ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.39K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Хорижий ҳамкорлар билан видеомулоқот

Давергеодезкадастр қўмитаси раиси Халилилло Турахужаев Жаҳон Банкининг “Кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш ва кадастр тизимларини модернизациялаш” лойиҳаси доирасида интеграциялаштирилган ахборот тизими компонентини ишлаб чиқаётган “LG-LX консорциуми” лойиҳа менежерлари билан видео мулоқот ўтказди.

Батафсил:

#Davyergeodezkadastr #xalqaro_hamkorlik
#investitsiya #Jahon_Banki
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Baholovchilar assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #Birlashgan_millatlar_tashkiloti

Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasining 2021 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan Biznes jarayonlarni reinjiringni bo‘yicha xalqaro eksperti Datse Gruberte xonim Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Yurtimizda kadastr sohasida Biznes jarayonlarni reinjiring (BPR) faoliyatini tashkil etish salohiyatini o‘rganish, BPR uchun yagona yo‘riqnoma ishlab chiqish, onlayn o‘quv modulni tayyorlash maqsadida ushbu uchrashuvda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining mas`ul mutaxassislari ishtirok etmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #Onlayn_trening

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari Koreya ko'chmas mulk kengashi tomonidan tashkil etilgan "Ko'chmas mulk tizimini isloh qilish va axborotlashtirish" bo'yicha onlayn malaka oshirish treningida ishtirok etishmoqda.

Mazkur treningning tashkil etilishidan asosiy maqsad:

🔰O'zbekistonda ko'chmas mulk bozorining shaffofligini ta'minlash maqsadida Koreyaning ko'chmas mulkni axborotlashtirish, ushbu axborotlarni boshqarish tizimi va uning hozirgi holati;

🔰Ko'chmas mulk bozorini samarali boshqarish uchun Ko'chmas mulk ma'lumotlar bazasidan foydalanish misollari hamda usullari bilan tanishtirish hisoblanadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik #memarandum

📝 Республика аэрогеодезия маркази ҳамда Украина давлат аэрогеодезия корхонаси ўртасида ўзаро ҳамкорлик Меморандуми имзоланди

Жорий
йилнинг 19 май санаси Ўзбекистон-Украина ишбилармонлар кенгашининг 1-йиғилишида Кадастр агентлиги ҳузуридаги Республика аэрогеодезия маркази ҳамда “Украина давлат аэрогеодезия корхонаси” давлат корхонаси ўртасида геодезия, картография, ер тузиш, Ерни масофадан зондлаш, географик ахборот тизими ва технологиялари соҳасида ҳамкорлик тўғрисидаги ўзаро ҳамкорлик Меморандуми имзоланди.
Меморандум доирасида Томонлар геодезии, топография, картография, ер тузиш, аэрофотосъёмка, ерни лазерли сканерлаш, геоахборот тизимлар борасида тажриба алмашиш билан бирга, ҳамкорликда илмий-тадқиқот, тажриба, ишлаб чиқариш ишларини амалга ошириши, шунингдек, кадрлар малакасини ошириш ҳам кўзда тутилмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya #Geofazoviy_ma_lumotlarni_standartlashtirish

Ayni damda Davlat kadastrlar palatasida Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligining Rivojlanishga rasmiy yordami (ODA) doirasida amalga oshirilayotgan “O’zbekiston Milliy geografik axborot tizimini joriy etish bo’yicha geofazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish ” grant loyihasining ilk hisoboti bo’lib o’tmoqda.

Loyihadan maqsad:

🔹Geofazoviy ma’lumotlar standart infratuzilmasini yaratish;

🔹Geofazoviy ma’lumotlarni standartlashtirishni faollashtirish bo’yicha rejalarni ishlab chiqish;

🔹geofazoviy ma’lumotlar standartlari bilan bog’liq axborot almashinuvi va ta’limi bo’yicha geofazoviy ma’lumotlar standartlari portalini yaratish (tajriba loyihasi)
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #xalqaro_hamkorlik #jahon_banki #the_world_bank

Айни дамда Жаҳон Банки, Молия вазирлиги, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Давлат солиқ қўмитаси, Кадастр агентлиги, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Қурилиш вазирлиги раҳбарияти ва мутахассислари иштирокида Жаҳон Банки томонидан уюштирилаётган навбатдаги “Давлат ва муниципал ер ва кўчмас мулкларини бошқаришни қандай мақбуллаштириш мумкин” мавзусида давра сухбати бўлиб ўтмоқда.

Давра сухбати

(!) ернинг қийматидан даромад олиш ва уни халқаро миқёсда қўллаш концепциясини тақдим этиш;

(!!) муниципал ерларни бошқаришда энг яхши халқаро тажрибаларни тақдим этиш;

(!!!) илгари марказлашган иқтисодиётга эга бўлган мамлакатларда ерга бўлган ҳуқуқларни хусусийлаштириш тажрибасини тақдим этиш кабиларни қамраб олган.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Kadastr agentligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi doirasidagi amalga oshirilayotgan “O’zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo’shma loyihasi xalqaro eksperti Aleksandrs Antonovs bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

Davlat xizmatlarini rivojlantirish strategiyasini tuzish maqsadida uchrashuvda ekspert tomonidan kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatga olish sohasida xodimlarni salohiyatini oshirish, sohaga oid davlat xizmatlarini rivojlantirish va kadastr va mulkni ro’yxatdan o’tkazish sohasida davlat xizmatlarini ko’rsatishni takomillashtirish borasidagi ehtiyojlar, Agentlikning axborot tizimlari va imkoniyatlari o’rganilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Davlat ro`yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati rahbari Oleg Skufinskiy boshchiligidagi 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Bugun Kadastr agentligida 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning "Bikal UK" rahbari Raj Sandhu va 🇺🇿 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov o'rtasida sun'iy intellekt va aqlli tizimlar joriy qilish orqali axborot tizimlari, biznes jarayonlarni yanada samarali boshqarish, istiqbolli loyihalar muhokmasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt