ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#kadastr #infografika

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 16-fevral kunidagi PQ-57-son Qaroriga asosan;

🟢 Endilikda aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr uchun subsidiya beriladi.

⚡️Batafsil infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xotin_qizlar #seminar

🔹Xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshirish yuzasidan davra suhbati o'tkazildi 🔹

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Oila va xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida ayollarni bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolari va mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor va shart-sharoitlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti mas'ul xodimi S.Xamdamova tomonidan bir qator imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib o'tdi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi G'.Odilov tomonidan tizimda ayollarni o'rni yuqoriligi va jamiyatimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda, “Oilaning tinch totuvligi mehnat samaradorligi garovi” ekanligi tushuntirilib har-xil diniy oqimlarga aralashib qolmasliglari, halol va vijdonan korrupsiya illatiga aralashmasdan xizmat qilish har birimizning burchimiz ekanligi haqida aytib o'tdi. Shundan so'ng, tizimda faoliyat olib borayotgan ayollarning muammolari va takliflar tinglandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum hurmatli kadastr xodimlari. Sizlarga savolim bor edi. Fuqaro nomidagi noturar bino-inshoat va yerni fuqaro nomiga turarga o‘zgartishtirish mumkinmi tartibi qanday.
Misol uchun 20 sotix noturarni.

Javob: Bu bo‘yicha Vazirlar mahkamasining 20.04.2022-yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari asosida hududiy qurilish bo‘limlarining xulosalari asosida turar-joy obyektini noturar-joyga yoki aksincha toifaga o‘tkazish mumkin.

Bunda bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilayotgan obyekt foydalanishida bo‘lgan yer maydoniga bo‘lgan huquq ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида янги уй-жой қурилиши ва 2023 йилги ипотека дастури бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам строительства нового жилья и приоритетам ипотечной программы на 2023 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan taxrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda keltirilgan yer maydoni Shahrixon tumani Abdubiy massivida joylashgan bo‘lib, video murojaatdagi fuqaro tomonidan takidlangan yer maydoni jami 0,95 gektarni tashkil etadi.

O‘rganishda yuqoridagi yer maydonining 0,70 gektari Shahrixon tumani hokimining 2021-yil 27-mart kungi 140-q sonli qaroriga asosan fuqaro Yu.Nga parrandachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatish uchun uzoq muddatli ijarada foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan. Fuqaro Yu.n “Shahrixon oltin qanotlari” nomli fermer xo‘jaligi tashkil etib belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda parrandachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi maqomi ostida faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi aniqlandi. Hozirda mazkur yer maydonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari ekib foydalanib kelmoqda.

Qolgan 0,25 gektar yer maydon va shu maydon ichida joylashgan bino-inshoatlarga Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ibragimov Baxtiyor Abduvaxobovich tomonidan 2020-yil 20-oktabr kungi reyestr 202001968002528-sonli raqam bilan qayd qilingan noturar joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan fuqaro R.Ldan Yu.N sotib olganligi va ushbu yer va bino-inshoatlar o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bundan tashqari, mazkur video murojaatda ko‘rsatilgan turar-joy bino inshootlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018-yildagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 461-sonli qarori talablari asosida Shahrixon tumani hokimining 12.04.2019 yildagi “Shahrixon tumani Abdubiy MFY Abdubiy ko‘chasida joylashgan fuqaro S.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 598-q-sonli qarori asosida egalik huquqi tiklanib, bu uy-joy ham tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat #Andijon

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda yer nazotari sohasida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan chorlar bo'yicha ma'lumot.

📃 Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Prokratura #Yer_nazorati

Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

Bugan ⭐️Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Berdikulov hamda 🇺🇿viloyat prokuraturasi masʼul xodimi A.Shokirovlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda viloyatda yer nazorati sohasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tahlili hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevral kungi "Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi 73-sonli qarori ijrosini taʼminlash shuningdek, Ipakchilik maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlarida nazorat tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum. Oddiy quruq yerni ya‘ni chekni ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish keremi yoki avval kadastr hujjatini tayyorlab, keyin o‘tkazish kerakmi.

Javob: Fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yoki boshqa maqsadlarda vakolatli davlat organlarning hujjatlar asosida ajratib berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar albatta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Bunda, mazkur yer maydoniga huquq belgilovchi hujjatni va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari markazi orqali “Yer kadastr pasporti”ni shakllantirish uchun elektron buyurtma berishingiz kerak bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #kadastr

Sanoat zonalaridan ajratilgan yer maydonlarida belgilangan maqsadlarda foydalanish yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Joriy yilning 6-aprel kuni 🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi mas'ullari hamda 🇺🇿 Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Andijon tumani "Hakan" sanoat hududida faoliyat yuritib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlarning o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini o‘z vaqtida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari hamda ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli foydalangan holda yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari  bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 🇺🇿 Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyat boshqarmasi masʼullari tomonidan tadbirkorlarni faoliyat yo'nalishlari bo‘yicha texnik shartlarga amal qilish va ekologik meʼyor talablariga rioya qilishi hamda atrof-muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan xumdonlari faoliyatini to‘xtatish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram   📸Instagram 💬Facebook      📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM