ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
8.43K photos
962 videos
6 files
5.59K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida”

🌟Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallarida fuqarolar sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirish shuningdek, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yerni xususiylashtirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va shunga o‘xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq masalalari ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish maqsadida mahallabay xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

🟢Navbatdagi o‘rganish Andijon shahar filiali xodimlari tomonidan Bog‘ishamol, Qoriniyozi mahallarida o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇬🇪 Gruziya Davlat reyestri milliy agentligi tajribasi o'rganildi.

🟢Joriy yilning 19-24 sentabr kunlari 🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov boshchiligidagi delegatsiyaning 🇬🇪Gruziya Davlat reestri milliy agentligiga ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kadastr sohasini institutsional o‘rganish va tajriba almashish maqsadidagi tashrifi bo'lib o'tdi.

🇬🇪Gruziya Davlat reyestri milliy agentligi raisi Davit Davidze bilan bo‘lgan uchrashuvda Milliy agentlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, “Yerni tizimli ro‘yxatga olish” pilot loyihasi va uning huquqiy asoslar, ma’lumotlarni qayta ishlash, sohada innovatsion yechimlarni qo‘llash, jumladan:

- Milliy davlat reyestri agentligi tomonidan ishlab chiqilgan yerni ro‘yxatga olish vositasi - Smart-kontraktlar;
- Ro‘yxatga olish tizimining boshqa davlat idoralari bilan integratsiyasi;
- FMMI va Geofazoviy ma’lumotlarni rivojlantirish kabi masalalarda uchrashuv va muzokaralar o’tkazildi.


➡️Uchrashuv yakunlariga ko'ra tomonlar o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, kadastr sohasidagi davlat xizmatlari hamda innovatsion yechimlar borasida doimiy tajriba almashishga kelishib oldilar.

#Kadastr_agentligi #Xalqaro_uchrashuvlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jalaquduq tumanida nazorat tadbiri.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanining Ko‘tarma mahalla fuqarolari yug'inida yashovchi fuqaro K.Sh tomonidan shu hududdagi 800 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib 207 kv.metr qismiga nozonuniy uy-joy qurib olganligi aniqlandi.

Agentlikning tuman bo'limi tomonidan fuqaroga qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi va holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.

⚠️Ma’lumot uchun: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Hurmatli Xo'jaobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari.

⚡️ Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati Xo'jaobod tumani Solpi mahallasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🟢 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr sohasi bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26-sentabr kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

🗣 Sayyor qabul🌟Davlat kadastrlar palatasi Xo'jaobod tuman filiali rahbari Abdupattaev Axrorbek boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xo'jaobod tumani, Solpi mahallasi binosi.

📞 Qabulga yozilish uchun 99-320-06-63 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy ma'lumot.

🌏“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasiga ko‘ra

📶 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📶 Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

📶 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Qonun bo'yicha dolzarb ikki savolga batafsil javob.

O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonuni yuzasidan tushuntirish targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi tadbirda⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Berdikulov hamda Vodiy 1.uz rasmiy kanali muxbiri o'rtasida yangi qabul qilingan qonun yuzasidan fuqarolar tomonidan ko'p so'ralayotgan savollar bo'yicha suhbat o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr sohasini xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

Bugun🌟 Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿 Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tuman filiali mutasaddilari tomonidan tumanning Solpi mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarining sohaga oid murojaatlarga yechim topildi.

◀️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkka egalik huquqini olish hamda huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

📄Bundan tashqari fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonuni mazmun mohiyati va aholi uchun qulayliklari yuzasidan tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM