ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.42K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
КЕКСАЛАРНИНГ ДУОСИ БИЛАН МАҲАЛЛАДА БУНЁДКОРЛИК БОШЛАНДИ…

Аввал ҳабар берганимиздек, “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили”нинг дастлабки кунларидан Андижон вилоятидаги 887 та маҳаллада тадбиркорликни ривожлантириш, янги иш ўринлари яратиш, муҳими аҳолининг даромадини ошириш борасида кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилмоқда.

Избоскан туманидаги Дарё бўйи маҳалласи ҳам ана шу маҳаллалардан бири. Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов ушбу 658 та хонадондан иборат маҳаллада бўлиб, аҳоли билан мулоқот ўтказди. Жараёнда мутасаддилар иштирокида фуқароларнинг мурожаатларига ечим топилиб, ҳудуд инфратузилмасини янгилаш, бунёд этиш юзасидан режа тасдиқланди. Анъанага мувофиқ, кексаларнинг дуоси билан маҳаллани ободонлаштириш, яъни ички йўлларга бетон қопламаси ётқизиш, ёғоч таянчлар бетонлисига алмаштириш ҳамда тоза ичимлик сув тармоғи тортиш ишларига киришилди.

- Маҳаллага 15 кун давомида электр устунлари ўрнатилади;

- Махалладаги 558 та хонадон суюлтирилган газ баллонлари билан таъминланади;

- Маҳаллада ҳозирги кунда 7,8 км тоза ичимлик суви тармоғи мапвжуд. Қолган 0,8 кмга 15 кун муддат ичида сув тармоғи тортиллади.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Matbuot_anjumani
#Ochiqlik_siyosati


Xabaringiz bor, bundan bir necha kun muqaddam Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan yakunlangan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Andijon TRK tomonidan tayyorlagan lavhada ayni shu xususida so'z boradi.
#Kadastr #Yil_tanlovi_2021

Har yili an'anaviy o'tkazib kelinadigan O‘zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari eʼtirofi asosida taʼsis etilgan “Yil tanlovi” taqdirlash marosimining «ENG NAMUNALI DAVLAT TASHKILOTI» nominatsiyasida bu yil Kadastr agentligi faxrli 3-o'rinni egalladi. Ko'plab davlat idoralari orasida jurnalist hamda blogerlar tomonidan e'tirof etilish sohada haqiqatan katta o'zgarishlar bo'layotganining yaqqol isboti desak adashmaymiz.

Kadastr agentligi xalqimiz va davlat idoralari o'rtasida ko'prik vazifasini bajaruvchi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka va aholimiz xizmatiga har soniya tayyordir.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #brifing

📢 25-yanvar, seshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Kadastr agentligining 2021-yildagi faoliyati tahlili yuzasidan

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6243-sonli Farmonida, Kadastr agentligi organlariga yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqi berilgan.

Yuqoridagi Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʼtgan 25 kuni davomida yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 62 ta holatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan sud orginlariga davo arizalari kiritildi.
Kadastr agentligining interaktiv xizmatlari hamda maʼlumotlar bazasi hozirda qo‘shimcha taʼminot generatorlari hisobiga ishlab turganini maʼlum qilamiz.

Mazkur generatorlarda uzilish sodir bo‘lsa interaktiv xizmatlarimiz va maʼlumotlar bazasi elektr energiyasi qayta tiklangunga qadar ishlamasligi mumkin.
#rasmiy_munosabat

Телеграм ижтимоий тармоғида эълон қилинган Мини футбол майдонлари нега бузиб ташланмокда? сарлавҳаси остидаги берилган мақола юзасидан Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси мазкур ҳолатни ўрганиб, якуни бўйича батафсил ахборот тақдим этилади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi▫️

◻️ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov 2021 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berdi:

🔹 Ko‘chmas mulklarni hisobga olish borasida o‘tgan 12 oy mobaynida 252,9 mingta qo‘shimcha ob’ekt aniqlanib, ro‘yxatga kiritilgan;

🔹 o‘tgan yilda 16 893 holatda 2541,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan;

🔹shuningdek, 2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi, shundan 8 636 ta yer uchastkasi auksionda sotildi;

🔹 bundan tashqari, 5 876 ta geodeziya punktlari tekshirildi, 592 ta geodeziya o‘lchov ishlari bajarildi;

🔹5 274,5 mingta ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #aoka #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент коррупцияга қарши курашишга умумий вазифа сифатида қарашга чақирди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз сабр-тоқатли халқимизга, кечаги экстремал вазиятда ўзаро баҳамжиҳат ишлаган барча тузилмалар ходимларига, айниқса, оммавий ахборот воситалари вакилларига миннатдорчилик билдирди.
Коррупцияга қарши биргаликда курашайлик!

