ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.42K photos
866 videos
6 files
4.92K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
КЕКСАЛАРНИНГ ДУОСИ БИЛАН МАҲАЛЛАДА БУНЁДКОРЛИК БОШЛАНДИ…

Аввал ҳабар берганимиздек, “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили”нинг дастлабки кунларидан Андижон вилоятидаги 887 та маҳаллада тадбиркорликни ривожлантириш, янги иш ўринлари яратиш, муҳими аҳолининг даромадини ошириш борасида кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилмоқда.

Избоскан туманидаги Дарё бўйи маҳалласи ҳам ана шу маҳаллалардан бири. Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов ушбу 658 та хонадондан иборат маҳаллада бўлиб, аҳоли билан мулоқот ўтказди. Жараёнда мутасаддилар иштирокида фуқароларнинг мурожаатларига ечим топилиб, ҳудуд инфратузилмасини янгилаш, бунёд этиш юзасидан режа тасдиқланди. Анъанага мувофиқ, кексаларнинг дуоси билан маҳаллани ободонлаштириш, яъни ички йўлларга бетон қопламаси ётқизиш, ёғоч таянчлар бетонлисига алмаштириш ҳамда тоза ичимлик сув тармоғи тортиш ишларига киришилди.

- Маҳаллага 15 кун давомида электр устунлари ўрнатилади;

- Махалладаги 558 та хонадон суюлтирилган газ баллонлари билан таъминланади;

- Маҳаллада ҳозирги кунда 7,8 км тоза ичимлик суви тармоғи мапвжуд. Қолган 0,8 кмга 15 кун муддат ичида сув тармоғи тортиллади.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Matbuot_anjumani
#Ochiqlik_siyosati


Xabaringiz bor, bundan bir necha kun muqaddam Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan yakunlangan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Andijon TRK tomonidan tayyorlagan lavhada ayni shu xususida so'z boradi.
#Kadastr #Yil_tanlovi_2021

Har yili an'anaviy o'tkazib kelinadigan O‘zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari eʼtirofi asosida taʼsis etilgan “Yil tanlovi” taqdirlash marosimining «ENG NAMUNALI DAVLAT TASHKILOTI» nominatsiyasida bu yil Kadastr agentligi faxrli 3-o'rinni egalladi. Ko'plab davlat idoralari orasida jurnalist hamda blogerlar tomonidan e'tirof etilish sohada haqiqatan katta o'zgarishlar bo'layotganining yaqqol isboti desak adashmaymiz.

Kadastr agentligi xalqimiz va davlat idoralari o'rtasida ko'prik vazifasini bajaruvchi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka va aholimiz xizmatiga har soniya tayyordir.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #brifing

📢 25-yanvar, seshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Kadastr agentligining 2021-yildagi faoliyati tahlili yuzasidan

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6243-sonli Farmonida, Kadastr agentligi organlariga yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqi berilgan.

Yuqoridagi Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʼtgan 25 kuni davomida yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 62 ta holatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan sud orginlariga davo arizalari kiritildi.
Kadastr agentligining interaktiv xizmatlari hamda maʼlumotlar bazasi hozirda qo‘shimcha taʼminot generatorlari hisobiga ishlab turganini maʼlum qilamiz.

Mazkur generatorlarda uzilish sodir bo‘lsa interaktiv xizmatlarimiz va maʼlumotlar bazasi elektr energiyasi qayta tiklangunga qadar ishlamasligi mumkin.
#rasmiy_munosabat

Телеграм ижтимоий тармоғида эълон қилинган Мини футбол майдонлари нега бузиб ташланмокда? сарлавҳаси остидаги берилган мақола юзасидан Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси мазкур ҳолатни ўрганиб, якуни бўйича батафсил ахборот тақдим этилади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi▫️

◻️ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov 2021 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berdi:

🔹 Ko‘chmas mulklarni hisobga olish borasida o‘tgan 12 oy mobaynida 252,9 mingta qo‘shimcha ob’ekt aniqlanib, ro‘yxatga kiritilgan;

🔹 o‘tgan yilda 16 893 holatda 2541,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan;

🔹shuningdek, 2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi, shundan 8 636 ta yer uchastkasi auksionda sotildi;

🔹 bundan tashqari, 5 876 ta geodeziya punktlari tekshirildi, 592 ta geodeziya o‘lchov ishlari bajarildi;

🔹5 274,5 mingta ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #aoka #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент коррупцияга қарши курашишга умумий вазифа сифатида қарашга чақирди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз сабр-тоқатли халқимизга, кечаги экстремал вазиятда ўзаро баҳамжиҳат ишлаган барча тузилмалар ходимларига, айниқса, оммавий ахборот воситалари вакилларига миннатдорчилик билдирди.