ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi.

🗓 Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

❗️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

☑️ 2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

🗒 Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022 yil oxiriga qadar o‘zlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

📝 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Ushbu qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔸yer uchastkalariga;
🔸binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
🔸ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
🔸mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹mulk huquqi;
🔹doimiy egalik qilish huquqi;
🔹doimiy foydalanish huquqi;
🔹meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🔹ijara huquqi;
🔹ikkilamchi ijara huquqi;
🔹xo‘jalik yuritish huquqi;
🔹operativ boshqarish huquqi;
🔹ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
🔹bepul foydalanish huquqi;
🔹renta;
🔹ipoteka;
🔹servitut;
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga qo‘yilgan cheklovlar.

❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

☑️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);
🔹binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
🔹belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
🔹ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
🔹ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

📁Davlat reyestri - ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar to‘plamidan iboratdir.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #kadastr

❗️Maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi.

Prezident qaroriga (PQ–99-son, 23.03.2023 y.) muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yana-da soddalashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan:⬇️

📔 Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

📝 Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

👔 Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi

📃 Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

◼️«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

▫️ barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

▫️ aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

▫️ aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

▫️ xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

▫️ mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Shunga ko‘ra:

💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;

💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-911-son, 21.02.2024) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🌏 Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

📄 Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini to‘lash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida to‘xtatib turiladi. (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar solig‘i, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno)

🟣Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larining qarzni to‘lashga yo‘naltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

🌏 Davlat boji to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish jarayonida o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun da’vo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini to‘lamasdan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-apreldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.

🟢 Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

🟢 Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi.
👉 Batafsil

🟢 Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlarida ekspriment tariqasida ayrim xizmatlar ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

🟢 Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

🟢 Ayrim yolg'iz keksalarga poezdga bepul chiptalar ajratiladi.
👉 Batafsil

🟢 Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda rag'batlantiriladi.
👉 Batafsil

🟢"Ko'cha san'ati va musiqasi" loyihasi amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.:

🟢 Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma'lumotlar har oyda yuboriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo'l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolari bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
▶️ Batafsil

🟢 Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari belgilandi.
▶️ Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.


⚡️ Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

📄 Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi:

🟢 Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

🟢 Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;

🟢 Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.

🔺 Qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

🟢 Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil
1-iyuldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.:

Master-reja hududlaridagi yer uchastkalari auksionga chiqariladi.
▶️ Batafsil

Ayrim obyektlar hududning zilzilabardoshligidan kelib chiqib loyihalanadi va quriladi.
▶️ Batafsil

Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi.
▶️ Batafsil

Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
▶️ Batafsil

Ayrim kreditlar bo'yicha klaster ta'sischilarining shaxsiy kafilligi rasmiylashtiriladi.
▶️ Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil
1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.:

📶 Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi.
▶️ Batafsil

📶 Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ro'yxatdan o'tkaziladi.
▶️ Batafsil

📶 Yoshlar ishlari agentligi xususiy o'quv markazlarining reytingini tuzadi.
▶️ Batafsil

📶 Davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
▶️ Batafsil

📶 Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.
▶️ Batafsil

📶 Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi.
▶️ Batafsil

📶 Nogironlik tumanlararo va tuman(shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.
▶️ Batafsil

📶 Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
▶️ Batafsil

📶 Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqsiz muhit yaratiladi.
▶️ Batafsil

📶 Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
▶️ Batafsil

📶 Parranda go'shtini olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha imtiyoz bekor qilinadi.
▶️ Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ma'lumot o'rnida.

❗️Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024-yildagi 614-sonli qarori qabul qilindi, unga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab.

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi har bir hududiy zona uchun joylardagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlarida aks ettiriladi;

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turi Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga bu haqidagi ma’lumotlar kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilmaydi va hududni funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning bir turini bunday foydalanishning boshqa turiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilingan holda shaharsozlik reglamentiga muvofiq o‘zgartiriladi;

Tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashning qarorlariga asosan o‘zlashtiriladi;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi ularning huquq egalari tomonidan shaharsozlik reglamentlarida nazarda tutilgan yordamchi faoliyat turlarini tanlash yo‘li bilan mustaqil ravishda o‘zgartiriladi;

Kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning ixtisoslashishini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgartiriladi;

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi o‘zgartirilgan kundan e’tiboran uch oy muddatda yer uchastkasi chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining ixtisosligi o‘zgartirilishi lozim;

Ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi belgilanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida, doimiy foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish) hamda ushbu yer uchastkalari chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining ixtisosligini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-noyabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar:

📶  Binolar energiya samaradorligi bo‘yicha toifalarga ajratiladi.
▶️   Batafsil

📶 Avtobuslarni nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi.
▶️   Batafsil

📶 "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" dasturi doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit 300 million so'mgacha oshiriladi.
▶️   Batafsil

📶 Tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona boji kamaytiriladi.
▶️  Batafsil

📶 Inson hayoti va sog'lig'iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi.
▶️   Batafsil

📶 Ayrim garovsiz mikrokreditlar qayta moliyalashtiriladi.
▶️  Batafsil

📶 "Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi.
▶️   Batafsil

📶 Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi.
▶️    Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM