ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.58K photos
886 videos
6 files
5.03K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Andijon shahar Sanoat mahallasi, N.Umarov ko‘chasida ikki nafar fuqaro tomonidan yashash uyining oldi qismi panjara bilan to‘sib olinganlik holati bo‘yicha tarqalgan murojaat Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘rganib quyidagilar maʼlum qilinadi.

O‘rganishda Andijon shahar Sanoat mahallasi N.Umarov ko‘chasida yashovchi fuqaro Q.D hamda Q.A o‘z yashash uyi old qismini o‘zboshimchalik bilan egallab olib metall panjara bilan to‘sib olganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib fuqarolar Q.D hamda Q.A larga noqonuniy o‘rnatilgan metall panjarani qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z hisobidan bartaraf etish va yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani Xo‘ja mahallasidagi noqonuniy holatlar bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Ushbu sug‘oriladigan yer maydonlari haqiqatdan ham bir nechta fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan va tegishli tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumotlar taqdim etilgan.

Jumladan, Xo‘ja mahallasi hududidagi dastlab 1,5 gektar qismi o‘zboshimchalik bilan turar-joy qurish maqsadida egallab olish holatlari aniqlangan va ushbu noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Shuningdek keyingi yillarda shu hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida ham ko‘plab fuqarolar tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari aniqlanib bu holatlar ham prokuratura organlarga taqdim etilgan.

Bundan tashqari, mos ravishda yuqoridagi holatlar bo‘yicha Andijon tumani IIB bo‘limiga ham maʼlumotlar taqdim etilishi taʼminlangan.

Hozirda yuqoridagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Jinoiy ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buloqboshi tumani Qumguzar mahallasi hududining kirish qismida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O'rganishda Buloqboshi tumani Qumguzar mahallasi Chamanzor ko‘chasidan o‘tuvchi mahalliy ichki yo‘lning bir qismi fuqaro T.A tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilma qurib olganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan joyning o‘zida Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilgan qurilmalarni o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

O'z navbatida o'zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilmagan taqdirda majburiy tartibda bartaraf etish bo‘yicha sud organlariga da’vo ariza kiritilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar M.Tiklanish ko‘chasida faoliyat yuritib kelayotgan oshxona bino-inshootlarining old qismiga noqonuniy qurilmalar qurib olinganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat o‘rganilib quyidagilar maʼlum qilinadi.

O‘rganishda Andijon tumanda yashovchi fuqaro R.X o‘ziga tegishli Andijon shahar Ishchilar mahallasi M.Tiklanish ko‘chasidagi oshxona bino-inshootining old qismini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik holati aniqlandi.

Holat bo‘yicha Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro R.X ga noqonuniy qurilishni o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf qilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Fuqaro noqonuniy qurilmalarni o‘z hisobidan belgilangan muddatda ixtiyoriy tarzda bartaraf etmagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda sud organlariga davo arizasi kiritilishini maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilganligi va unda Kadastr xodimining pul mablag‘i bilan qo‘lga olinganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan munosabat.

Joriy yilning 17-oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yer qonun buzilish holati bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan lekin bu jarayonda Kadastr xodimining tadbir davomida qo‘lga olinganligi to‘g‘risidagi hech qanday ma’lumot mavjud emas.

Hozirda bu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

@andijonkadastr
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko'l tumani Qipchoq mahallasi hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

@andijonkadastr
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat o‘rganilib quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi holat Oltinko‘l tumani Qipchoq mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Viloyat suv ta’minoti MCHJ Oltinko‘l tuman filialiga tegishli yer maydoni ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatga asosan Kadastr agentligi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan yuqoridagi hududda o‘rganish ishlari olib borildi lekin murojaatdagi yer maydonida yer qonunbuzilish holati aniqlanmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani Sanoat mahallasi hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaat vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganilganida ushbu yer maydoni Andijon tuman Sanoat MFY Bunyodkor ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Sh ga vaqtincha foydalanish huquqi bilan 130,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Lekin o‘rganishda fuqaro M.Sh tomonidan 380,0 kv.metr yer maydonidan foydalanib kelayotganligi ya’ni ajratilgan yer maydoniga nisbatan 250,0 kv.metr ortiqcha yer maydonini egallab qo‘rg‘on devor hamda bino qurib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro M.Sh ga noqonuniy qurilmalarni qonunchilikda belgilangan muddatda ixtiyori bartaraf etish aks holda majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan sud organlariga da’vo ariza kiritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilganligi va holat nazoratga olganligi ma’lum qilinadi.

❗️SHU O'RINDA ESLATMA

Unutmang Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Jahon bozori hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Jahon bozori hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi yer maydoni Andijon shahar Yorboshi mahallasida joylashgan bo‘lib, fuqaro I.R tomonidan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi” binosi qurilishi uchun Andijon shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ruxsatnoma berilganligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan ART hujjatlari rasmiylashtirilib xulosalar olingan aniqlandi.

Fuqaro tomonidan olingan ruxsatnomaga asosan qurilish ishlari olib borilayotgan yer maydonidan tashqari yana qo‘shimcha yer maydonlaridan huquqiy hujjatlarsiz foydalanib kelayotganligi aniqlandi va holat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar borligi sababli holatga aniqlik kiritish maqsadida to‘plangan hujjatlar Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining sudgacha nizolarni hal qilish komissiyasi ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi va hozirda komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Ozodlik mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatda  Andijon shahri Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini Bobur shoh ko‘chasidagi 75-A uyning orqa tarafida kirish yo‘li joylashgan, biroq ushbu ko‘p qavatli turar joy atrofida o‘zboshimchalik bilan qurib olingan binolar mavjud mazmunida yo‘llangan.

Murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi va boshqa vakolatli tashkilotlar hamda Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida o‘rganilganida, mahalla hududida yuqorida keltirilgan manzildagi ko‘p qavatli turar-joy mavjud emasligi, MFY hududida murojaatdagi holatlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi va joyida hamkor tashkilotlar hamda mahalla fuqarolari yig‘ini vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida katta yo‘l bo‘yiga qurilgan qurilmalarning huquqiy hujjatlarini o‘rganib berish yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda Paxtaobod tumani hokimining qaroriga asosan tumanning Nodirabegim mahallasi hududida yashovchi fuqaro A.R ga “Avto bekat va savdo do‘koni” qurish uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Shuningdek, fuqaro tomonidan yer maydoning joylashuvini inobatga olgan holda tuman irrigatsiya bo‘limining texnik sharti hamda viloyat yo‘l qurilish boshqarmasi xulosasi olingan va fuqaro tomonidan noturar joy toifasidagi mulk obyektlariga kadastr pasporti shakllantirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

O‘rganish yakunlari yuzasidan murojaatdagi joyda qonun buzilish holati aniqlanmaganligi va murojaat muallifi yuqoridagi holat yuzasidan boshqa e’tirozlari mavjud bo‘lsa sud organlariga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida noqonuniy qurilmalar qurilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatdagi yer maydoni tumanning Mash’al mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning oldi qismidagi yer maydoni bo'lib, o‘rganilganda tuman hokimining farmoyishiga asosan fuqaro R.A ga ajratib berilganligi aniqlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr bo'limining vakolatlariga kiruvchi qonun buzilish holatlari mavjud emasligi sababli holat boshqa vakolatli organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida fuqaroning ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolari borligi yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Yuqoridagi holat boshqarma nazoratida o‘rganilganida, 2019-yili fuqaro M.B ning Andijon tumani Yorboshi mahallasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari notarial tartibda fuqaro G.O ga o‘tkazilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroning muammosi bartaraf etilgani, shu bilan birga mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rilganini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyatida istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizda yuroqidagi kabi holatlar yuz bersa boshqarmaning 74-224-20-25 telefon raqaminga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Mulkingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni unutmang!


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Oltinko‘l tumanida fuqaroning ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolari borligi holati bo‘yicha tarqalgan murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganish davomida yo'llagan murojaati yuzasidan fuqaro M.K bilan suhbatlashilganida haqiqatdan ham Oltinko‘l tumani Dalvarzin mahallasi hududidagi o‘ziga tegishli uy-joylarni boshqa fuqaroga notarial tartibda o‘tkazib berganligi bildirildi.

Lekin fuqaro M.K ning uy-joylarini sotib olgan fuqaro (ko‘chmas mulkning yangi egasi) oldi-sotdi shartnomasini belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritish uchun murojaat qilmaganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 481-moddasiga asosan, Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi, mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar taraflarning ko‘chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o‘zgartirishi uchun asos bo‘lmasligi belgilangan.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra fuqaro M.K ga tegishli uy-joylarini sotib olgan fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ma’lumotlar bazasida Oltinko‘l tumani Dalvarzin mahallasi hududidagi uy-joylarning ma’lumotlari ko‘chmas mulkning yangi egasi nomiga o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Paxtaobod tumanida fuqarolarning yer maydoni bilan bog‘liq muammolari borligi holati yuzasidan tarqalgan murojaatning tegishli qismi yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda, keltirilgan uy-joylar Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018-yildagi 461-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtaobod tumani hokimining tegishli qarori asosida Paxtaobod tumani, Qashqar MFY, (Nodirabegim MFY) hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonining bir qismi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qolgan qismi esa foydalanish huquqi bilan fuqaro K.X ga biriktirib berilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Lekin yuqoridagi qarorni bekor qilish bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan Protest kiritilgan va qaror bekor qilingan.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida murojaatdagi yana bir holatda tuman hokimining qaroriga asosan fuqaro M.B nomiga Nodirabegim MFY hududidagi yer maydoniga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi hamda turar-joyga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi yer maydoni hozirgi kunda nizoli bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 89-moddasiga asosan sud organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Izboskan tumanida piyodalar o‘tish yo‘lagiga noqonuniy qurilma qurilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatda yer maydoni tuman hokimining farmoyishi bilan zamonaviy “Avtobekat va savdo do‘koni” binosi qurish uchun fuqaro Q.A ga vaqtincha foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.

Murojaatda ta’kidlanganidek, fuqaro tomonidan qurilish ishlari avval ham amalga oshirilgan lekin 2024-yilda mahalla hududini kompleks rivojlantirish, avtomobillar va piyodalar harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida olib borilgan obodonlashtirish ishlari doirasida ushbu avtobekat va savdo do‘koni piyodalar yo‘lakchasiga qurilganligi sababli ishchi guruh tomonidan mulkdorlar va jamoatchilik ishtirokida bartaraf etilgan.

Hozirda yuqoridagi fuqaroga tegishli hujjatlar o‘z kuchidaligi bois, tuman hokimligi va boshqa mas’ul idoralar bilan birgalikda ushbu avtobekat va savdo do‘konini avtomobillar va piyodalar harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydigan boshqa joyga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hududida faoliyat yuritib kelayotgan Asilbek 80 nomli oshxona tomonidan piyodalar yo‘lagiga noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi yer maydoni Andijon shahriga emas ma’muriy hududiy birlik bo‘yicha Oltinko‘l tumaniga tegishli yer maydoni bo‘lib, mazkur holat murojaat tarmoqlarda e’lon qilinishidan oldin Kadastr agentligi Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan aniqlangan va vakolat doirasida barcha choralar ko‘rilgan.

Jumladan, bo‘lim tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning Qo‘shtepa mahallasi hududidagi piyodalar yurish yo‘lagi fuqaro U. A tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar qurib olganlik holati aniqlangan.

Holat yuzasidan shu joyning o‘zida fuqaro U.A ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muri Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga sodir etilgan qonun buzilish holatini belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Lekin fuqaro tomonidan noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi sababli aniqlangan qonun buzilish holatini sud tartibida ko‘rib chiqilishi uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilgan va sud tomonidan da’vo ariza to‘liq qanoatlantirib, fuqaro U.A tomonidan noqonuniy tarzida qurilgan qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilingan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, yuqoridagi murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan Kadastr agentligi vakolatlariga kiruvchi barcha ta’sir choralar ko‘rilgan bo‘lib sudning hal qiluv qaroriga asosan noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etish agentlik vakolatlariga kirmasligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Xonobod shahrida yer maydonlari bilan bog‘liq muammoli holatlar mavjudligi yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatda keltirilgan holatlarning tegishli qismi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Kadastr agentligi vakolatlariga kiruvchi barcha holatlarga belgilangan tartibda ta’sir choralar ko‘rilishi va holat alohida nazoratga olinganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Oltinko‘l tumani filial rahbarining xatti-harakatlari yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Tarmoqlarda tarqalgan murojaat Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining odob-axloq komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi va filial rahbariga tegishli ogohlantirish berildi.

Bundan tashqari, yuqoridagi holat yuzasidan filial rahbariga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi berish taklifini ko‘rib chiqish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat kadastrlari palatasiga taqdim etilganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM