ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.54K photos
882 videos
6 files
5K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#sayohat #Buhara

Andijon viloyati kadastr xodimlari Xorazm viloyatidagi sayohatni yakunlab, kunning ikkinchi yarmida Buhoro viloyatiga yetib keldi. Dastlabki manzil buyuk alloma Bahovuddin Naqishbandi ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi. Sayohat ikki kun davom etadi. Bizlarni kuzatishda davom eting.

@andijonkadastr
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida joriy yilning o'tgan davri mobaynida 789 ta holatda 78,9 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani ma'lum bo'ldi.

O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlil qilinganda:

💠 67,2 gektari
, Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar;

💠 6,6 gektari, Aholi punkti yerlari;

💠 0,6 gektari, Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar;

💠 0,4 gektari, O'rmon fondi yerlari;

💠 1,7 gektari, Suv fondi yerlari;

💠 2,4 gektari, Zaxira yerlariga to'g'ri kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Bilasizmi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik ma'muriy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 68 prim 1-moddasiga asosan;
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni Davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʼn) baravari,

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 (oʼn besh) baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Andijonda ro'yxatdan o'tkazish sohasida 16 mlrd. 765 mln so'mlik ishlar bajarildi.

🔰Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o'tgan 8 оyi davomida ko‘chmas mulkni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 47 127 ta ya'ni 16 mlrd. 765 mln so'mlik ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish turlari bo'yicha tahlil qilinganda.

Jismoniy shaxslarga tegishli ko'chmas mulklar 40 338 ta;

💠 Turar-joylar 25 505 ta;
💠 Kvartiralar 6 083 ta;
💠 Turar-joy uchun berilgan yer uchastkalari 3 183 ta;
💠 Noturar-joy ko'chmas mulk obyektlari 4 864 ta;
💠 Noturar-joy uchun berilgan yer uchastkalari 703 ta;

Yuridik shaxslarga tegishli ko'chmas mulklar 6 789 ta;

💠 Yakka tartibdagi turar-joylar 198 ta;
💠 Noturar-joy ko'chmas mulk obyektlari 1 347 ta;
💠 Noturar-joy uchun berilgan yer uchastkalari 5 244 ta;

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomalar 2 473 ta:

💠 Bino va inshootlar 2 473 ta;

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksni 68 prim 1-moddasiga asosan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik ma'muriy javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.

Ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi,

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari.

Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalarining Komplaens-nazorat (Ichki nazorat) xizmatlariga murojaat qilishingiz so'raladi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'olibsher Odilov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99897 999-38-86

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Anvarjon Mamadjanov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99890 529-70-01

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish

⚜️ Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi, 68-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#ma_naviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

💠 Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari va tuman, shahar хodimlari ishtirokida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Andijon viloyatida 789 ta holatda 78,9 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani ma'lum bo'ldi.

Batafsil; Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #korrupsiyagaqarshikurash

Бугун Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси комплаенс-назорат хизмати бош мутахассиси Ғ.Одилов ҳамда Давлат кадастрлари палатаси вилояти бошқармаси комплаенс-назорат хизмати бош мутахассиси А.Мамаджановлар томонидан Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Андижон шаҳар бўлимида тарғибот-ташвиқот ишлари олиб борилди.

Бунда, бўлим ходимларга комплаенс-назорат хизматини вазифалари, коррупция, манфаатлар тўқнашуви, порахўрлик ва фирибгарлик жиноятлари ҳақида тушунтиришлар берилди. Шу билан бирга ички тартиб, обод ахлоқ қоидаларига амал қилиш, муомала маданияти бўйича тушунтириш, профилактик ишлари олиб борилди.

Шунингдек хизмат хонасида турли ортиқча буюмлар сақламаслик ҳамда кадастр муҳандисларининг иш фаолиятида коррупцион ҳолатларга йўл қўймаслиглари учун тегишли кўрсатмалар бериш мақсад қилинган.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Kelajakka yo‘l🔹

💠 Kadastr sohasida olib borilayotgan islohotlarga yurtdoshlarimiz qanday munosabat bildirmoqdalar? Sohaga islohotlar qanday joriy qilinmoqda?

💠 O‘zbekiston telekanalining “Kelajakka yo‘l” dasturida ushbu savollarga yurtimiz aholisi va Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari javob berishgan.

📹 Mazkur ko‘rsatuvni to‘liq ravishda 11-sentyabr kuni soat 20:20da takroriy beriladigan efir orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #kelajakka_yo_l

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoa_tabrigi

Бугун Кадастр агентлиги директори ўринбосари – “Геоинновация маркази” ДУК директори Абдуллаев Абдушукур Хамидович Тошкент ахборот технологиялар университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи илмий кенгашда “Давлат ташкилотларининг архив фаолиятини ахборот-ҳужжатли ва метрологик таъминлаш усуллари, моделлари ва алгоритмлари” мавзуси бўйича техника фанлари доктори (DSc) диссертaциясини ҳимоя қилди.

Қарийб 3 соат давом этган ҳимоя жараёнида А.Абдуллаевнинг мавзуси Кенгаш аъзоларида катта қизиқиш уйғотди ва кенг муҳокама қилинди.

Кенгаш аъзолари бир овоздан А.Абдуллаевнинг ишини қўллаб-қувватладилар ва келгусида ушбу йўналишни давом эттириш ва шогирдлар етиштириш зарурлигини, бу йўналиш илм-фанда ҳам катта янгилик эканлигини таъкидладилар.

Устоз Абдушукур Хамидовични Кадастр агентлиги жамоаси ҳамда унинг тизимида фаолият олиб бораётган барча ҳамкасбларимиз номидан самимий қутлаймиз.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#sayyor_qabul #Xonobod_shahar

Hurmatli Andijon viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatning Xonobod shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 13-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i Berdikulov Fayoziddin Xolmatovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani Jannatbulog' mahalla fuqarolari yig'ini Sayilgoh ko'chasi.

Tel: 91-497-20-20, 99-399-76-70, 97-580-50-17