurgacha ozroq yer maydoni mavjud shu joyni xam uyimni xujjatlariga qo‘shib olsam bo‘ladimi.

😄 Javob: Sizga tegishli 6 sothli uy-joyning tashqarisida joylashgan yerni xususan zovurgacha bo‘lgan maydonni kadastr hujjatlariga qo‘shib olishingizni imkoni yo‘q.

Lekin, ushbu yer maydoni zovurning himoya mintaqasiga qarashli yer maydoni bo‘lsa u holda tuman irrigatsiya bo‘limi bilan ijara shartnomasi tuzgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Bizni uyimiz otam nomida edi yaqinda notariusdan shu uy-joyni meni nomimga o‘tkazib berdi endi men o‘zim nomimga qaytadan kadastr hujjatlarini tayyorlatishim kerakmi.

😄 Javob: Agar otangizdan Sizning nomingizga o‘tgan uy-joydagi qurilishlar o‘zgarish bo‘lmasa u holda  kadastr pasportingizni tayyorlatishingiz shart emas.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Biz uyimizni kadastr xujjatlarini tayyorlagan vaqtimizda kadastr pasporti qog‘oz holatda edi hozir elektron yani karta shaklidagisi ham tayyorlanayotgan ekan biz endi qanday qilib plastik ko‘rinishidagi kadastr pasportini olishimiz mumkin. Bu holatda kadastr pasportini almashtirish majburiymi.

😄 Javob: Yo'q, qog‘oz shaklidagi va plastik karta shaklidagi kadastr pasportlari bir xil yuridik kuchga ega. Agar Siz plastik shaklidagi kadastr pasportini olishni ihtiyor etsangiz unda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari ko‘rsatish portali orqali elektron buyurtma berishingiz mumkin.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM