ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
▫️Yer hisobini yuritishda xorij tajribasi▫️

♻️ Xorij tajribasini o‘rgangan holda Yer fondi hisobotini yuritish tartibini ishlab chiqish bo‘yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari boshqarmalaridan taklif etilgan yer hisobini yurituvchi bosh mutaxassislar bilan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlari hamkorlikda olib borilmoqda.

♻️ Jarayon davomida bahsli savollar tahlil etilib, e’tibor qaratish muhim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tilmoqda.

#DavKadastrPalata #yer_hisobi #xorij_tajribasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Andijon_kadastr #Yer_hisobi

Bugun Davlat kadastrlari palatasining Аndijon viloyati boshqarmasida "ZOOM" platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yigʼilishda, Davlat kadastrlari palatasining 29.08.2022-yildagi 201-09-sonli buyrug'i, shuningdek Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining 2022-yil 30-avgust kungi 165-i/ch-sonli buyrug'iga asosan viloyatda 2023-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisobotini" o'z muddatida va sifatli tuzish maqsadida tuman va shaharlardagi yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga o'quv-seminar o'tkazildi.

Unda mas'ullarga 2023-yil 1- yanvar holatiga tuziladigan "Milliy yer hisobotni" shakllantirish yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha tegishli ko'rsatma va tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #Yer_hisobi

Yer hisobini to'g'ri yuritish tahlili.

🌟Davlat kadatrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmasida Yer hisoboti bilan “UzKAD” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar o‘rtasidagi yer turlari bo‘yicha mavjud tafovutlarni yerdan foydalanuvchilar kesimida huquqiy hujjatlarga asosan tahlil qilish bo‘yicha tuman va shahar mas’ullari ishtirokida shtab tashkil etilib, tasdiqlangan chora-tadbir rejasining 10, 11-bandlarida belgilangan kamchiliklar bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_hisobi

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari hamda Vazirlar Mahkamasining 578-sonli "Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorining Nizomi talablari asosida ish yuritish, “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining yer fondi toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🟣O‘quv seminarida boshqarma bo'lim boshlig'i I.Xo'janazarov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini to'g'ri yuritish bo‘yicha batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

Yer hisoboti tahlili.

🫥Har bir sohada bo‘lgani kabi yer hisobini yuritish sohasida ham raqamlashtirish, eski qog‘oz shaklida yuritilgan hisobotlarni elektron shaklga o‘tkazish va eng asosiysi yer maydonlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

📊 Jumladan Andijon viloyatida jami yer maydoni hisobot bo‘yicha 430 303 gektarni tashkil etsa Davlat kadastrlari palatasi xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida bugungi kunga qadar 298 976 ming gektar yoki viloyatning umumiy yer maydoning 72,3 foiz yer maydonlari yer turlari bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi.

➡️Batafsil: Infografikada

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM