ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Sayyor #Qabul

Xo'jaobod tumanida sayyor qabul o'tkazildi.


💸Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda. Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi desak mubolag‘a emas.

⭐️Xabar berganimizdek bugun Kadastr agentligi Xo'jaobod tuman bo'lim boshlig'i hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali rahbarlari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabulda 12 nafar fuqarlarning kadastr hujjati rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ma'lumotlar bazasi hamda kadastr sohasi bilan bog‘liq boshqa muammolari tinglandi.

🔺Mazkur murojaatlarning 4 tasi joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, 5 nafar murojaatchilarga huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan murojaatlar o'rganishda qo'shimcha vaqt talab etilganligi sababli alohida nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Yer_hisobi

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari hamda Vazirlar Mahkamasining 578-sonli "Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorining Nizomi talablari asosida ish yuritish, “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining yer fondi toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🟣O‘quv seminarida boshqarma bo'lim boshlig'i I.Xo'janazarov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini to'g'ri yuritish bo‘yicha batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Bo‘ston tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari.

⚡️ Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati Bo‘ston tumani Yangi qishloq mahallasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🟢 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr sohasi bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-fevral kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

🗣 Sayyor qabul🌟Davlat kadastrlar palatasi Bo‘ston tuman filiali rahbari Raxmataliyev Axmadjon Murodjon o‘g‘li boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘ston tumani Yangi qishloq MFY binosi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon #Kadastr

⚜️Ibrat vaqti⚜️

Korrupsiya
– taraqqiyot kushandasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-911-son, 21.02.2024) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🌏 Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

📄 Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini to‘lash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida to‘xtatib turiladi. (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar solig‘i, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno)

🟣Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larining qarzni to‘lashga yo‘naltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

🌏 Davlat boji to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish jarayonida o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun da’vo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini to‘lamasdan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 1-martdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.

🟢 Ayrim shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.

🟢 Ayrim hududlarga "ekomahalla", "ekoqishloq" va "ekoovul" maqomi beriladi.

🟢 Vasiylikdagi shaxsning mol-mulki bilan bog'liq bitimlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.

🟢 Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo'lga qo'yiladi.

🟢 22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi.

🟢"Qizlar akademiyasi" platformasi ishga tushiriladi.

🟢Xorijiy tillar bo'yicha tanlovlar o'tkaziladi.

🟢Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Kadastr xizmatlari uchun sovuqda yurishingiz shart emas!

Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM