ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.42K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
🌀 Кадастр агентлиги ер ва кадастр назоратчилари томонидан амалга оширилаётган ишлар таҳлили, соҳадаги долзарб масалалар

АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш ҳолатлари бор, ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари бор. Бу иккала тушунчани бир-биридан фарқлаб олиш керак.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси
— қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган), шу жумладан, берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган, ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкаси.

Ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш – ер участкаларини ажратиб бериш ҳужжатларида белгилангандан бошқа мақсадда фойдаланиш ёки белгиланган муддатларда фойдаланмаслик дегани.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#матбуотанжумани

📍2021 йил ва 2022 йилнинг ўтган даврида (1 июнь ҳолатига) республика бўйича ер участкасини ўзбошимчалик билан эгаллаш билан боғлиқ 24 511 та (5 164,7 гектар) ҳолат аниқланди

Кадастр агентлиги органлари томонидан берилган ёзма кўрсатмалар асосида 11 228 та ҳолатда 3 050,5 гектар (46%) майдондаги қонунбузилишларни ихтиёрий бартараф этилиши таъминланди.

Ўзбошимчалик билан эгалланган майдонларни қайтариш ҳақида судларга 11 687 та даъво аризаси киритилди.

Ерга оид қонун бузилиши ҳолатларида жиноят аломатлари кузатилган 1 782 та иш ҳужжати прокуратура органларига юборилди.

Олиб борилган назорат тадбирларда 44 438 нафар (2022 йилда 14 338 та) шахс маъмурий жавобгарликка тортилди.

〰️〰️〰️
Бу ҳақда АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилинди:

Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Биласизми

Жазирамадан қандай ҳимояланиш керак?

Қуёш нурининг шифобахш хусусиятлари кўп. Аммо меъёр муҳим! Айниқса, жазирама кунларда офтоб тиғидан ҳимояланиш зарур. Хўш, бунинг учун нималарга амал қилиш лозим?


Батафсил: Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси.
#ОАВ_биз_хақимизда #ер_назорати #Андижон

Кадастр соҳасига оид қонун, фармон ва қарорлар ижросини таъминлаш, тизимда олиб борилаётган ишлар самарадорлигини ошириш, ерларнинг ҳисобини юритиш бўйича муайян ишлар амалга оширилмоқда.

Батафсил:
®️УзА

Telegram |Instagram |Twitter |Facebook |You tube |Tik Tok
#Bilasizmi

Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿 Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish,
shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa;

— Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʼrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

— Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan,
agar u oʼzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʼzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.
#Qonun_ijrosi #Andijon #DavKadastrPalata

O'zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlarini to'g'risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi “Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakillantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 1010-sonli qarorlarni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 25 may kuni Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi vakillari viloyat, tuman va shahar hokimliklarining tegishli mutasaddi xodimlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazilgan edi.

Mazkur seminarda berilgan topshirirqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining mutaxassislari tomonidan viloyatning tuman va shaharlaridagi mavjud ko'chalarni nomlari va uy raqamlari aks ettirilgan xaritalarni chop etish ishlari jadallashtirilmoqda. Shuningdek, 649 ta nom berilmagan ko'chalarga ham hududiy komissiyalar tomonidan nom berish ishlari olib borilmoqda
#rasmiy_munosabat

Ижтимоий тармоқларда эълон қилинган “Бошлиғимиз меҳнат кодексига риоя қилмаяпти Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармасида ишлайман. Бошлиғимиз меҳнат кодексига риоя қилмаяпти, иш вақтининг чегараси йўқ. Кеч соат 11 гача ишлаймиз. Баъзида шанба-якшанба кунлари ҳам мажбурий иш куни ҳисобланади. Ойлик иш ҳақимиз 15-20%га камайиб кетди. Ижобий ўзгаришларни бўлишини сўраб қоламиз” сарлавҳалари остида мурожаатлар тарқалди.

Бошқармада фаолият юритаётган барча ходимлар иштирокида Палатанинг вилоят бошқармаси бошлиғи ўринбосари С.Саидов, Кадастр агентлигининг комплаенс-назорат хизмати бош мутахассиси Ғ.Одилов ҳамкорлигида кенгайтирилган йиғилиш ўтказилди.

Мазкур ўтказилган йиғилишда Комплаенс-назорат хизмати бош мутахассиси Ғ.Одилов барча ходимлар билан бирма-бир сухбатлашиб чиқилганда бундай ҳолат бўлмганлигини, хамма ишдан ўз вақтида кетаётганилигини билдиришиб, бошқарма шаънига бундай тухтам қиладиган ходимларга орамизда ўрин йўқлигини айтиб ўтишди.

Бош мутахассиси Ғ.Одилов яна бир-бор Кадастр агентлиги томонидан тасдиқланган ички-меҳнат тартиб қоидаларга барча раҳбар ва ходимлар қатъий риоя қилиши шартлиги соат эрталаб 09:00 дан - 18:00 гача берилган топшириқларни якунлаб ишдан кетиши мумкинлигини таакидлаб ўтди.

Telegram |Instagram |Twitter |Facebook |You tube |Tik Tok
#Bilasizmi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik ma'muriy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 68-1-moddasiga asosan;
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni Davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

— Fuqarolarga (BHM) bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʼn) baravari,

— Mansabdor shaxslarga BHMning 15 (oʼn besh) baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Ma'lumot uchun;

Bugungi kunda BHM 2022-yil 1 iyundan boshlab 300 000 so'm etib belgilandi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davr mobaynida "Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik" holati boʼyicha 941 ta holatda 2 mlrd. 596 mln. 650 ming soʼlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi.
#Andijon #kadastr #dayjes #haftaning_muhim_yangiliklari

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o'tgan hafta davomida ro'y bergan muhim yangiliklar.

💠 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasiga 458 ta murojaatlar kelib tushgan.
Batafsil.

💠 Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan 6 mlrd. 139 mln so'mlik ishlar bajarilgan.
Batafsil.

💠 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida tanqidiy yig'ilish o'tkazildi.
Batafsil.

💠 Malakali kadrlar bugungi kun davr talabi.
Batafsil.


💠 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-moddasi bilan qanday javobgarlik belgilangan.
Batafsil.

💠 Uy-joyni buzilishga (snosga)
tushganligini bilish endi oson bo'ldi.
Batafsil.

💠 Andijonda 3 mlrd.dan ziyod ma'muriy jarimalar rasmiylashtirildi.
Batafsil.

💠 Kadastr pasportini shakillantirish qancha muddat talab etadi.
Batafsil.

💠 35,2 gektar yer maydonlardan noqonuniy foydalanilgan.
Batafsil. UzA

💠 Yer uchastkasini o'zboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Batafsil.

💠 Geografik obyektlarni nomlari to'g'risidagi qonun ijrosi.
Batafsil.

💠 Davlat kadastrlari palatasi viloyati boshqarmasi xodimlariga yig'ilish o'tkazildi.
Batafsil.

💠 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazmaganlik uchun javobgarlik mavjud.
Batafsil.

@andijonkadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat shaharsozlik kadastri▫️

🏙 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🏙 Mazkur maʼlumotda siz, Davlat shaharsozlik kadastri joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Andijon #Kadastr #infografika #yer_nazorati

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga asosan, Davlat yer nazoratini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to'g'risidagi ma'lumot Infografika ko'rinishida.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok