ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.39K photos
861 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Live #manaviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi хodimlari ishtirokida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Tayinlov

Qambarov Bahodirjon Qodirjonovich Izboskan tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Qambarov Bahodirjon Qodirjonovich Davlat kadastrlari palatasi Izboskan tumani filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari jamoasi Bahodirjon Qodirjonovichni samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Andijon_viloyati #Izboskan_tumani

Xabaringiz bor joriy yilning 22-fevral kuni Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich tomonidan viloyatning Izboskan tumanida sayyor qabul o'tkazgan edi.

Mazkur lavha Andijon TRKning ANDIJON AXBOROTI dasturida efirga uzatildi.

Batafsil: 📹

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Телеграм ижтимоий тармоғида эълон қилинган "Кадастр агентлиги Андижон шаҳар бўлимида кимдур борми" сарлавҳаси остидаги берилган мурожаат юзасидан Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармаси мазкур ҳолат юзасидан ўрганиш ишлари олиб борилди.

Мурожаатда қайд этилган ҳолат бўйича Палатанинг Андижон шаҳар филиалидаги субсидия дастури кўриб чиқилди 2022 йил 23 февал куни соат 11:50 дан бошлаб 26 феврал куни 16:10 га қадар 139 та мурожаатлар келиб тушганлиги лекин, муддати ўтиб кетган мурожаатлар мавжуд эмаслиги аниқланди.

Мурожаатда 20 кундан бери жавоб йўқ деб кўрсатилган важлар ўз тасдиғини топмаганлиги билдирилади.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Телеграм ижтимоий тармоғида "Андижоннинг Акмалхожисига беш баҳо!" сарловхаси остида мақола берилган.

Мазкур мақолада қайд этилган ноқонуний қурилишлар Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармасининг ишчи гуруҳи томонидан жорий йилнинг 15 феврал куни ўрганилган ҳамда ноқонуний тарзда қурилиш ишларини олиб бораётган А.К га Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 10 июндаги 467-сонли қарори билан тасдиқланган Низом талаблари бўйича тегишли тартибда тушунтиришлар берилиб, ўрганиш жойида фуқаро А.Кга ноқонуний қурилишларни 15 кун муддатда бартараф этиш юзасидан огоҳлантириш хати берилган ҳамда 2022 йил 18 февраль куни тегишли далолатномалар тузилиб, Ўзбекистон Республикасининг “Маъмурий жавобгарлик тўғрисида”ги кодекснинг 60-модда 3-қисмида назарда тутилган (Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган, ажратилган ер участкасига туташ бўлган ва туташ бўлмаган ер участкаларида қурилиш ишларини амалга ошириш, фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг бир юз эллик баравари, мансабдор шахсларга эса - уч юз баравари миқдорда жарима солишга сабаб бўлади) маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисида AV-0000883-сонли маъмурий баённома расмийлаштирилганлиги ҳақидаги маълумот жорий йилнинг 22 феврал куни эълон қилинган эди.

Мазкур ҳолат қонунчиликда белгиланган 15 кунлик муддатда, яъни 2022 йилнинг 3 март кунига қадар ноқонуний қурилишларни амалга оширган фуқаро А.К томонидан ихтиёрий равишда бартараф этилмаса, ноқонуний қурилишни мажбурий тартибда буздириш юзасидан Фуқаролик ишлари бўйича Андижон туманлараро судига ваколат доирасида даъво аризаси киритилади.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati #Buloqboshi

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan yerlardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Buloqboshi tumani inspektorlari tomonidan tumanning T. Raximov massivi jududida joylashgan tuman zaxirasidagi 752-konturidagi 9.02 gektar qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan yer maydonining 160 kv.m qismiga shu hududda yashovchi fuqaro N.J tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy bino-inshootlarini qurish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tuman bo'limi tomonidan belgilangan tartibda yer qonun buzilish holatlari bo'yicha yangi tartibdagi qonuniy choralar haqida tushuntirish hamda ogoxlantirish xatlari berilidi.

Olib borilgan tushuntrish ishlari natijasida o'zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan bino-inshootlar fuqaro hisobidan tulaligicha bartaraf etilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

Prezident qaroriga muvofiq:

a) yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda hokim yordamchilariga o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bahorning ilk kunida 1915-yil 1-martda Toshkent shahrining Uqchi mahallasida quruvchi-hunarmand oilasida Zulfiya Isroilova dunyoga kelgan.

Zulfiyaning ota-onasi yuksak madaniyatli odamlar edi. Shuning uchun ko‘plab xalq qo‘shiq va rivoyatlarini bilgan onasi ularni bolalariga aytib bergan. Farzandlarini yuksak bilimli, madaniyatli insonlar sifatida ko‘rishni istagan ota-onalar Zulfiyada so‘zga mehr uyg‘otdi.

Iste'dodli shoira va yozuvchi inson ruhiy impulslarining biluvchisi bo'lib, u turli janrdagi asarlar: she'rlar, balladalar, elegiyalar, lirik she'rlar, hikoyalar, ocherklar, publitsistik maqolalar va gazeta yozishmalar yaratdi. Uning ko'plab she'rlari tinchlik va SSSR xalqlarining do'stligi uchun kurashga bag'ishlangan. Urush yillarida u vatanparvarlik ruhida she’rlar yozgan. Shuningdek, u oʻzbek kompozitorlari operalari uchun librettolar, masalan, “Zaynab” va “Omon” operasi uchun libretto yozgan. U turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga mansub “Semurg‘” she’ri asosida ertak pyesasi ham yozgan.
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish_profilaktikasi #Andijon_viloyati

Andijon viloyatida ishchi guruh o'rganish ishlari olib bormoqda.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirig'iga asosan Andijon viloyatida kadastr hujjatlarini tayyorlanishidagi kamchiliklarni o'rganish hamda korrupsion holatlarini oldini olish uchun agentlik va palataning Komplaens-nazorat xizmati xodimlari va malakali mutaxassislardan iborat tuzilgan ishchi guruh viloyatning Jalaquduq hamda Oltinko'l tumanlarida o'rganish ishlari olib borilmoqda.

O'rganish ishlari davom etmoqda, aniqlanga holatlar yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
▫️Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga olish▫️

💠 Shu kunlarda 43 950 ta holatda 4 412 gektar yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, unda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

📎 Andijon tumanida 3279 ta
📎 Baliqchi tumanida 4640 ta
📎 Bo`z tumani 1924 ta
📎 Buloqboshi tumani 1013 ta
📎 Jalolquduq tumani 4211 ta
📎 Izboskan tumani 4360 ta
📎 Ulug`nor tumani 2026 ta
📎 Qo`rg`ontepa tumani 2710 ta
📎 Asaka tumani 3913 ta
📎 Marhamat tumani 3196 ta
📎 Shahrixon tumani 4664 ta
📎 Paxtaobod tumani 4032 ta
📎 Xo`jaobod tumani 1236 ta
📎 Oltinko`l tumani 2410 ta
📎 Xonobod shahar 336 ta

💠 Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarilmoqda, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

#DavKadastrPalata #Andijon #ijara #yerlar

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Bu yerda qanday qurilish ketmoqdasarlovaxasi ostida berilgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Kadastr
agentligi Andijon shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan maqolada keltirilgan Andijon shahar Ishchilar MFY, Milliy tiklanish ko‘chasida qurilayotgan qurilishlar joriy yilning 7 fevral kuni (Soyadagi siyosatchi kanalida eʼlon qilinishdan avval) o‘rganilgan hamda noqonuniy tarzda egallab olib qurilish ishlarini olib borayotgan fuqaro Dj.U. bilan suhbatlashilib, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari tushuntirilgan hamda qonunda belgilangan tartibda ogohlantirish xati rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Dj.U ixtiyoriy ravishda noqonuniy qurilishlarni bartaraf etmaganligi sababli majburiy tartibda buzdirish yuzasidan FIB Andijon tumanlararo sudiga davo arizasi kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari hamda OAV vakillari va blogerlarga viloyatimizda yer qonunchiligi sohasida olib borilayotgan nazorat ishlarida yaqindan ko‘mak berishayotganligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📞DKPning yagona aloga markazi📞

♻️ Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati fuqarolarga yagona aloqa markazi orqali javob berishda davom etadi!

☎️ (71) 207 00 03 telefon raqamlari orqali qabul qilinayotgan murojaatlarning tahlili bilan ushbu video orqali tanishing.

🔵 Yagona aloga markaziga qo’ng’iroq qiling va o’z savolingizga mutaxassislarimizdan javob oling!

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟤 "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli farmonidan

#DavKadastrPalata #yerga_oid_farmon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #Xalqaro_hamkorlik

Jahon banki missiyasining “Shahar taraqqiyoti, barqarorlik va yer masalalari” yuzasidan O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda

🔰Joriy yilning 4-mart sanasida Kadastr agentligiga Jahon bankining urbanizatsiya, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va yerdan foydalanish bo'yicha global amaliyot Bosh direktori Same Vahba boshchiligidagi missiya tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida missiya Agentlik rahbariyati tomonidan ro’yxatga olish, kadastr sohasidagi raqamlashtirish, Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasining amaliy natijalari bilan tanishtirildi.

🔸Jahon banki missiyasi tomonidan yer islohoti, kadastr, baholash, xususiylashtirish, raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyot va fuqarolarning hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, istiqboldagi hamkorlik rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.