ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Xatlov jarayonlari o'rganilmoqda

💠Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiev rahbarligida Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlari nazorati davom etmoqda.

💠Kuni kecha, “Ulug‘bek” mahallasida o‘tkazilgan xatlov jarayonlarida ishni tashkil qilish, hamda noqununiy qurilmalar masalasida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tartibda chora ko’rish bo'yicha ko’rsatmalar berildi.

💠Yerga bo‘lgan munosabatda ziyrak bo‘lish, qonunbuzilish xolatlarining oqibatlari bo‘yicha fuqarolarga muntazam tushuntirish ishlari olib borish lozimligi alohida qayd etildi.

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #yer_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 13 ноябрь, шанба куни ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

〰️〰️〰️

Мавзу: Агросаноат мажмуи устидан назорат килиш инспекциясининг 2021 йил ўтган давридаги фаолияти таҳлили
● Вақти: 10:00
● Иштирок этади: Холида Шодиева, Инспекция ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

● Мавзу: Ҳудудларда ўтказилаётган хатлов натижалари юзасидан
● Вақти: 12:00
● Иштирок этади: Неъмат Атамуратов, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

✏️ Саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин. ОАВ ходимлари таклиф этилади.

https://t.iss.one/aoka_uz
#Live #Andijon

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasida boshqarma boshligʼi F.Berdikulov rahbarligida Zoom platformasi orqali yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda;
Soha mutaxassislari tomonidan korrupsion holatlarni oldini olish, bu illatga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha tegishli topshiriq va tushunchalar berildi.

Viloyatdagi inspektorlarning Yer nazorati va maʼmuriy amaliyot sohalari boʼyicha qilinayotgan ishlari tahlil qilinib, sustkashlikka yoʼl qoʼygan inspektorlar qat'iy ogohlantirishlar berildi.

Bundan tashqari, yigʼilish kun tartibidan rahbar va ishchi xodimlarning ijro intizomi boʼyicha ham tanqidiy masalalar koʼrib chiqildi.

Mazkur yig'ilishni o'tkazishdan asosiy maqsad yer maydonlaridan samarali va unumli foydalanish yerga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlash hamda yerlardan o'zbilarcha foydalangan fuqarolarga nisbatan ma'muriy jarimalar qo'llashni kuchaytirishdir.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
🌱 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari ko‘chat ekishda faol qatnashmoqdalar.

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Хorazm viloyati
▫️Surhondaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Buxoro viloyati

▶️Yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda...


#DavKadastrPalata #Yashil_makon_loyihasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI ANDIJON SHAHRI - YANGI ORZULAR SHAHRI

2 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejasini maʼlum qilindi. Shuningdek, 2 noyabr kunidan 10 dekabrgacha bo‘lgan muddat daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» deb eʼlon qilindi. Bu borada Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan ham samarali ish tashkil qilinmoqda.

Andijon tumani adirliklarida tez fursatlarda «Yangi Andijon» shaharchasi bunyod etiladi. Mazkur shaharchaning 2 ming gektar maydonida «O‘zbekiston bog‘i» barpo etilmoqda ushbu bog‘ni barpo etishda boshqarma uchun ajratilgan yerlarga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Келгуси йилда ҳудудий дастурлар учун қарийб 75 триллион сўм ажратилиши қайд этилиб, бу дастурларни маҳаллалар кесимида бажариш чора-тадбирлари белгиланди.
Президент бундан буён дастурлар вазирликда эмас, маҳаллада шаклланишини, уларни ҳокимларнинг ўзи “маҳаллабай” тамойили асосида ишлаб чиқиши зарурлигини таъкидлади.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам обеспечения занятости населения и сокращения бедности.
Отмечалось, что в следующем году на региональные программы намечено выделить почти 75 триллионов сумов, определены меры по их реализации в разрезе махаллей.
Президент указал, что отныне программы должны разрабатываться не в министерстве, а помощниками хокимов по принципу «махаллабай».

#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #dasturlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Аndijon viloyatida faoliyat yuritayotgan inspektorlar tomonidan 368 mln 774 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar undirildi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan koʼchmas mulklarini oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaslik holatlari boʼyicha 1 566 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ushbu bayonnomalar bilan 485 mln 267 ming soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi

Hisobot kuniga qadar 368 mln. 774 ming soʼm miqdoridagi jarimalar undirilishi ta'minlandi.

❗️Eslatib o'tamiz Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 68-1-moddasi bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik",

- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari,

- mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram Instagram Twitter Facebook
#rasmiy_munosabat

You tube ижтимоий тармоғида эълон қилинган ЧИНОБОТЛИК ОНА ҚОН ЙИҒЛАМОҚДА ОЛДИНГИ ХОКИМНИ АЙБИМИ БУ ЁКИ КАДАСТОР АГЕНТЛИГИНИ АЙБИМИ БУ сарлавҳаси остидаги берилган мақола юзасидан Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармаси мазкур ҳолатни ўрганиб, якуни бўйича батафсил ахборот тақдим этилади.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #uzb_qonuni

“Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʼgʼrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʼra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

🔹yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

🔹fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

🔹xususiylashtiriladigan davlat obʼektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

🔹boʼsh turgan yerlar.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

🔺umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʼlgan yerni sotib olish;

🔺yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʼlar Davlat byudjetiga yoʼnaltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʼarmasiga yoʼnaltirilgan).

Ariza DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Аriza koʼrib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda boʼlishi shart.

Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

🔶xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;

🔶yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔶yerda joylashgan koʼchmas mulkka qoʼyilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

🔶aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔶davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʼyish toʼgʼrisida qaror mavjudligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda oʼzga shaxsga oʼtkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔶arizada notoʼgʼri, bir-biriga zid boʼlgan yoki buzib koʼrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer puli toʼlanmaganligi.

Xususiylashtirishni boshqa sabablarga koʼra rad etishga yoʼl qoʼyilmaydi.

💻Boʼsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali xususiylashtiriladi.

Yerga boʼlgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun toʼlov qilinganidan soʼng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

📌Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qoʼyish mumkin:

🔷yerga ijro hujjatlari boʼyicha undiruv qaratilganda;

🔷yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);

🔷yer musodara qilinganda;

🔷yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga oʼtkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

(OʼRQ–728-son, 15.11.2021 y.).

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2021»

(I Жамоатчилик сўровномаси)

«2021 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ»

2021 йилда фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган «2021 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ»ни аниқланг!

Қайси ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТИ жорий йилда қандай ишлаганини сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

Ушбу сўровнома орқали ҳар бир ташкилот раҳбарлари ва матбуот котиблари фаолиятига ҳам баҳо берилади.

(Танлов ҳақида батафсил)

Эслатма: Давлат ва жамоат ташкилотларининг номлари қисқартма шаклида берилган.

➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr_boshqarmasi #Bayroq_qabul_qilingan_kun

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun tasdiqlanganiga bugun 30 yil to‘ldi.

Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i

Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i

“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor

Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, maʼnosi bor.
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН❗️

Ҳурматли ОАВ ходимлари, журналистлар, блогерлар, веб-сайтлар админлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари!

2021 йил 19 ноябрь куни Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси ҳамда вилоят Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси ҳамкорликда Пресс тур ташкил этмоқда.

🔰Унда, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 13 август кунги 520-сонли қарорига асосан Асака ва Шаҳрихон туманларида ўтказилаётган хатлов жараёнлари тўғрисида маълумот берилади.

Шунингдек, Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармалари томонидан амалга оширилаётган ишлар юзасидан ҳудудларга чиққан ҳолда ахборот берилади.

📣 Мазкур Пресс турга барча босма ва электрон ОАВ вакиллари, блогерлар, веб-сайтлар админлари, журналистлар, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари таклиф этилади.

⬇️ Маълумот учун:

@Andkadbot

📲+998-97-236-90-10, +998-33-110-22-11

🏣Жойи: Андижон.ш А.Навоийшох кўчаси
(Савло-саноат палатаси Андижон вилояти бошқармаси 3-қават 305-хона).

Санаси ва вақти: 2021 йил 19 ноябрь, соат 10:00