ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тармоқ ва ҳудудларда саноат маҳсулотлари ишлаб чиқаришни ошириш чора-тадбирлари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам увеличения производства промышленной продукции в отраслях и регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #ishlabchiqarish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sorovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma.

1.Kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
2. Hovli joyingizga qo'shimcha qurilish qildingiz, sizningcha yangi qurilishni ham kadastr qilish kerakmi?
3. Kadastr xizmatlari uchun to'lovni qayerga amalga oshirish kerak?

🎞 Yuqoridagi savollarga fuqarolar hamda 🌟Kadastr agentligi mutaxassisi tomonidan berilgan javoblarni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Andijon_kadastr

Andijonda 87,7 gektar yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan yer nazorati tadbirlari natijasida viloyatda 2023-yilning o'tgan davri mobaynida 1 103 ta holatdagi 87,7 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

➡️ Batafsil: infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Avvallari mamlakatimizda yer maydonlarini xususiylashtirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, yer uchastkalaridan foydalanish, egalik qilish huquqi, yerga nisbatan daxlsizlik huquqining buzilishi hamda yer maydonlari uchun kompensatsiya to‘lovlarining to‘lab berilmasligi singari holatlar fuqarolarning ko‘plab noroziliklariga sabab bo‘lar edi.

➡️Batafsil: Uza maqolasida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Biz yashab kelayotgan uyimizni Dadam kadastr hujjatlarini tayyorlatgan, hozir hujjatdagi qurilishlar buzilib uyni yangilaganmiz endi kadastr hujjatlariga o‘zgartirish kiritish kerakmi. Dadam olamdan o‘tganlar men murojaat qilishim mumkinmi.

😄 Javob: Albatta, muayyan yer uchastkasida avval bor bo‘lgan lekin keyinchalik uning o‘rnida yangidan qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Sizning holatingizda marhum otangiz nomida bo‘lgan hovli-joyda, eski va buzilgan imoratlar o‘rnida yangi qurilgan bino-inshootlarga yangi kadastr pasporti shakllantirilishi va shu hujjat asosida mulkiy huquqlar qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilangan.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyagaqarshikurashish #Andijon

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘yicha bosh mutaxassis A.Mamadjonov ishtirokida boshqarmaning Bo‘ston va Ulug‘nor tumani filiali xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

😎Uchrashuvda, bosh mutaxassis tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, tartib intizom, odob axloq normalariga amal qilish masalalari shuningdek manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

📄Bundan tashqari joriy yilning 8-avgust kuni imzolangan “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi 860-sonli qonunning mazmun mohiyatini to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr_pasporti

⭐️ Kadastr agentligining🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun 2023-yilning 8 oyi davomida 44 mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan.

➡️ Batafsil: Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi

📃 Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

◼️«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

▫️ barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

▫️ aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

▫️ aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

▫️ xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

▫️ mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Meni yashab kelayotgan uy-joyimni xujjatlari 6 sothga tayyorlangan lekin uyimiz orqasida zovur bor va zovurgacha ozroq yer maydoni mavjud shu joyni xam uyimni xujjatlariga qo‘shib olsam bo‘ladimi.

😄 Javob: Sizga tegishli 6 sothli uy-joyning tashqarisida joylashgan yerni xususan zovurgacha bo‘lgan maydonni kadastr hujjatlariga qo‘shib olishingizni imkoni yo‘q.

Lekin, ushbu yer maydoni zovurning himoya mintaqasiga qarashli yer maydoni bo‘lsa u holda tuman irrigatsiya bo‘limi bilan ijara shartnomasi tuzgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani Bo'ston MFY A373 yo'nalishida qurilgan avtomoyka masalasida berilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O'rganishda Shaxrixon tumani, Bo'ston mahalla fuqarolari yig'ini hududidan o'tuvchi Toshkent O'sh (A373) avtomagistral yo'lining ximoya mintaqasiga tumanning Navbaxor MFY xududida yashovchi fuqaro O.A. tomonidan 100 kv.metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab avtomo'yka kurib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi Shahrixon tuman bo'limi tomonidan belgilangan hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro tomonidan noqonuniy qurililgan bino inshootlarni o‘z ixtiyori bilan bartaraf etishi bo‘yicha tushuntirish hamda yozma ko‘rsatma berildi.

O‘z o‘rnida fuqaro tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino inshootlar ixtiyoriy bartaraf etmagan taqdirda, majburiy bartaraf etish bo‘yicha sud organlariga davo arizasi kiritilishi ma'lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM