ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#1oktabr #Ustoz_murabbiylar_kuni

Muallim aslida faqat yoshlarga ta’lim beruvchi zot emas, millat tarbiyachisi hamdir.

🔹 Har bir sohaning o‘z ustunlari, o‘zining tajribali mutaxassislari bo‘ladi. Kadastr tizimida ham bunday ustunlar talaygina. Faxriylarimiz o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari va tizim rivojidagi ulkan hissalari bilan yosh xodimlarga namuna bo‘lib kelishmoqda.

🔹 Bugun, «1-oktabr—Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalarida uzoq yillar davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda ko‘p yillik samarali faoliyati, fidokorona mehnatlari va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan tizimdagi yosh xodimlarning murabbiyiga aylangan faxriy kadastrchilar e’tirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#1oktabr #Ustoz_murabbiylar_kuni

Aziz ustozlar bayramingiz muborak bo'lsin.

Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi, muallim degan so‘zlarni eshitganimizda yoshimiz, kasbu korimizdan qat’i nazar, ko‘nglimizdan iliq fikrlaru yorqin xotiralar o‘tadi. Ayniqsa, qo‘limizga ilk bor qalam tutqazib, harf tanitgan, bizni ilm olamiga yetaklagan birinchi ustozimiz umr bo‘yi yodimizda muhrlanib qoladi. Qadrdon maktabimiz, o‘quvchilik yillarimiz, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o‘rgatgan mehribon o‘qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, qalblarni ilm nuri bilan munavvar etadigan, barchamizni kamolot manzillari sari boshlagan, bilimning yuksak cho‘qqilari sari yetaklagan ustoz va murabbiylarimiz oldida hamisha qarzdor his qilamiz o‘zimizni. Muallim aslida faqat yoshlarga ta’lim beruvchi zot emas, millat tarbiyachisi hamdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Andijon viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Andijon viloyati — 4,30 ming kv,km
2 ta
-Shahar va 14ta - tumandan iborat.

1. Oltinko‘l tumani - 0,22 ming kv,km.
2. Andijon tumani - 0,37 ming kv,km.
3. Asaka tumani - 0,28 ming kv,km.
4. Baliqchi tumani - 0,34 ming kv,km.
5. Bo‘ston tumani - 0,20 ming kv,km.
6. Buloqboshi tumani - 0,19 ming kv,km.
7. Jalaquduq tumani - 0,37 ming kv,km.
8. Izboskan tumani - 0,28 ming kv,km.
9. Qo‘rg‘ontepa tumani - 0,46 ming kv,km.
10. Marhamat tumani - 0,31 ming kv,km.
11. Paxtaobod tumani - 0,26 ming kv,km.
12. Ulug‘nor tumani - 0,36 ming kv,km.
13. Xo‘jaobod tumani - 0,23 ming kv,km.
14. Shaxrixon tumani - 0,33 ming kv,km.
15. Andijon shahar - 0,07 ming kv,km.
16. Xonobod shahar - 0,04 ming kv,km.

Qolgan viloyatlar hududlar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.
#OAV_biz_haqimizda #DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Yunusov Abdulaziz Abdugaparovich hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari tinglandi.

Mazkur lavha shu haqida.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon_kadastr #Murojaatlar_tahlili

O'tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 184 taga kamaygan.

📨 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasiga 2022-yilning o'tgan davri mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasi orqali jami 511 ta murojaatlar kelib tushgan.

Boshqarmaning tegishli mutasaddi rahbarlari tomonidan joylarda o'tkazilgan sayyor qabullar va ochiq muloqotlar hisobiga o'tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 184 taga kamaygan (2021-yil 1-oktabr holatiga 695 ta murojaat kelib tushgan).

📊 Yuqoridagi infografikada murojaatlarning ijrosi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Auksion #Andijon #DavKadastrPalata

Andijon viloyatida auksion savdolariga chiqarish uchun 4 679 ta bo'sh yer uchastkalari aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi
Andijon viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallaridagi mutaxassislari Qurilish bo'limlari bilan hamkorlikda joriy yilning 05-oktabr holatiga 4 679 ta bo'sh yer uchastkalari aniqlandi hamda 2 225 ta bo'sh yer maydonlari tadbirkorlarga sotish uchun auksion savdolariga chiqarildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#rasmiy_munosabat

Ижтимоий тармоқларда “Ассалом алайкум, биз Андижон шаҳар Жумабозор МФЙ Сой кўчасидан мурожаат қиляпмиз Шу маҳаллада яшовчи Хусанбой исмли фуқаро “Корикургон” жомеъ масжиди рўпарасидаги кириш йўлни тўсиб, ёнғин хавфсизлиги қоидаларига амал қилмай, ноқонуний равишда ўзбошимчалик билан новвойхона қурябди” сарлавҳаси остида тарқалган мурожаат юзасидан қуйидагиларни маълум қилади.