Куни кеча муҳтарам Президентимиз бошчилигида ўтказилган йиғилишда таъқидлаб ўтганидек коррупцияга қарши биргаликда ҳамма курашиши орқали бу иллатга чек қўйилиши айтилди.

Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармалари вилоятимиз фуқаролари ва тадбиркорларига бу иллатга қарши биргаликда курашишга тайёр эканлигини билдиради.

Кадастр соҳасида энг коррупцион ҳолатлар кузатилиши мумкин бўлган ер ажратиш соҳаси бўлиб, бугунги кунда ер майдонлари ажратиш фақатгина "E-IJRO AUKSION" электрон онлайн аукцион савдо майдончаси орқали ҳамда кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш туман ва шаҳарларда фаолият юритаётган Давлат хизматлари марказлари орқали амалга оширилмоқда.

Шу сабабли фирибгарларга ишониб қолманг!

Агарда Сизларда соҳа ходимлари томонидан ер майдони ажратиб бериш, кадастр ҳужжатларини тўғридан-тўғри тезроқ тайёрлатиб бериш ҳамда кадастр тўловларини арзонлатиб бериш каби коррупцион ҳолатлар аниқланса зудлик билан бошқарманинг ишонч телефони ☎️74-224-20-25 ёки @Andijonkadastr_bot телеграм ботига ҳамда бошқарманинг «Кoмплаенс-назорат» (ички назорат) хизмати 📞 97-999-38-86 га мурожаат қилишларингиз сўралади.

🚷Бошқарма маъмурияти томонидан Сизларни шахсий маълумотларингиз сир сақланиши кафолатланади.
▫️"Yangi O’zbekiston" gazetasining bugungi sonida xatlov natijalari▫️

🔷"Yangi O’zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida jurnalist Feruza Jo‘rayevaning " Kichik vatanda ko‘ngil to‘q yashashga nima yetsin?" nomli maqolasi chop etildi.

🔷 Unda, Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida olib borilgan xatlov zahmatlari bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev bilan bo‘lgan intervyu hamda bajarilgan ishlar natijalari esa aholi bilan o‘tkazilgan suhbat asosida keng yoritilgan.

#DavKadastrPalata #gazeta #Yangi_O_zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
​​#Kadastr #RASMIY_MUNOSABAT

Bugun soat 10:21 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida “Andijon tumanida fuqaroga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi” mavzusi bilan post eʼlon qilindi.

Mazkur postda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi B.Q. fuqaro M.ning yashash xonadonining kadastr hujjatlarini tayyorlab, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaror chiqartirib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.

Mazkur xabarda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi deb keltirilgan B.Q. aslida 2020-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasi 1-qismi (taraflarning kelishuviga ko‘ra) ishdan bo‘shagan bo‘lib, bugunga qadar Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib bormagan va qonunan u soha xodimi hisoblanmaydi.

Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Kadastr agentligi hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Бугун_туғилган_кун

Фаёзиддин Холматович табриклаймиз !

Бугун 28 январ Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси бошлиғи Бердиқулов Фаёзиддин Холматовичнинг таваллуд айёми.

Фаёзиддин Холматовични бошқарма жамоаси ҳамда тизимдаги барча ҳамкасблари номидан самимий муборакбод этиб, Фаёзиддин Холматовичга мустаҳкам сиҳат-саломатлик, узоқ умр ва бахт-саодат тилаймиз келгуси ишларида улкан зафарлар тилаб қоламиз.

Олиб бораётган фаолияти давомида юқори марраларни забт этишини тилаб қоламиз.

Кадастр агентилиги ҳамда Давлат кадастрлар палатаси вилоят бошқармалари жамоаси.
2022 yilning o'tgan davri mobaynida 320 mln. 220 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2022 yilning oʼtgan davri mobaynida 298 ta holatda 320 mln. 220 ming soʼmlik maʼmuriy bayonnomalar rasmilashtirildi.

Rasmiylashtirilgan bayonnomalarning asosiy qismi Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning quyidagi moddalariga to'g'ri keladi;

60-modda ikkinchi qismi
(Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish):
- Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa - ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

60-modda uchinchi qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish):
- Fuqarolarga BHMning bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa - uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

68-moddasi (Yer tuzish loyihalaridan oʼzboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish)

68-1-moddasi (Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik):
- Fuqarolarga BHMning o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa - o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

69-moddasi (Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish) va boshqa bir qator moddalar bilan rasmiylashtirilgan.
- Fuqarolarga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qoʼllanilgan maʼmuriy jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.
🔘"Xalq so'zi" gazetasining bugungi sonida xatlov natijalari.

💠"Xalq so'zi" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida jurnalist Saminjon Husanovning "Andijonning ikki tumanida 82 mingdan ziyod hujjatsiz turar-joylar mavjudligi aniqlandi" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok