#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilinadi
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 24.08.2022 y.) qabul qilindi
🔰Farmon bilan quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022 yil 1-sentabrdan bekor qilinadi:
🔘 yerga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda:
▫️yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga bo‘lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;
▫️yerdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza huquqni bekor qilish uchun asos bo‘ladi);
▫️yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga bo‘lgan huquqlarini bekor qilish;
▫️yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa ko‘chmas mulkini berish, bunda ko‘p kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkin;
🔘 turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda:
▫️turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;
▫️sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish.
🗓 2023-yil 1-yanvardan Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va unga oid maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi.

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–405-son, 20.10.2022 y.)
🔰 Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan:
🔹 Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
🔹 hududiy boshqarma va bo‘limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi;
🔹 hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.
🗓 2023 yil 1 iyulgacha Kadastr agentligi organlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali elektron ko‘rib chiqish imkoni yaratiladi.
☑️ Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
▫️Kadastr agentligi markaziy apparatida – Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
▫️Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida – chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi;
▫️Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida – Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
▫️“Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida – qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, doktorantura faoliyati, Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi.
🏢 Yangi o‘zlashtirilgan yerlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga muvofiq viloyat hokimlari qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiritiladi.
✅ Shuningdek qaror bilan 2023–2026 yillarda Kadastr agentligi faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari va uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi.
📝 Unga ko‘ra agentlik 25 169 (ming gektar) yer uchastkalarini o‘lchab ularning elektron xaritalarini yaratadi.