Ўрганилганда Андижон шаҳар Сой кўчаси 125-уйда яшовчи фуқаро Рустамов Хусанбой ўзбошимчалик билан Жумабозор МФЙ Сой кўчаси бўйида бино иншоотлар қуриб 21,0 кв.метр ер майдони эгаллаб олиб, новвойхонага мослаб бино қуриб олгани маълум бўлди.

Мазкур ҳолат бўйича Кадастр агентлиги Андижон шаҳар бўлими томонидан ўзбошимчалик билан қурилган бино иншоотларга нисбатан фуқарога Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 5 июлдаги 467-сон қарори билан тасдиқланган Низом талаблари тушунтирилиб, 30 сентябрь куни ноқонуний қурилишни ўз ҳисобидан бартараф қилиш бўйича ёзма кўрсатма берилди.

Ўз навбатида фуқаро ўзбошимчалик билан қурилган бино-иншоотларни ўз ҳисобидан бартараф этмаган тақдирда қонунда белгиланган тартибда ўзбошимчалик билан қурилган иморатларни мажбурий тартибда буздириш юзасидан суд органларига даъво ариза киритилиши таъминланади.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#rasmiy_munosabat

Кадастр Агентлиги Андижон вилояти бошқармаси ижтимоий тармоқларда “Андижон шаҳри Бўстон даҳасидаги 6-мактабга етмасдан Adaham somsa сомсахона устидан шикоят келиб тушди” сарлавҳаси остида тарқалган мақола юзасидан қуйидагиларни маълум қилади.

Ўрганишда Андижон шаҳар Бўстон МФЙ У.Юсупов кўчаси 50-уйда яшовчи Фуқаро Насриддинов Муроджон ўзбошимчалик билан Бўстон МФЙ У.Юсупов кўчаси бўйида пиёдалар йўлакчаси ҳамда аҳоли уйлари оралиғидаги бўш майдонга енгил конструкцияли иншоотлар ҳамда вақтинчалик овқатланиш соябонли (беседка) ўриндиқлар қўйиб 60,0 кв.метр ер майдонини эгаллаб фойдаланиб келаётганлиги маълум бўлди.

Ҳолат юзасидан пиёдалар йўлакчасида ҳаракатланувчи йўловчиларга ноқулайликлар юзага келтирмаслик тўғрисида тегишли тушунчалар берилди ҳамда бошқарманинг Андижон шаҳар бўлими томонидан ўзбошимчалик билан қурилган енгил конструкцияли иншоотлар ҳамда вақтинчалик овқатланиш соябонли (бесетка) ўриндиқларга нисбатан фуқарога Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 5 июлдаги 467-сон қарори билан тасдиқланган Низом талаблари бўйича тушунтириш ишлари олиб борилди ва 2022 йил 30 сентябрь куни ўзбошимчалик билан эгаллаб олган ер майдонини ўз ҳисобидан бартараф этиш бўйича ёзма кўрсатма берилди.

Ўз навбатида фуқаро томонидан қонунда белгиланган муддатларда қонунбузилиш ҳолати ихтиёрий бартараф этилмаган тақдирда бўлим томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олган ер майдонини мажбурий тартибда бартараф этиш бўйича суд органларига даъво ариза киритилиши таъминланади.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#huquqiy_savodxonlik

Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir!

⚜️ Kadastr organlari tomonidan aholi oʼrtasida huquqiy savodxonlikni oshirsh hamda sohada korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

💠 Jumladan, bugun Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi А.Mamadjanov va bosh yuristkonsult U.Xozirdinovlar ishtirokida Аndijon shahrining Bekguzar MFY raisi, mahalla faollari hamda profilaktika inspektori hamkorligida targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.

💠 Tadbir davomida soha vakillari tomonidan kadastr hujjati tayyorlash, tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini olish va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi shuningdek, kadastr xodimlari tomonidan ta'magirlik, korrupsion holatlarga guvoh boʼlgan taqdirda boshqarmaning koplaens-nazorat boʼlimlariga murojaat qilishlari toʼgʼrisida tushunchalar berildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok