ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat-e'lon🔊

DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING
MATBUOT ANJUMANI

🗓 Bugun, 27-iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari".

💠 Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi raisi va mutasaddilari

💠 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Matbuot_anjumani #Andijon

Joriy yilning oʼtgan 9 oyi mobaynida viloyatda jami
832 ta holatda 82,5 ga yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

Yerqonunbuzilish holatlari yer turlari boʼyicha tahlil etilganida:

Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarda 437 ta holatda 70,3 gektar,

Aholi punktlari yerlarida 278 ta holatda 7,0 gektar;

Sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlarida 17 ta holatda 0,59 gektar;

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 5 ta holatda 0,1 gektar;

Oʼrmon fondi yerlarida 1 ta holatda 0,4 gektar;

Suv fondi yerlarida 30 ta holatda 1,77 gektar;

Zaxira yerlarda 64 ta holatda 2,4 gektarni tashkil etdi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i
Fayoziddin Berdiqulov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

Аniqlangan yerqonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar koʼrish maqsadida barcha 832 ta yerqonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan yozma koʼrsatmalar yuborildi.

Natijada 538 ta yoki 64,7 foiz (44,4 gektar) noqonuniy qurilmalar ixtiyori bilan bartaraf etildi.

Noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzdirish maqsadida Fuqarolik ishlari boʼyicha Sudlarga 237 ta yoki
jami yerqonunbuzulishini (29,2 gektar)ga daʼvo arizalar kiritildi.

173 ta yoki (22,85 gektar) holatda aniqlangan
yerqonunbuzilish holatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʼlganligi sababli huquqiy baho berish uchun Qoʼshma tartib asosida hujjatlar hududiy prokuratura organlariga taqdim etildi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i
Sanjarbek Shokarimov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

2022 yilning 9 oyi davomida yer qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼygan jami 3 822 nafar fuqarolarga maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisida bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Аniqlangan yuqoridagi huquqbuzarliklarining 2 730 nafariga
7 mlrd. 103 mln. 110 ming soʼm miqdorida jarimalar qoʼllanildi.

Hisobot kuniga qadar qoʼllanilgan ushbu jarimalarning
3 mlrd. 481 mln. 749 ming soʼm yoki 67,8 foizi undirilishi taʼminlandi.

507 nafar huquqbuzarlarga qoʼllanilgan 1 mld. 329 mln.
373 ming soʼm
miqdoridagi muddati oʼtgan jarimalarni majburiy tartibda undirish boʼyicha MIBning xududiy boʼlimlariga yuborildi. Natijada 148 ta yoki 29,2 foiz holatda 298 mln. 917 ming soʼmdan ziyod jarimalar undirilishi taʼminlandi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i
Fayoziddin Berdiqulov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok