ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
864 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🟪 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 8-17 - noyabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 20 885 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi

🏢 “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–425-son, 17.11.2022 y.) qabul qilindi.

📈 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.

▫️2023-yil 1-yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.

Batafsil➡️ https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12736

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
ijtimoiy tarmoqlarda "Mana bu qurilma qonuniymi" sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Murojaatda keltirilgan manzil Andijon shahar hamda Andijon tumani chegarasida joylashgan bo‘lib yuqoridagi bino xech qanday hujjatlarsiz fuqaro G‘.M tomonidan (Shu yerda qurililayotgan ko‘p qavatli uylarda ishlayotgan ishchilar foydalanishi uchun) qurilganligi aniqlandi.

Hududiy jihatdan aniqlik kiritish va belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun joyida o‘rganilganda mazkur yer maydoni hozirda Andijon tuman hududi ekanligi va noqonuniy hojatxona bino-inshootlari qurib olganligi uchun Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi tomonidan fuqaro G'.Mga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 60-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishlarni o‘z hisobidan bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.

O‘z navbatida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy tarzda qurib olgan bino-inshootlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z hisobidan bartaraf etmagan taqdirda vakolat doirasida majburiy tartibda buzdirish bo‘yicha Andijon tumanlararo fuqarolik sudiga davo arizasi kiritilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Ma_rifiy_soat

Barcha tahdidlarga qarshi faqatgina ilmu maʼrifat bilan kurasha olamiz.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari o‘rtasida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida amaliy-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi katta mutaxassisi B.Abbasova hamda Targ‘ibot guruh rahbari M.Qodirovalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida tizimdagi barcha xodimlar o‘rtasida diniy-maʼrifiy, ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid qiluvchi omillarni o‘rganish, tahlil qilish va oldini olish choralarini ko‘rish, barcha xodimlarni oila va yaqin qarindoshlari o‘rtasida ham ommaviy madaniyat taʼsiriga immunitet hosil qilish, yod g‘oyalar taʼsiriga tushib qolish hamda ularni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi aytib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HarBirBolaUchun #kadastr #dron_shou

🟢20-noyabr #JahonBolalarKuni O‘zbekiston “Dunyoni moviy rangga bo‘yang” jahon miqyosidagi aksiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shu munosabat bilan 👍Kadastr agentligi Geoinnovatsiya markazi tomonidan 🛰 dronlar-shousi tashkil etildi.

@unicefuzbekistan @zaminfoundation

🇺🇳🇺🇿🇺🇳🇺🇿🇺🇳🇺🇿🇺🇳🇺🇿🇺🇳🇺🇿🇺🇳🇺🇿

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv #Turkiya

🟢 Ayni damda, 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi va 🇹🇷 Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi bayonida ko‘zda tutilgan hamkorlik doirasida 🇹🇷 Turkiya Respublikasi Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh direktorati hamda 👍 Kadastr agentligi o‘rtasida yer-mulk kadastr qaydlari, xaritachilik tizimining zamonaviylashishi borasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Andijon viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Andijon viloyati — 4,30 ming kv,km
2 ta
-Shahar va 14ta - tumandan iborat.

1. Oltinko‘l tumani - 0,22 ming kv,km.
2. Andijon tumani - 0,37 ming kv,km.
3. Asaka tumani - 0,28 ming kv,km.
4. Baliqchi tumani - 0,34 ming kv,km.
5. Bo‘ston tumani - 0,20 ming kv,km.
6. Buloqboshi tumani - 0,19 ming kv,km.
7. Jalaquduq tumani - 0,37 ming kv,km.
8. Izboskan tumani - 0,28 ming kv,km.
9. Qo‘rg‘ontepa tumani - 0,46 ming kv,km.
10. Marhamat tumani - 0,31 ming kv,km.
11. Paxtaobod tumani - 0,26 ming kv,km.
12. Ulug‘nor tumani - 0,36 ming kv,km.
13. Xo‘jaobod tumani - 0,23 ming kv,km.
14. Shaxrixon tumani - 0,33 ming kv,km.
15. Andijon shahar - 0,07 ming kv,km.
16. Xonobod shahar - 0,04 ming kv,km.