ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.42K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

⚜️ Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

⚜️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Batafsil▶️https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12572

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Forwarded from ANDIJON KADASTR
📣 DIQQAT EʼLON!

Hurmatli bosma va elektron OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faoli va blogerlar!

🏢
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorlikda matbuot anjumani o‘tkazmoqda.

🔰 Mavzu: Boshqarmalar tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, veb-saytlar adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari taklif etiladi.

✍️ Maʼlumot uchun: +99897 236 90 10, +99899 399 76 70

🕰 Boshlanish vaqti:
2022-yil 20-oktabr kuni 12:00

Manzil: Andijon shaxar A.Temurshox ko‘cha 7-uy. (Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi binosi)

Mo‘ljal: Korzinka.uz supermarketi oldidа

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
ANDIJON KADASTR
📣 DIQQAT EʼLON! Hurmatli bosma va elektron OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faoli va blogerlar! 🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorlikda matbuot…
Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi hamda davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

Joriy yilning oʼtgan 9 oyi mobaynida viloyatda jami
832 ta holatda 82,5 ga yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

Yerqonunbuzilish holatlari yer turlari boʼyicha tahlil etilganida:

Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarda 437 ta holatda 70,3 gektar,

Aholi punktlari yerlarida 278 ta holatda 7,0 gektar;

Sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlarida 17 ta holatda 0,59 gektar;

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 5 ta holatda 0,1 gektar;

Oʼrmon fondi yerlarida 1 ta holatda 0,4 gektar;

Suv fondi yerlarida 30 ta holatda 1,77 gektar;

Zaxira yerlarda 64 ta holatda 2,4 gektarni tashkil etdi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i
Fayoziddin Berdiqulov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

Аniqlangan yerqonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar koʼrish maqsadida barcha 832 ta yerqonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan yozma koʼrsatmalar yuborildi.

Natijada 538 ta yoki 64,7 foiz (44,4 gektar) noqonuniy qurilmalar ixtiyori bilan bartaraf etildi.

Noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzdirish maqsadida Fuqarolik ishlari boʼyicha Sudlarga 237 ta yoki
jami yerqonunbuzulishini (29,2 gektar)ga daʼvo arizalar kiritildi.

173 ta yoki (22,85 gektar) holatda aniqlangan
yerqonunbuzilish holatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʼlganligi sababli huquqiy baho berish uchun Qoʼshma tartib asosida hujjatlar hududiy prokuratura organlariga taqdim etildi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i
Sanjarbek Shokarimov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

2022 yilning 9 oyi davomida yer qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼygan jami 3 822 nafar fuqarolarga maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisida bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Аniqlangan yuqoridagi huquqbuzarliklarining 2 730 nafariga
7 mlrd. 103 mln. 110 ming soʼm miqdorida jarimalar qoʼllanildi.

Hisobot kuniga qadar qoʼllanilgan ushbu jarimalarning
3 mlrd. 481 mln. 749 ming soʼm yoki 67,8 foizi undirilishi taʼminlandi.

507 nafar huquqbuzarlarga qoʼllanilgan 1 mld. 329 mln.
373 ming soʼm
miqdoridagi muddati oʼtgan jarimalarni majburiy tartibda undirish boʼyicha MIBning xududiy boʼlimlariga yuborildi. Natijada 148 ta yoki 29,2 foiz holatda 298 mln. 917 ming soʼmdan ziyod jarimalar undirilishi taʼminlandi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i
Fayoziddin Berdiqulov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#21oktabr_Davlat_tili_bayrami #Onat_tilim_faxrim

"Tilga e'tibor - elga e'tibor!"

Til millatning o'zligini ifodalovchi, uning boshqa xalqlardan farqli ekanligini bildiruvchi muqaddas tushuncha hisoblanadi. Shuningdek, u insonning Vatanga muhabbatini baholashda mezon ham bo'la oladi.

21- oktabr – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida Andijon davlat universiteti katta o'qituvchisi ishtirokida tadbir o'tkazildi.

Dastlab, O'zbek tili hamda uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tizimda mehnat qiluvchi xodimlarga davlat tilida ish yuritish tartib-taomillari haqida ma'lumot berildi. Bundan tashqari, qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir so'nggida boshqarma boshlig'i F.Berdikulov mehmonni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan 35 ming 374 ta koʼchmas mulk obʼektlariga kadastr pasportlari shakllantirildi va 34 mingdan ziyod koʼchmas mulk obʼektlari boʼyicha vujudga kelgan mulkiy huquqlari Davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi taʼminlandi

Shuningdek, yuridik va jismmoniy shaxslarga tegishli boʼlgan koʼchmas mulk obektlari toʼgʼrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida oʼtkazilgan xatlov natijalariga koʼra 2022-yil 1-yanvar holatiga 687 ming 711 ta obyektlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashgan “Koʼchmas mulk-3” dasturiga kiritilgan edi. Joriy yilning 1-sentabr holatiga ilgari maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan 14 ming 291 ta obyekt aniqlanib jami 702 ming ta koʼchmas mulk obʼektlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar Koʼchmas mulk 3 dasturiga kiritilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Forwarded from Andijon | Kun.uz
Andijonda 9 oy davomida 82,5 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari hisobotiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Qayd etilishicha, ortda qolgan 9 oy davomida 832 ta holatda 82,5 ga yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

Yer qonunbuzilish holatlarining eng ko‘pi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda sodir etilgan bo‘lib, 437 tani tashkil etgan.

➡️ Andijon xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21oktabr_Davlat_tili_bayrami #onatilimfaxrim

"O‘z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir"

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir.

Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg‘ariyning: "Erdam boshi tildur", yaʼni "Barcha ezguliklar tildan boshlanur", degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzod qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.

Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok